APLda eng ko'p maosh oluvchi futbolchi va murabbiy aniq bo'ldi
19 mar 2021 23:21
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/626340_original.jpg)
![](/upload/storage/626340_220.jpg)
APLda eng ko'p maosh oluvchi futbolchi va murabbiy aniq bo'ldi
"L’Equipe" nashri APLda eng ko'p maosh oladigan futbolchi va murabbiy nomini malum qildi.
Unga ko'ra, ushbu mavsumda "Tottenxem" xavbeki Garet Beyl barchadan ko'p maosh olmoqda. Uning oylik maoshi 2,5 mln evroni tashkil qiladi.
Navbatdagi o'rinlarda "Manchester Yunayted" posboni David de Xea (1,85 mln evro), "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne (1,58 mln evro) va vingeri Rahim Sterling (1,48 mln evro) hamda MYU yarim himoyachisi Pol Pogba (1,43 mln evro) bormoqda.
Ligada eng ko'p maosh oladigan murabbiy esa "Manchester Siti"ni boshqarayotgan Pep Gvardiola (1,89 mln evro) bo'ldi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlarda Joze Mourino hamda Yurgen Klopp (1,42 mln evro) o'rin olishgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar