APL. “Vest Xem”ning uch o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'yildi

6 okt 2018, 02:16
Angliya premer ligasining 8-turida “Brayton” futbolchilari kichik hisobda g'alaba qozonishdi.

“Vest Xem Yunayted”ga qarshi kechgan bellashuvning 25-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Glenn Myurrey tomonidan kiritilgan gol o'yinda yagona bo'lib chiqdi.

Bu “Vest Xem”ning so'nggi to'rt bellashuvdagi ikl mag'lubiyati bo'ldi. Avvalgi turlarda London klubi MYU (3:1) va “Everton”ni (3:1) mag'lub etib, “Chelsi” (0:0) bilan durangga erishgandi.

“Brayton” esa “bolg'urarlar” ustidan g'alaba qozonib, beshta uchrashuvdan buyon davom etayotgan g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi.

Ayni paytda APL turnir jadvalida “Brayton” 8 ochko bilan 12-pog'onada, “Vest Xem” esa 7 ochko bilan 15-pog'onada bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia