APL yulduzi sportkarda halok bo'lishiga bir bahya qolganidan so'ng ulardan voz kechdi
18 mar 18:33
Yangiliklar


APL yulduzi sportkarda halok bo'lishiga bir bahya qolganidan so'ng ulardan voz kechdi
"Vest Xem" hujumchisi Maykl Antonio YTHda halok bo'lishiga oz qolganidan keyin sport avtomobillariga bo'lgan qiziqishini qayta ko'rib chiqqanini aytdi.
Futbolchi dekabr oyida avtohalokatda sonini to'rt joyidan sindirib olgandi.
34 yoshli Antonio o'zining "Ferrari"sini daraxtga urib olgach, o'ng oyog'ini tikish uchun jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo'ldi.
"Men har doim sport avtomobillari va eski klassikalarning muxlisi va do'sti bo'lganman, lekin sizga yolg'on gapirmayman: sport avtomobillari ortiq mening do'stlarim emas.
Shunday qilib, hozirda menda Mercedes-Benz bor, akam esa haydovchi. Hech bo'lmaganda hozircha sport avtomobillaridan uzoqroq yuraman," - dedi Antonio.
Antonio "Vest Xem" safida 323 ta o'yinda 83 ta gol urgan. Uning amaldagi shartnomasi muddati mavsum oxirida tugaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar