So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  21 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

APLda 11 futbolchi doping testdan o'ta olmadi, lekin ular jazolanishmadi Yangiliklar

APLda 11 futbolchi doping testdan o'ta olmadi, lekin ular jazolanishmadi

Britaniyaning Sunday Mirror nashrining yozishicha, narkotik va doping testdan o'ta olmagan APLning 11 futbolchisi diskvalifikaciyadan qutilib qolishgan.

Nima?

Ular bergan malumotga ko'ra, futbolchilar qonida morfin, amfetamin, ritalin yoki triamcinolon aniqlangan. Ularning bazilari 2018/19, 6 nafari 2017/18, yana ikkisi 2016/17 mavsumda aniqlangan. Futbolchilarning nomi oshkor qilinmayapti.


Bu o'zi qanday vositalar?

 Triamcinolon - yallig'lanish va allergiyaga qarshi, immunodepressiv vosita. Barcha turdagi metabolizmni tartibga soladi, glyukoza utilizaciyasini pasaytiradi, jigardagi glikogen miqdorini oshiradi, suv va natriyning ionlarini ushlab turadi.

 Retaling yoki metilfenidat - bu psixosimulyator vositasi bo'lib, diqqatni jamlash va etibor deficiti sindromida foydalaniladi.

 Morfin - kuchli og'riqlarni kamaytirishda va sportchilarning chidamliligini oshirishda ishlatiladi.

 Amfetamin - markaziy asab tizimiga tasir ko'rsatuvchi stimulyator. Foydalanishdan asosiy maqsad - etibor va chidamlilikni kuchaytirish. Boks, sumo va kurashda ko'p qo'llaniladi.


Nega futbolchilar diskvalifikaciya qilinmadi?

Testlar Buyuk Britaniyaning antidoping agentligi (UKAD) tomonidan tekshirildi, ammo Angliya futbol federaciyasi mojaroning oldini oldi va qoidabuzarlar diskvalifikaciya qilinishidan saqlab qoldi. Aksariyat futbolchilar TUE - terapevtik istisno yani tibbiy ko'rsatmalar bo'yicha taqiqlangan preparatlarni qabul qilishga ruxsat olishdi.

Malumotlarga ko'ra, uch shifokor tekshiruv o'tkazib, bu vositalar davolanish uchun zarurligini tasdiqlaganidan so'ng futbolchilarga TUE berilgan.


TUE o'zi nima?

Qonuniy doping. Bu termin VADA tomonidan taqiqlangan, ammo kasallikni davolash uchun ishlatiladigan vositalarga ishlatiladi. To'g'ri, bu erda hammasi oddiy emas: Birinchidan, bu dorisiz sportchining salomatligi zarar ko'rishi malum qilinishi kerak; ikkinchidan, vosita kuchni oshirish emas, tiklanish uchun muhimligi isbotlanishi lozim; uchinchidan, dorining analoglari borligini ko'rib chiqish. Buning hammasini antidoping laboratoriyasidagi kamida uch shifokor o'rganishi kerak.


Terapevtik istisno milliy antidoping tashkiloti yoki o'sha sportning xalqaro federaciyasi tomonidan beriladi. Doping aniqlanganidan so'ng TUEni rasmiylashtirish mumkin emas - bu jiddiy qoidabuzarlikka tenglashtiriladi.


Sport sohasidagi doping eksperti professor Ivan Uoddington Mirror nashriga quyidagi gaplarni aytdi: "Boshidan TUE tizimida kamchiliklar bor edi. Agar hujumchi bo'lganimda va testdan o'ta olmaganimda shifokor menga kerakli hamma narsani yozib bergan bo'lardi. Antidoping siyosatini jiddiy o'rgangan har qanday inson TUE tizimidan o'z maqsadida foydalanishmoqda degan bo'lardi".


Buyog'iga nima bo'ladi?

Angliya futbol federaciyasi bunga munosabat bildirishga ulgurdi. "Futbol associaciyasi dopingga qarshi kurashga jiddiy etibor qaratadi va Buyuk Britangiya antidoping agentligi bilan hamkorlikda keng ko'lamdagi ishlarni amalga oshirmoqda.

2015/16 mavsumdan 2018/19 mavsumgacha Premer-ligada 16 nafar futbolchida doping aniqlangan. Ammo bu ular avtomatik ravishda diskvalifikaciya qilinadi degani emas. Har bir holatda sportchi terapevtik istisnoga ega ekanligini ko'rsatishi yoki modda VADAning ruxsat etilgan kodeksi bo'yicha dori vositasida bo'lganini malum qilishi kerak" - deydi Angliya futbol associaciyasi vakili.

Angliya futbolini VADA tomonidan sankciyalar kutyapti deyish qiyin.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика