So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

APLda javlon urgan, hozir esa murabbiylik qilayotgan yulduzlar Yangiliklar

APLda javlon urgan, hozir esa murabbiylik qilayotgan yulduzlar

O'z vaqtida Angliya Premer-ligasida to'p tepib, bugungi kunda murabbiylik sohasiga qadam tashlaganlar ko'p.

"Daily Star" mana shunday futbolchilar xususida so'z yuritdi.

Damen Daff ("SHelburn", Irlandiya)

Futbolchilik faoliyati davomida "CHelsi", "Nyukasl" hamda "Fulxem" jamoalarida to'p tepgan Damen Daff 2015 yilda butsalarini mixga iladi. U faoliyatini Irlandiyaning "SHemrok Rovers" jamoasida yakunlaydi. SHundan keyin u birdaniga murabbiylik sohasiga qadam tashlab, ushbu jamoaning U-15 yoshlar tarkibida ishlaydi. Keyinchalik U-17'ni boshqaradi. Orada SHotlandiyaning "Seltik" klubida ham ishlaydi. 2021 yildan esa yana vatanida, aniqrog'i, "SHelburn"da faoliyatini davom ettirmoqda.

Ouen Koyl ("Jamshedpur", Hindiston)

SHotlandiyalik sobiq hujumchi Ouen Koyl faoliyati davomida "Bolton" safida o'ynagan. Qolgan vaqtini esa vatanining turli jamoalarida o'tkazgan. Ouen butsalarini mixga ilganidan so'ng darhol murabbiylik qilishni boshlagan. "Falkirk", "Dandi", "Byornli","Bolton" kabi jamoalarda faoliyat ko'rsatgan. Orada okean ortiga borib, "Xyuston"ni boshqargan. 2019 yildan buyon esa u Hindistonda ishlamoqda. Dastlab "CHennayin", keyinchalik "Jamshedpur" ustoziga aylandi. Hozirda u mazkur jamoani boshqarishda davom etmoqda.

Joi Barton ("Bristol Siti")

Janjalkashlik va turli masxarabozliklar bilan nom qozongan Joi Barton futbolchi sifatida mashhurlikka erishmagan. To'g'ri, u "Manchester Siti"da o'ynagan, "Nyukasl"da ham harakat qilgan. Ammo u vaqtda bu jamoalar bugungi kundagidek emasdi.

Futboldan ketganidan so'ng Barton "Flitvud Taun"ni boshqardi. Joi uch yil davomida tajriba to'pladi. 2021 yildan boshlab esa "Bristol Rovers"da murabbiylik qilmoqda.

Nuri SHaxin ("Antalyaspor", Turkiya)

Jarohat sabab bazan yaxshi futbolchilar faoliyatini yakunlashga majbur bo'lishadi. Jumladan, turkiyalik Nuri SHaxin qismati bunga misol bo'la oladi. Ayni vaqtda u 33 yoshda. Bir yil avval butsalarini mixga ildi. Albatta, uning faoliyatida yaxshi jamoalar ko'p bo'lgan. "Borussiya D", "Real" va "Liverpul" nomlarini tilga olish mumkin. Endilikda esa "Antalyaspor"ni boshqarmoqda. SHaxinda katta tajriba bo'lmasa-da, u jamoani boshqarishda davom etmoqda. Rahbariyat unga katta ishonch bildirdi.

Temu Taynio ("Xaka", Finlyandiya)

Sovuq o'lkali sobiq yarim himoyachi APLda javlon urgan. "Tottenxem", "Sanderlend" va "Birmingem" sharafini himoya qilgan. Keyinchalik "Ayaks" va "Nyu-York Red Bullz"da harakatlangan. Hozirgi kunda Finlyandiyaning "Xaka" jamoasida ishlayapti.

Darvoqe, u 2015-2016 yillarda "Tottenxem"da skaut vazifasida ham mehnat qilgan.

Samandarbek tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика