So’nggi yangiliklar

09:50Клаудио Раньери Довбикнинг ҳолати ҳақида маълумот берди  0 09:21«Арсенал» Германия терма жамоаси аъзосини ёзда текинга қўлга киритиши мумкин  0 08:53Месси келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  8 08:25АПЛдаги мусулмон футболчилардан ташкил топган рамзий жамоа тузилди  1 07:56ОКМКнинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси эълон қилинди  1 07:20Англия кубоги. Асенсионинг дубли «Астон Вилла»ни кейинги босқичга олиб чиқди, Рэшфорддан навбатдаги ассист  3 02:29Бундеслига. "Бавария" иродали ғалаба қайд этди  2 02:10Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ва "Ал Насср" мағлуб бўлди  27 00:44"Челси" ёзда дарвозабонини сотмайди  0 00:15"Реал" жаримага тортилди  29 23:50"Барселона" футболчиси "Палмейрас"га ўтди  3 23:20Антони АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин бўлганини айтди  3 22:31Аббосбек Файзуллаев "Бавария" қизиқишлари доирасида!  31 22:18Лео Месси: "Парижда бахтли эмасдим"  17 21:41Моуринью "Галатасарой"ни судга берди  0

APL. "Tottenxem" – "Lester" va boshqa o'yinlar uchun prevyu Yangiliklar

APL. "Tottenxem" – "Lester" va boshqa o'yinlar uchun prevyu

Teglar :  Prevyu APL
Angliya chempionati 14-turiga oid muhim malumotlar bilan tanishing.

O'tgan tur xususida

Tushunarsiz natijalar paradi davom etmoqda va yana maydon egalariga qiyin bo'lmoqda. 13-turda ularning hisobida atigi 3 ta g'alaba mavjud. Bu safar kim ko'proq hayron qoldirganini aytish qiyin.

Kim chuqurroq muvaffaqiyatsizlikka duch kelganini baholash ham qiyin – mavsumning asosiy autsayderlaridan biri "Vest Bromvich"ni mag'lub eta olmagan "Manchester Siti"mi yoki "qayta tiklangan" "Everton"ga o'z uyida yutqazgan "Lester"mi?

Turda etarlicha murosaga kelishdi – birdaniga besh uchrashuv durang bilan tugadi. Markaziy uchrashuvda oltinchi durang kuzatilishi mumkin edi. SHunga qaramay, o'tgan hafta oxirida ingliz futbolining asosiy voqeasi amaldagi chempion foydasiga yakunlandi.

Turning asosiy intrigalari

"Katta Sem" qaytmoqda

Hafta o'rtalarida mavsumning birinchi istefosi sodir bo'ldi. "Manchester Siti" bilan durang Slaven Bilichni qutqara olmadi. Ular deyarli bir zumda uning o'rniga kerakli kadrni topdilar. Bu Angliya futboli muxlislariga yaxshi tanish Sem Ellardays bo'ldi. Hatto shunday taassurot paydo bo'ldiki, ular xorvatiyalikning o'rniga muddatidan oldin o'rinbosar qidira boshlashgan.

CHempionat oxirigacha yana 25 ta uchrashuv mavjud va vaziyatni to'g'rilash uchun hali vaqt bor. "Vest Bromvich" 13 turda faqat bir marta g'alaba qozona oldi. Ular "Aston Villa" bilan o'yindan keyin "Boxing Day"da "Liverpul", "Lids" va "Arsenal" bilan to'qnash kelishadi.

"Vest Bromvich" rahbariyatining barcha umidlari Ellardaysning tajribasiga qaratilgan. U faoliyati davomida 8 ta APL klubini boshqarishga ulgurgan, yuqori divizionda 174 ta g'alabaga ega va 6 marta "oy murabbiyi"ga aylangan. "Katta Sem" ikki yil oldin "Everton"dan ketgandi. Xo'sh, u yana "katta sahna"da o'zini namoyon eta oladimi?

"Manchester Siti" natijalarida barqarorlik paydo bo'ladimi?

Gvardiola hakamlar atrofida xohlagancha yugurib, improvizaciyalarni amalga oshirishi mumkin, ammo haqiqat shuki, uning jamoasi g'alabalarni katta qiyinchilik bilan qo'lga kiritmoqda. "Manchester Siti" joriy chempionatda faqat bir marotaba ketma-ket 2 ta o'yinda g'alaba qozondi, xolos. Bu yaqinda "shaharliklar" "Byornli" va "Fulxem"ni mag'lub etganida kuzatildi.

"Siti" ko'plab qiyinchiliklarga duch keldi. Birgina misol – Gabriel Jezus. U Gvardiolaning tanqididan qanchalik himoyalangan bo'lmasin, Agueroning davomchisi bo'lishga hali tayyor emas.

"Manchester Siti"ning ushbu mavsumdagi chempionlik ambiciyalari qanchalik dolzarbligini bilmaymiz. Ammo biz "Liverpul" bilan farq allaqachon sakkiz ochko ekanligini juda yaxshi ko'rib turibmiz. "SHaharliklar" zaxirasidagi o'yinni hisobga olgan holda ham – bu juda ko'p. Gvardiolaning umidi Agueroning qaytishi va yuqori sport formali de Bryuynening qaytishiga bog'liq.

"Kristal Pelas" yana bir etakchini ranjita oladimi?

"Burgutlar" natija bilan porlamaydilar va odatdagidek, turnir jadvali o'rtalarida yuradilar. Ammo vaqti-vaqti bilan ular "+" belgisi bilan ajablantirishadi. Masalan, ular "Tottenxem"dan ochko olishdi, bundan oldin "Old Trafford"da 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi va "Lids"ni tor-mor etishdi (4:1).

Odatda "Liverpul" "Kristal Pelas" safarida hech qanday muammoga duch kelmaydi. CHempionat liderida bir muammo bor – mehmondagi 6 uchrashuvda faqat 1 ta g'alaba, bu kam.

"London derbisi" – turning yashirin markaz uchrashuvi

Jadvalga qarab, "Tottenxem"ning "Lester" bilan o'yini maksimal darajada etiborni tortishini tushunasiz, biroq ular yolg'iz emas! Londonda "CHelsi" va "Vest Xem" o'rtasidagi yana bir intrigaga boy o'yin bo'lib o'tadi.

Frenk Lempard so'nggi transfer kampaniyasida amalga oshirilgan transferlardan hamon hayron. Bu ayniqsa, hujumga tegishli. Yil oxiriga etib keldik, lekin "CHelsi"ning eng maqbul oldingi chiziq vakillari kimlar ekanligini aytish oson emas. Lempard o'yin davomida ham ularning poziciyalirini almashtirib yuborish xususiyatiga ega.

"Vest Xem" bu mavsumda ko'pchilikni ajablantirishga ulgurdi. Sakkizinchi o'rin – "bolg'achilar" uchun munosib pog'ona.

"Kristal Pelas" – "Liverpul" (19.12 17:30)

"Kristal Pelas"ning hujumi Kristian Bentekening yo'qligi tufayli zaiflashmoqda. Belgiyalik va klub o'rtasidagi qarama-qarshilik, uning faoliyatida ish yurishmayotgani, har doim alohida intriga.

Mezbonlarga Xennesi, Kelli, Sako va Fergyuson, mehmonlarga esa van Deyk, Gomes, SHakiri, Milner, Alkantara va Jota yordam bera olishmaydi. Eng asosiysi, Matip qaytishi kutilmoqda.

"Everton" – "Arsenal" (19.12 22:30)

"Everton" etakchilarsiz o'ynashni va g'alaba qozonishni o'rgandi. "Arsenal"ga qarshi o'yindan oldin Xames, Koulmen va Allanning ishtiroki so'roq ostida. Din, Delf va Gbamin o'yindan tashqari holatda. "Kanonirlar"da ham etarlicha yo'qotishlar topiladi – Arteta Jaka, Gabriel va Partisiz qolgan bo'lsa, Nelson, Kolashinac va Martinelli so'roq ostida.

Mavsumni ajoyib boshlagan "Everton" keyinchalik pastga sho'ng'idi, ammo endilikda o'ziga kela boshladi. "Arsenal"da katta muvaffaqiyatsizlik kuzatilmoqda – "to'pchilar" so'nggi to'qqiz uchrashuvning faqat 1 tasida g'alaba qozongan, oxirgi to'rt uchrashuvning 3 tasida mag'lub bo'lgan.

"Tottenxem" – "Lester" (20.12 19:15)

Brendan Rojers uchun umidsizlik. "Lester"ning hozirgi ustozi hech qachon Joze Mourinyuni duelda mag'lub eta olmagan. Portugaliyalik 5 ta o'yinda g'alaba qozongan va 2 ta durangga erishgan. SHuningdek, "tulkilar"ning "Tottenxem" bilan safar uchrashuvlari o'zlari kutganidek chiqmaydi. So'nggi to'qqiz o'yinda "shporlar" faqat bir marta mag'lub bo'lishgan.

Jamoalarning so'nggi o'zaro bahsida 31 ta gol urilgan, o'rtacha har bir uchrashuvda – 4,4 ta. Boshqa tomondan, "Tottenxem" joriy mavsumda APLda eng kam gol o'tkazganini unutmaslik lozim.

"Manchester Yunayted" – "Lids" (20.12 21:30)

Belsa va Sulsher ishtirokidagi yana bir qiziqarli to'qnashuv. Argentinalik bu gal ham kim jarohat olgani va kim o'ynashga tayyor ekanligi, umuman, jamoa ichidagi holat haqida gapirishdan bosh tortdi.

Nemanya Matich ishonch bilan takidladiki, MYU chempionlik uchun raqobatlashishga qodir. "Manchester "Yunayted" ushbu mavsumda mehmondagi "Liverpul" kabi o'ynamoqda. Bevosita tarkibda yangi yo'qotishlar yo'q – faqatgina Kavani shubha ostida qolmoqda.

"CHelsi " – "Vest Xem" (20.12 21:30)

Yumshoq qilib aytganda, "CHelsi" so'nggi uchrashuvlarda ritmni biroz yo'qotdi. Ikki mag'lubiyat Lempard jamoasini ettinchi o'ringa tushirib yubordi.

Frenk Lempard hujumkor o'yinchilarni bir maqsad yo'lida qanchalik tez birlashtira olsa, g'alaba ritmi shunchalik tez qaytadi. SHu manoda Zieshning qaytishi juda mamnuniyat bilan qabul qilinadi.

"CHelsi"ning raqibi yoqimsiz. "Vest Xem" hech kimga shunchaki ochko hadya etmaydi. "Tottenxem" bilan bo'lgan derbida ham "bolg'achilar" 0:3 ni 3:3 ga o'zgartira olishgani yorqin misol bo'la oladi.

Yana bir fakt – "CHelsi" o'z maydonidagi so'nggi 12 uchrashuvning 11 tasida mag'lubiyatga uchramagan.

SHuningdek, ushbu turda quyidagi bahslar o'tkaziladi:

19.12 20:00 "Sautgempton" – "Manchester Siti"  

20.12 01:00 "Nyukasl" – "Fulxem"

20.12 17:00 "Brayton" – "SHeffild Yunayted"

21.12 00:15 "Vest Bromvich" – "Aston Villa"

21.12 22:30 "Byornli" – "Vulverxempton"


SHerzod Nurmatov tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика