APLda oyning eng yaxshi murabbiyi aniq bo'ldi

Mirjalol Normatov
4 fev 2022, 18:00
"Vulverxempton" bosh murabbiyi Brunu Laje yanvar oyi yakunlariga ko'ra, APLning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

O'tgan oyida "Vulvz" uch o'yinning barchasida g'alabaga erishdi - "Manchester Yunayted" 1:0, "Sautgempton" 3:1 va "Brentford" 2:1.

45 yoshli portugaliyalik mutaxassis yozda Nunu Eshpiritu Santudan qabul qilib olgandi.

Ushbu mavsumda uning qo'l ostidagi jamoa APLda 34 ochko jamg'arib, 8-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/premierleague