APLda 10 yil ichida kuzatilmagan voqea sodir bo'ldi
07 may 2019 08:45
Yangiliklar


APLda 10 yil ichida kuzatilmagan voqea sodir bo'ldi
“Manchester Siti” darvozaboni Ederson APL 37-turida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Braziliyalik futbolchi “shaharliklar” tarixida APL o'yinlarida 20 ta quruq o'yin o'tkazgan ilk darvozabon bo'ldi.
SHuningdek, APLda 10 yildan beri sodir bo'lmagan voqea ham yuz berdi. APLda ikki nafar darvozabon bir mavsumning o'zida 20 tadan kam bo'lmagan quruq o'yin o'tkazishga erishdi. Bunday holat so'nggi bor 2008/09 yilgi mavsumda qayd etilgandi. O'shanda Edvin van der Sar (“Manchester Yunayted” 21 ta) Xose Reyna (“Liverpul” 20) 20 tadan kam bo'lmagan quruq o'yin o'tkazgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar