So’nggi yangiliklar

00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  41 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3

APL. De Xea 90+5-daqiqada penalti qaytargan o'yinda MYUdan kambek! Yangiliklar

APL. De Xea 90+5-daqiqada penalti qaytargan o'yinda MYUdan kambek!

APLning 5-turidan o'rin olgan "Vest Xem" - "Manchester Yunayted" bahsining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Vest Xem – Manchester Yunayted 1:2

Gollar: Benraxma (30, 1:0), Ronaldu (35, 1:1), Lingard (89, 1:2).

Vest Xem – Fabianski, Coufal, Ogbonna, Zuma, Kressuell, Souchek, Rays, Fornals, Vlashich (Yarmolenko, 68), Benraxma (Lansini, 88), Bouen (Nobl, 90+4).

Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Maguayr, SHou, Pogba (Lingard, 73), Fred (Matich, 88), Brunu Fernandesh, Maktomini, Ronaldu, Grinvud (Sancho, 73).

West Ham United

Said Benrahma - 30'

Premier League . 5-tur

19/09/2021, 19:00

2
:
1
Tugadi

Manchester United

Cristiano Ronaldo - 35', Jesse Lingard - 89'

Stadion: London Stadium, 60000 tomoshabin

Bosh hakam: Martin Atkinson

45'
90'
30'  Said Benrahma
30'  Jarrod Bowen
68'  Nikola Vlasic (Andriy Yarmolenko)
88'  Said Benrahma (Manuel Lanzini)
90'  Jarrod Bowen (Mark Noble)
90'  Mark Noble
35'  Cristiano Ronaldo
73'  Mason Greenwood (Jadon Sancho)
73'  Paul Pogba (Jesse Lingard)
88'  Fred (Nemanja Matic)
89'  Jesse Lingard
89'  Nemanja Matic

YANGILASH

TUGADI!!!!! UCHRASHUV YAKUNLANDIIIIIIII!!! DE XEA, LINGARD, RONALDU QAHRAMON!!!! Jamoaning safardagi mag'lubiyatsiz o'yinlari soni 29taga etdi!

90+5. SEEEEEEEEEEEEEEEEEEEYYYYYYYYYYYYYYYYYYYVVVVVVVVVVVVVVVVVVVV!!!!!!!!

De Xeaning penaltilarda omadsiz seriyasi qanday ekanligini yaxshi bilasiz.

90+4. Ha, penaltiiiiiii!!!! SHouning qo'li garchi tabiiy holatda bo'lsa ham, bu yaqqol penalti!

90+3. Bu penalti. "Vest Xem" penalti tepishga yaqin turibdi.

90+1. Ronaldu yana yiqitildi. Ammo bu penaltiga tortmaydi. Boyagi vaziyat esa haqiqiy penalti edi.

3 daqiqa qo'shib berildi.

89. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!!!! QIROOOOOLLLLLLL O'Z SO'ZINI AYTDIIIIIIIII!!!!

83. MYUning yana bir hujumi samarasiz yakunladi. Zaxiradan maydonga tushganlar esa o'yinga qo'shilib keta olmayapti.

81. ZARBAAAAAAA!!! Fornalsning zarbasi noaniq ketdi.

77. UXXXXXXXX!! Ronaldu yiqitilgandek va penalti bordek ko'rindi. Yana ham bilmadim. Nima uchun penalti berilmaganini Atkinsonning o'zi bilsa kerak.

75. Fernandeshning zarbasini Fabianski ushlab oldi.

72. MYU himoyalanmoqda. Ronaldu esa to'pni chalqanchasiga tepib oldinga chiqarib yubordi. CHiroyli holat bo'ldi.

69. UXXXXXXXX!! MYU darvozasiga penalti belgilanishi mumkin edi. Baxtli tasodif bilan Yarmolenko offsaydga chiqib ketgani sababli penalti belgilanmadi.

67. UXXXXXXXX!!! Sal qoldi. Varan jamoasini goldan saqlab qolmoqda.

66. Maydonda ikki tomon ham juda kuchli tarzda kurashmoqda.

62. Mankunianliklar burchak zarbalaridan samara chiqara olishmayapti.

57.  "Vest Xem" hujumga o'tdi. Vlashichning zarbasini Maguayr o'ziga qabul qildi.

55. MYU raqib darvozasi tomon 8 aniq zarba yo'llabdi. SHulardan 5tasi Ronalduga tegishli.

52. Pogbaning zarbasi noaniq ketdi.

50. MYU burchak zarbasiga ega bo'ldi. SHouning oshirgan to'pini Maguayr boshi bilan darvoza tomon noaniq yo'lladi.

47. ZARBAAAAAAAA!!! Ronaldu jamoasini hisobda oldinga olib chiqishi mumkin edi... Fabianskidan seyv!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Menimcha Ronalduning shu daqiqadagi fintini barcha ko'rib, yuziga tabassum yugurdi.

42. ZARBAAAAAAAA!! Ronaldudan kuchli va aniq zarbaaaaaa!! Fabianski to'pni qiyinchilik bilan ushlab oldi.

39. UXXXX!! MYU hujumga o'tdi. Gol bo'lishiga bir bahya qoldi.

37. Uchrashuv biroz sokinlashdi. 

35. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!! RONALDDDUUUUUUUUUUUUU!!!! Boshqa kim bo'lishi mumkin)

34. ZARBAAAAAAAA!! Van-Bissakaning kuchli zarbasini darvozabon burchakka chiqarib yubordi.

32. Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi. SHouning uzatgan to'pini Ronaldu darvoza tomon tepa olmadi.

30. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!! Benraxmaning zarbasi rikoshet xosil qilib darvozaga kirib ketdi.

28. ZARBAAAAAAAAA!! Uchrashuvda golga tortadigan ilk vaziyat! Fernandeshning kuchli zarbasi raqib darvozasi ustun tegib qaytdi.

24. ZARBAAAAAA!! Ronaldu ishga kirishdi. Uning dastlabki zarbasini darvozabon ushlab oldi.

22. ZARBAAAAAAAAA!!!! "Vest Xem" ketma-ket ikki zarbaga ega bo'ldi. Biroq gol ko'rmadik. Vaziyat juda xavfli edi.

17. ZARBAAAAAAAAAAA!!! Maguayrning qo'pol xatosidan keyin Benraxma MYU darvozasi tomon zarba berdi. Varan jamoasini goldan qutqardi!

13. SHou hamda Fernandesh "devor" uslubidagi pas orqali darvoza tomon kirib ketmoqchi edi. So'nggi pas noaniq chiqdi.

11. Kressuel chap qanotdan to'pni MYU darvozasi yoniga oshirdi. De Xea to'pni ushlab oldi.

8. O'yin "Vest Xem" yarim maydonida kechmoqda. Biroq vaziyatlar bo'lmayapti.

4. MYU burchak zarbasiga ega bo'ldi. SHouning oshirgan to'pini Maktomini darvoza tomon yo'lladi. Noaniq.

3. "Manchester Yunayted" hujumga o'tdi. Ammo hujum samarasiz yakunlandi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Butun stadion bugun vafot etgan Jimmi Grivs xotirasiga qarsak chalib turdi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Uchrashuv startiga oz vaqt qolmoqda.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика