So’nggi yangiliklar

09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  0 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  7 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  2 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  24

APL. Yarmolenkoning goli "Vest Xem"ga "CHelsi" ustidan g'alaba olib keldi Yangiliklar

APL. Yarmolenkoning goli "Vest Xem"ga "CHelsi" ustidan g'alaba olib keldi

Angliya premer-ligasi 32-turidan joy olgan "Vest Xem" - "CHelsi" uchrashuvi matnli translyaciyasini shu erda kuzatib bordingiz.


Vest Xem – CHelsi 3:2 

«Olimpiya» stadioni

Gollar: 0:1 – 42, penalti Villian, 1:1 – 45 Souchek, 2:1 – 51 Antonio, 2:2 – 72 Villian, 3:2 – 89 Yarmolenko.

Vest Xem – Fabianski, Diop, Kressuell, Ogbonna, Frederiks, Souchek, Fornals (Balbuena, 90), Antonio, Lansini (Uilsher, 68), Bouen (Yarmolenko, 78), Rays.

CHelsi – Arrisabalaga, Alonso, Aspilikueta, Ryudiger, Kristensen, Kovachich (Maunt, 53), Kante, Pulishich, Barkli (Loftus-CHik, 63), Villian, Abraxam (Jiru, 63).

Ogohlantirishlar: Lansini (65), Rays (70), Villian (82).


Uchrashuv o'z yakuniga etdi.  Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona uchrashguncha!

90+2. Fornals o'rniga Balbuena tushdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi. 

89. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL! Yarmolenko qarshi hujumni chiroyli yakunladi va hisobni 3:2 ko'rinishiga keltirdi.  

87. Alonsoda yaxshi vaziyat bo'ldi, biroq uning bosh bilan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

86. "CHelsi" hujum qilishda davom etyapti. 

85. Ruben Loftus-CHik o'yindan tashqari haolatda qolib ketdi. 

84. Alonsoning uzatmasi himoyachilar tomonidan bartaraf qilindi. 

82. Villian Kressuellga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

81. Antonio birga-bir vaziyatga chiqib bordi, biroq to'p o'ziga tegib, maydonni tark etdi. 

79. Kressuell Aspilikuetaga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 29% - 71%

78. Mezbonlarda navbatdagi o'zgarish: Bouen o'rniga Yarmolenko tushirildi. 

77. Burchak zarbasidan havolatib uzatilgan to'pni Fabianski urib yubordi. 

76. Villianning pasini Loftus-CHik tushunmay qoldi. 

74. Kante to'pni ichkariga uzatdi. Fabianski o'z vaqtida to'pni ilib oldi.  

72. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Villian jarima zarbasini qoyilmaqom iero etib, hisobni tenglashtirdi - 2:2! 

71. Rays Pulishichni chalib yiqitdi. Lansiniga sariq ko'rsatildi va jarima zarbasi belgilandi. 

70. Davom etamiz. O'yin tugashiga 20 daqiqa qoldi. 

68. O'yin hozircha to'xtatildi. Futbolchilar suv isib olishlariga ruxsat berildi. 

68. Mezbonlarda o'zgarish: Lansini o'rniga Uilshir o'yinga qo'shildi. 

67. Alonsoning uzatmasidan keyin Loftus-CHik sherigiga to'pni to'g'rilab bermoqchi edi, ammo o'ylangan reja "o'xshamadi".

65.  Lansini Aspilikuetani yiqitgani bois sariq oldi. 

65. Alonsoning zarbasi "rikoshet" orqali xavfli holat sodir etilishiga sabab bo'ldi. 

64. Villiandan ichkari tomon ajoyib uzatma, biroq Jiru etib kela olmadi. 

63. "CHelsi"ga 2 ta o'zgarish qilindi: Barkli o'rniga Loftus-CHik, Abraxam o'rniga Jiru tushdi. 

62. Kante Fornalsni ortidan yiqitdi, jarima zarbasi. 

61. Antonio mehmonlar himoyachisi Ryudigerga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

60. "CHelsi" futbolchilari bir nechta kombinacialarni amalga oshirayotgandi, ammo oxirida Abraxam pasni o'z jamoadoshlariga emas raqiblarga berib yubordi. 

59. "CHelsi" maydon markazida o'yinni boshqarib bormoqda. 

58. "Vest Xem" qarshi hujumga o'tdi. Bouen Lansiniga pas berdi, u kuchli, ammo noaniq zarba berdi.   

56. Abraxam ofsaydda ekanligi malum bo'ldi. 

55. Villian raqib hajamini to'xtatib qo'ydi. Bugun u juda faol o'yin ko'rsatyapti. 

To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 31% - 69%

53. "CHelsi"da o'zgarish kuzatildi: Kovachich  o'rniga Maunt tushirildi. 

51. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL! Antonio "Vest Xem"ni hisobda oldinga olib chiqdi. 2:1! 

50. Frederiksning zarbasi himoyachilar tomonidan "blok" qilindi. 

49. Pulishichning uzatmasini Rays o'z vaqtida bartaraf qila oldi.  

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus! 

45+3. GGGGGGGGOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL! Souchek bosh bilan "CHelsi darvozasini ishg'ol etdi!  1:1! 

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

44. Kante-Abraxam-Villian... braziliyalik to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi. 

GGGGGGOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL! Villian penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. 0:1! 

41. Penalti! Pulishich sovuqqonlik bilan raqibini aldab o'tayotganida yiqitildi.

To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 26% - 74%

38. Alonsoning uzatmasi Pulishichning bosh bilkn yo'llagan zarbasi bilan tugadi. To'p ancha noaniq ketdi. 

38. Uzoq to'xtalishdan keyin bahs davom ettirilmoqda. 

34. Souchek "CHelsi" darvozasiga yo'l topdi. Ammo gol VAR orqali tekshirildi va inobatga olinmadi, ofsayd. Gol inobatga olinmadi. 

32. Alonso Bouenni yiqitdi. 

"CHelsi" futbolchilari bugun yangi liboslarda harakatlanishmoqda. 

29. Frederiks to'pni "aut"ga chiqarib yubordi. Alonso tezkorlik bilan to'pni Ryudigerga oshirdi.  

28. Alonsoning qanotdan uzatgan pasi samara keltirmadi. 

27. Hakam xushtagi chalindi. Rays Barkliga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

25. Antonio chap qanotdan hujum tashkil qilishga urindi. Ammo to'p Mayklning oyog'idan uzoqlashib, maydonni tark etdi. 

25. O'yin davom etadi. 

23. "Time-out". O'yinchilar suv ichib olishlari mumkin. 

22. Aspilikuetaning uzatmasini Souchek qaytarib yubordi. 

To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 25% - 75%

20. Pulishichning xavfli zarbasi! Bir oz noaniq ketdi. 

19. Barklining zarbasi! Darvozabon Fabianski to'pni qo'liga qabul qilib oldi. 

17. Villianning uzatmasi yaxshi o'ylangandi, biroq himoyachilar to'pni tepib yuborishga erishdilar. 

15. Alonso raqib hujumini to'xtatdi. 

14. Antonio raqib jarima maydoni ichiga kirib borib zarba yo'lladi, ammo noaniq. 

11. Villianning ajoyib zarbaaasi! Darvozabon o'z o'rnida ekanligini bildirib qo'ydi. 

8. Aspilikueta Villianga pas berdi. Braziliyalikning uzatmasini Ogbonna qaytarib yubordi, aut. 

7. Villianning uzatmasini Fabianski ushlab oldi. 

5. Rays "CHelsi"ning hujumini qaytarishga erishdi. 

3. Hozircha hech qanday vaziyat sodir etilmadi. 

1. O'yin boshlandi! 

Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Bugun Angliya chempionati 32-turida Premer-ligada qolish umidida bo'lgan "Vest Xem" o'z maydonida CHempionlar Ligasi yo'llanmasi uchun kurashayotgan "CHelsi"ni qabul qiladi. To'qnashuvni siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика