So’nggi yangiliklar

13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  1 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  2 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  3 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  6 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  7 09:38"Ливерпуль" рекорд ўрнатди  3 09:12"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олди  3 08:42Расман. 38 ёшли Варди фаолиятини Италияда давом эттиради  1 08:16Алексис Санчес Ла Лигага қайтди  1 07:48Расман. Сенне Ламменс - "Манчестер Юнайтед" футболчиси  4

APLda javlon urayotgan darvozabon Filippinning OK-2019 uchun yakuniy ro'yxatiga kiritilmadi Yangiliklar

APLda javlon urayotgan darvozabon Filippinning OK-2019 uchun yakuniy ro'yxatiga kiritilmadi

OFK rasmiy sayti Osiyo kubogi-2019da ishtirok etadigan terma jamoalarning yakuniy ro'yxatini elon qildi.

Filippin terma jamoasining eng asosiy yulduzi hisoblangan darvozabon Nil Eterij musobaqa uchun yakuniy 23talik ro'yxatga kiritilmadi. Avvalroq, saytimiz orqali uning faqatgina birinchi turda o'ynashi va keyin Britaniyaga qaytib ketishi haqidagi xabarni chop etgan edik. Buni shaxsan Filippin futbol Federaciyasi prezidenti Mariano Aranetaning o'zi takidlab o'tgandi. Ammo, yakunda "Kardiff" darvozaboni qita birinchiligiga bormaydigan bo'ldi.

"Kardiff" 2019 yilning 1 yanvar kuni "Tottenxem", 5 yanvar — Kubok bahsida "Gillingem", 12 yanvar — "Xaddersfild" va 19 yanvar kuni "Nyukasl"ga qarshi o'yin o'tkazadi.

Malumot uchun, ayni paytga kelib Nil Eterij APLda joriy mavsumda eng ko'p seyv amalga oshirgan uchinchi darvozabon bo'lib turibdi (71ta seyv). Undan oldinda faqat Jo Xart (77ta seyv) va Lukash Fabianski (73ta seyv).

Filippin terma jamoasi tarkibida Osiyo kubogi-2019da ishtirok etadigan darvozabonlar:

1. Natanael Vilyanueva, 25.10.1995
15. Maykl Falkesgaard, 09.04.1991
16. Kevin Ray Xansen, 29.09.1994


Eslatib o'tamiz, Filippin BAAda o'tadigan Osiyo Kubogi "C" guruhida Janubiy Koreya, Xitoy va Qirg'iziston bilan kuch sinashadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика