So’nggi yangiliklar

02:49Қозоғистон термаси матбуот котиби: "Ўзбекистонга кўчиб кетаман"  1 02:34Одил Ҳамробеков: "Бу билан тўхтаб қолишни истамаймиз"  0 02:16Равшан Эрматов: "Бу ғалаба ўз-ўзидан келиб қолмади"  4 01:55Миллатлар лигаси. 9та гол урилган ўйинда Испания Францияни қийинчилик билан мағлуб қилди ва финалга йўл олди   41 01:41Осиёда яна катта байрам: Иордания ўз тарихида илк бор ЖЧда иштирок этади  7 01:21ЖЧ-2026 саралаши. Бизнинг гуруҳдаги барча масала ҳал бўлди  12 01:13Тимур Кападзе: "Бу ғалаба ҳаммамизники"  8 00:59Сречко Катанец: “Мен жуда қисқа гапираман…”   31 00:46Аббосбек Файзуллаев: "Ҳиссиётларни тасвирлаб бера олмайман"  10 00:35Ўткир Юсупов: "Бугун ота-онамнинг дуосини олиб, дарвозам даҳлсизлигини сақлаб қолишни ният қилиб тушгандим"  12 00:13Жанни Инфантино Ўзбекистонни жаҳон чемпионати йўлланмаси билан табриклади  25 23:52Тимур Кападзе: "Биринчи навбатда муҳтарам Президентимиз ва халқимизни ғалаба билан табриклайман"  43 23:45ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистонининг тақдири сўнгги турга қолди  7 23:30Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев футболчиларни табриклади  41 22:4534 йиллик орзу ушалди! Ўзбекистон ЖЧда!  622

APL. "Liverpul"ni "Tottenxem" ham to'xtata olmadi Yangiliklar

APL. "Liverpul"ni "Tottenxem" ham to'xtata olmadi

Angliya chempionati 22-tur markaziy uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Tottenxem – Liverpul 0:1
22.30, «Tottenxem Xotspur Stedium»

Gol: Firmino (37).
Tottenxem –
Gassaniga, Ore, Alderveyreld, Sanches, Rouz (Lamela, 69), Alli, Eriksen (Lo CHelso, 69), Lukas Moura, Uinks, Son Xen Min, Tanganga.
Liverpul – Alisson, Robertson, Aleksander-Arnold, Gomes, van Deyk, Veynaldum, Oksleyd-CHemberlen (Lallana, 61), Xenderson, Mane (Origi, 81), Saloh (SHakiri, 90+2), Firmino.
Ogohlantirish: Gomes (24).

YANGILASH

Bo'ldi, uchrashuv yakunlandi! "Tottenxem" o'z maydonida "Liverpul"ga mag'lub bo'ldi. Yuqori sifatli o'yin uchun ikki jamoaga ham rahmat aytamiz. Mersisaydliklar chempionlik sari dadil odimlashda davom etishadi.

90+2. Viynaldumning boshi bilan bergan zarbasini Gassaniga ushlab oldi.

90. Uxxx Origiiiii!!!! Raqib jarima maydonchasi ichida istalgancha raqiblarini aldagan Divok yakuniy zarbani berishda shoshqaloklik qildi.

89. Lamela yana bir bor raqib darvozasi tomon zarba berdi. Alisson magniti bor qo'lqoplari bilan to'pni bittada ushlab oldi.

82. Ana holossssss!!!! Orening zargarona pasini Lo CHelso 3 metrdan to'pni darvozaga to'g'ri yo'llay olmadi.

81. So'nggi 10 daqiqalik ajoyib tarzda kechishi shubhasiz. "Tottenxem" ayni damda "Liverpul"ning ustunligini bartaraf etdi va katta ustunlikka ega bo'lmoqda.

80. "Tottenxem" ajoyib vaziyatga ega bo'ldi. Lo CHelso qanotdan to'pni erlatib, Lamelaga oshirgandi. Biroq ajoyib pasni Erik golga aylantira olmadi.

75. ZARBAAAAAAAA!!! "Tottenxem" o'yindagi ilk golga tortadigan vaziyatga ega bo'lgandi. "Liverpul" himoyachisining xatosidan keyin Moura to'pni Songa etkazib berdi. Son esa yaqin masofadan to'pni tribuna tomon tepdi.

69. Mourino katta tavakkalga qo'l urdi. U himoyachini maydondan olib, uning o'rnini hujumchi bilan to'ldirdi.

66. ZARBAAAAAAAA!!! Mane juda yaqin masofadan boshi bilan zarba berdi. Gassanigadan yana bir super seyv!

60. ZARBAAAAAAAA!!! Son Xen Minning zarbasi raqibga tekkan holda burchakka chiqib ketdi.

58. Endi "Liverpul"da xavfli vaziyat. Salohning pasidan keyin Firmino qulay joydan juda oddiy zarba berdi.

57. ZARBAAAAAAAA!!! Orening kuchli zarbasini Alisson bir urinishdayoq ushlab oldi. Huddi posbonning qo'lqoplarida magnit bordek.

56. Taxminan 8 daqiqadan buyon juda zerikarli o'yinni ko'ryapmiz. To'p "Liverpul"da. Futbolchilar shunchaki pas o'ynashmoqda.

50. Manening uzatgan to'piga Arnold zarba berdi. Bir qaraganda qulay vaziyatdek edi. Biroq to'p himoyachining oyog'iga o'rnashmadi.

47. Ilk daqiqadanoq "Tottenxem" hujumga o'tdi. Moura 15 metrlardan biroz noaniq zarba yo'lladi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha kichik ustunlik "bo'lajak chempionlar" tomonida)

45+2. Taym yakuni arafasida "Tottenxem" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Kristian Eriksenning oshirgan to'piga Moura noaniq zarba berdi.

3 daqiqa qo'shib berildi.

41. Mobodo-de, agarda "Liverpul" g'alabani ushlab qoladigan bo'lsa, Mourinyu o'yindan keyingi matbuot anjumanida "Liverpul"ni chempionlik bilan tabriklarmikin?!

37. GOOOOOOLLLLLL!!! Firmino bir raqibini aldab o'tgan holda kuchli zarbasi bilan hisobni ochdi, 0:1!!!

35. Taymning 3-dekadasi zerikarli o'tmoqda. "Liverpul" raqib darvozasi yonida katta bosim uyushtirmoqda. Biroq zarbalar yo'q.

30. Son Xen Min markazda to'p bilan paydo bo'ldi va to'pni Mouraga oshirib bermoqchi bo'ldi. Biroq van Deyk tufayli to'p manziliga etib bormadi.

25. Oldinlari kuchli jamoalarga qarshi Mourino jamoalari juda chuqur himoyaviy o'yin namoyish qilardi. Biroq portugaliyalik mutaxassis bundan voz  kechgan ko'rinadi. "Tottenxem" himoyaga yotib olmagan.

23. ZARBAAAAAAAAA!!! Xendersonning jarima maydonchasi ichida xavolatib uzatgan to'piga Firmino boshi bilan zarba bergandi. Gassanigadan super-muper seyv!

21. Kristian Eriksen uzoq masofadan sekingina zarba berdi. Buni ushlab olish Alissonga qiyinchilik tug'dirmadi.

17. UXXXXXXX!!!! Qanotdan uzatilgan to'pga Saloh zarba berganida gol bo'lishi mumkin edi. Bu pallada Sanches to'pni qaytarib yubordi.

14. Zarbaaaaaaa!!!! Alli ikki himoyachidan o'tib ketgan holda darvoza tomon kuchli va noaniq zarba yo'lladi. Agarda gol bo'lganida VAR orqali Allining to'pni qo'li bilan o'ynaganini ko'rardik.

11. Eriksen rostdan ham "Tottenxem"dan ketishni istamoqda shekilli. 11 daqiqaning o'zida undan 3ta yosh bolalarcha xatoni ko'rdik.

10. O'yin juda qizg'in va voqealarga boy o'tmoqda. Salohning ajoyib pasiga Mane biroz etib bora olmay qoldi.

7. Son Xen Min bu safar to'pni Xendersondan olib qo'ydi va katta masofani bosib o'tib, noaniq zarba yo'lladi.

5. "Tottenxem"ning ilk zarbasi. Moura avvaliga Jo Gomes, keyinchalik Jordan Xendersonni aldab o'tdi va Alisson darvozasi tomon noaniq zarba berdi.

3. ZARBAAAAAAA!!! Yana ZARBAAAAAAAA!!!!! Salohning ajoyib pasidan keyin Firmino qulay vaziyatga chiqib bordi. Dastlabki zarbada darvozabon ojiz qolgan pallada Tanganga jamoasini goldan qutqardi. Ikkinchi zarbada ham Tanganga "Tottenxem" joniga oro kirdi. Ajoyib start!

2. O'yinni "Tottenxem" faol boshladi va burchak zarbasiga ega bo'ldi.

1. Uchrashuv boshlandi!!!

- Jamoalar arenaga chiqib kelishdi. Barcha narsa o'yinga tayyor. Daxshatli to'qnashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda.

- Ayni damda markaziy o'yin boshlanish arafasida. Stadionning chiroqlari o'chirib qo'yilgan, biroq ko'rinish ajoyib!!!

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика