APLda 240 uchrashuv o'tkazgan futbolchi vafot etdi
15 may 2018 21:57
Yangiliklar


APLda 240 uchrashuv o'tkazgan futbolchi vafot etdi
Yo'l halokati natijasida "Bolton" va "Aston Villa" jamoalari sobiq futbolchisi Jey Lloyd Samyuel vafot etdi.
Tragediya 15 may kunining tongida bo'ldi. 37 yoshli sobiq futbolchi farzandlarini maktabga olib borib, o'zi uyga qaytayotganida boshqa avtomobil bilan to'qnashib ketgan.
Samyuel APLda 240 uchrashuv o'tkazgan. SHuningdek, Trinidad va Tobago termasida ikki bahsda maydonga tushgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar