So’nggi yangiliklar

20:09"Рубин" — "Динамо". Ашурматов асосий таркибда, Раҳмоналиев эса захирада  0 19:57АПЛ. "Манчестер Сити" 90+5 дақиқадаги гол эвазига меҳмонда "Вулверхэмптон"ни мағлуб этди  1 19:45Эрон чемпионати. "Фулад" ва Юсупов "Алюминиум Арак" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  0 19:32Суперлига. "Олимпик" — "Қизилқум" 1:0  0 19:25"Ливерпуль" — "Челси". Марказий ўйин учун таркиблар маълум  1 19:19Фарҳод Нишонов: "Ноябрда Европанинг гранд жамоасига қарши Тошкентда ўйнашимиз мумкин"  0 19:15"Атлетико" Мирзаевнинг бўлажак клуби — "Леганес"ни ўз майдонида қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:11Суперлига. "Олимпик" "Қизилқум"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида навоийликлардан ўзиб кетди  2 19:08Манчинини Саудия Арабистони терма жамоасидан истеъфога чиқаришмоқда. Жамоа ЖЧ саралашидаги 4та ўйинда атиги 1та ғалабага эришди  3 17:48Суперлига. "Нефтчи" — "Навбаҳор" 2:2  2 17:34Туркия Суперлигаси. Турғунбоев захирадан тушиб иккита ассист қайд этган ўйинда, "Сивасспор" "Хатайспор"ни мағлуб этди  5 17:00Сўнгги дақиқалари голларга бой ўтган "Нефтчи" - "Навбаҳор" учрашувида ғолиб аниқланмади  42 16:33"Ювентус" Погба жамоадан кетишини тасдиқлади  0 16:21"Олимпик" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 15:405та гол урилган "Локомотив" ва "Бунёдкор" ўртасидаги Тошкент дербисидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0

APL. "Tottenxem" – "Arsenal" va boshqa bahslar uchun prevyu Yangiliklar

APL. "Tottenxem" – "Arsenal" va boshqa bahslar uchun prevyu

Teglar :  Prevyu APL
Angliya chempionatining 11-turi bizga qiziqarli o'tishi kutilayotgan “SHimoliy London derbisi” va "Liverpul" – "Vulverxempton" to'qnashuvini vada qilmoqda.

O'tgan tur xususida

APLda sekin-astalik bilan liderlar ajralib bormoqda. "Tottenxem" va "CHelsi" allaqachon "Liverpul"ga qarshi kurashishga qodir bo'lgan chempionlikka asosiy davogar sifatida tan olingan. So'nggi turdagi o'zaro o'yinda jamoalar eng ehtiyotkor va yopiq uchrashuvni o'tkazishdi. Durang ularning birortasiga ochko yo'qotgan "mersisaydliklar"dan o'tib ketib, bundan foydalanib qolishga imkon bermadi.

"Everton" va "Aston Villa" navbatdagi muvaffaqiyatsizliklarini qarshi olishdi, ular ketma-ket uchta g'alaba va jadvalda beshinchi o'rinni egallab turgan "Vest Xem"ni oldinga o'tkazib yuborishdi. Umuman olganda, tur shunday o'tdiki, jadvalning yuqori pog'onasida turganlar ochko yo'qotishdi. Nafaqat "irislar" bilan "sherlar", balki "Lester" bilan "Sautgempton" ham yutqazdi. "Vest Xem"dan tashqari, ikkita Manchester klubi sinxron g'alabalarga erishib, o'z poziciyalarini yaxshiladilar.

11-turni 14-o'rinda kutib olayotgan "Arsenal" cho'kishda davom etyapti. "Kanonirlar"ning raqibidan kelib chiqsak, ular yana bir necha o'rin pastga tushib ketishlari mumkin.

Turning asosiy intrigalari

Mourinyu Artetaning istefo muddatini yaqinlashtiradimi yoxud "to'pchilar" rahbariyati "Arteta loyihasi"ga ishonishda davom etadimi?

Deyarli bir yilda Mourinyu va Arteta o'rin almashishdi. Aslida ularning boshqaruvga tayinlanishlaridagi farq sezilarli edi. Mikel Pep Gvardiolaning shogirdi ekanligi bois barchaga uning tezda "Arsenal"da o'zini ko'rsatib ketishiga ishondi. Avvaliga bu sodir bo'ldi, yosh mutaxassis haqiqatan ham jamoani "silkitish"ga muvaffaq bo'ldi. Yoz uzoq vaqt ichidagi birinchi sovrinni olib keldi va yangi mavsum voqeaning yoqimli davomini taqdim etdi. Ammo shundan keyin hammasi o'zgarib ketdi. "Arsenal" oxirgi 6 uchrashuvda faqat 1 ta g'alabaga erishib, 14-o'ringa joylashgan.

Qarama-qarshi tomonda "Tottenxem"ga Joze Mourinyu tayinlandi. Portugaliyalik eskirgan ish uslublari uchun tanbeh eshitdi va tez o'zgarib borayotgan zamonaviy futbol uchun nomunosib ko'rindi. Ha, shunday, lekin endilikda "shporlar" chempionatning etakchilar guruhidan joy olib, Evropa Ligasi pley-off bosqichiga yo'l olishdi. Jozening jamoasi shu qadar mustahkam bo'ldiki, ular "Manchester Siti"dan ishonchli tarzda ustun turishga qodir.

Albatta, "SHimoliy London derbisi" maqomi uchrashuvga o'zgacha mano bag'ishlaydi. Premer-liga tarixida hech qachon jamoalar o'rtasidagi farq 12 o'rinni tashkil qilmagan. Oldingi ko'rsatkich – 11 o'rin. Va bu 1993/94 yilgi mavsumga to'g'ri keladi (o'shanda "Tottenxem" 10-o'rinda, "Arsenal" esa 21-o'rinda edi).

Statistika Joze Mourinyuning navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritishiga ishora qilmoqda. Portugaliyalik "CHelsi", "Yunayted" va "Tottenxem" boshqaruvidagi davrida "Arsenal"ni o'n marotaba mag'lub etgan.

Moyes "Manchester Yunayted"ni xafa qila oladimi?

Hozirga qadar Angliyada kam sonli odamlar har qadamda qoqilib yurgan eski "Vest Xem" qayga ketganini tushuntirishga qodir emas. "Bolg'achilar" top-klublarga qarshi o'yinlar oldidan bir qator qiyin sinovlardan o'tib kelishdi. "SHeffild Yunayted" va "Fulxem" kabi jamoalar bilan yaxshi seriyadan so'ng ochko yo'qotish juda xafa qilgan bo'lardi. SHunday qilib, Moyes jamoasi "Aston Villa"ni ham mag'lub etib, ketma-ket qozonilgan g'alabalar sonini uchtaga etkazdi.

Bu ulug'vorlikning natijasi – jadvaldagi beshinchi o'rin. Ular "Lester"dan faqat bir ochko orqada ekanligini hisobga olsak, kuchli to'rtlikka kirish juda qiyin emas. SHunday ekan, Devid Moyes ijobiy natija uchun maksimal darajada harakat qiladi. SHuningdek, u sobiq ish beruvchilarga nimanidir isbotlashga urinadi. Uning hamkasbi Ole Gunnar Sulsherning bosim ostida ekanligi esa hech kimga sir emas.

Norvegiyalik hafta o'rtalarida "Manchester Yunayted"ning CHempionlar Ligasi pley-offiga chiqish imkoniyatini shubha ostiga qo'ydi. "Sautgempton" ustidan qozonilgan qahramonona g'alabadan keyin PSJdan uchralgan mag'lubiyat... O'tajak uchrashuvda kim g'alaba qozonadi – javob unchalik aniq emas.

Lempard va Belsaning eski hisob-kitobi yoki "CHelsi" – "Lids" o'yini nega intrigaga boy?

Faqat dangasa odamlargina Belsa atrofida aylangan "Lids" – "Derbi" bahsiga oid "ayg'oqchilar mojarosi" haqidagi hikoyani o'qimagan. CHempionshipning o'sha paytdagi ikki etakchisining yuzma-yuz uchrashuvidan oldin argentinalik "Derbi"ning uchrashuv maxfiy rejasini bilish uchun o'z odamini "qo'chqorlar"ning o'quv-bazasiga yubordi. Lempard bundan xabar topgach, norozilik bildirdi va Belsa jazolandi. Keyinchlik murabbiylar umumiy tilni topishga muvaffaq bo'lishdi, ammo shu vaqtdan boshlab matbuot uchun argentinalik va ingliz o'rtasidagi to'qnashuv eng kutiladiganlaridan biriga aylandi.

Uchrashuvning yana bir intrigasi – Patrik Bemford. Bu "yirtqich" forvard ushbu mavsumda APLning 10 o'yinida 7 ta gol urdi. Nega buni yodda tutishimiz kerak? Gap shundaki, "CHelsi" hujumchini 18 yoshida sotib olgan. Biroq Bemfordning London klubidagi faoliyati davomida hech qachon asosiy jamoada o'ynash imkoniyati berilmagan. Uni faqat ijaraga berishgan (naq 6 marta). Hujumchi "Stemford Brij" maydoniga umuman boshqa klubning libosini kiyib tushadi va unchalik yomon emasligini ko'rsatishga urinadi.

Juma kuni o'tkazilishi lozim bo'lgan "Nyukasl" – "Aston Villa" uchrashuvi nima uchun qoldirildi?

Bu intriga emas, balki 11-turning asosiy yangiliklaridan biridir. "Nyukasl"da koronavirus avj olib, vaziyat jiddiy tus olgan. Odatda, APL klublardagi yuqumli kasalliklar sonini elon qilganda, ismlarni aytmaydi. "Nyukasl" ham xuddi shunday qildi, faqatgina yuqtirishning 7 ta holatini elon qildi, ulardan 4 tasi – futbolchi. Klub barcha mashg'ulotlarni bekor qildi va mashg'ulotlar markazini karantinga yopdi. 

Qoldirilgan o'yin qachon o'tkazilishi hozircha nomalum.

"Manchester Siti" – "Fulxem" (05.12 20:00)

"Manchester Siti" so'nggi ikki turda juda qulay taqvimga ega. Masalan, o'tgan turda "Byornli" ayab o'tirilmadi (5:0), endi navbat "Fulxem"ga keldi. Biroq "Fulxem" oddiy jamoa emasga o'xshaydi, 9-turda "Everton"ga osonlikcha yutqazmadi (2:3) va 10-turda barchani hayron qoldirib, "Lester"ni mehmonda engdi (2:1). Aftidan, Skott Parker mavsum boshidan beri topa olmagan narsasini topdi. Qolaversa, uning jamoasida juda ko'p jarohatlar yo'q. "Manchester Siti"da ulardan bir nechtasi bor – Serxio Aguero hamon maydonga tushishga tayyor emas. So'nggi paytlarda "shaharliklar" usiz ham kurash olib borishni uddasidan chiqishmoqda.

"Siti" "Fulxem" bilan o'yinlarda hech qachon muammolarga duch kelmagan. O'zaro kechgan oxirgi 9 ta o'yinning barchasida g'alaba (to'plar farqi: 27-3).

"Vest Xem" – "Manchester Yunayted" (05.12 22:30)

"Vest Xem" Maykl Antonio va Andrey Yarmolenkoning yo'qligiga qaramasdan, "Manchester Yunayted"ni engish uchun qulay imkoniyatga ega.

Ole Gunnar Sulsher uchun asosiy yo'qotish – PSJga qarshi o'yinda jarohat olgan Markus Reshford. Norvegiyalik mutaxassis hujumchining qaytishiga ishonsa-da, ammo uning o'yinni startdan boshlashiga umid juda kam.

"Manchester Yunayted" ushbu mavsumda safardagi uchrashuvlarda sezilarli darajada yaxshi o'yin namoyish etyapti. "Qizil iblislar" qatorasiga 8 ta g'alabani qo'lga kiritishdi. Ularning barchasida jamoa kamida 2 ta gol urdi. Boshqa tomondan, futbolchilar va murabbiylarni oldinda CHL doirasidagi "Leypcig"ga qarshi muhim o'yin kutmoqda. Kuchni tejash va asrash juda muhim.

"Tottenxem" – "Arsenal" (06.12 21:30)

Joze Mourinyu hafta o'rtasida Xarri Keynni LASKga qarshi uchrashuvda maydonga tushirmadi. Bundan tashqari, forvardning ozgina shikastlanganligi aniqlandi. SHuningdek, Ugo Lorisga dam olish imkoniyatini berishdi. Tobi, Regilon va Vinisiusning ishtiroki to'g'risida ham savollar bor. Lamela aniq o'ynamaydi. "Arsenal"da kamroq yo'qotish bor – Parti va Raul Ximenes bilan to'qnashgan David Luiz.

Jamoalar bizga nima taklif qilishadi? To'g'rirog'i, birinchi navbatda, Mikel Arteta. "Rapid"ga urilgan 4 ta gol juda xursand qilmasligi lozim. "To'pchilar"ning hujumi juda yomon. APLdagi so'nggi 6 o'yinda 2 ta gol(!). Agar Ispaniyalik murabbiy hanuzgacha o'rtacha raqiblarga qarshi o'yinlar uchun echim topa olmagan bo'lsa, unda Mourinyu jamoasining "beton" himoyasi bilan qanday bo'ladi?

"Tottenxem" o'z maydonidagi so'nggi 6 o'yinda "Arsenal"ga yutqazmagan (to'rt g'alaba va ikki durang). Beshinchi g'alabani qo'lga kiritish "shporlar"ning o'z qo'llarida.

"Liverpul" – "Vulverxempton" (07.12 00:15)

"Vulverxempton" "Liverpul" bilan o'ynashda har doim qiyinchilikka duch kelgan. "Mersisaydlar" bo'lajak raqibiga qarshi APLda ketma-ket 7 o'yinda g'alaba qozonishdi. SHu vaqt ichida (2011 yildan beri) "bo'rilar" faqat bir marta g'alaba qozonishdi – bu Angliya Kubogida sodir bo'lgan.

Qolaversa, "Vulverxempton" "Enfild"ga asosiy "quroli"siz keladi. Raul Ximenes Luiz bilan ro'y bergan dahshatli to'qnashuvdan so'ng uzoq vaqt tiklanadi.

"Liverpul" "Enfild"da APLning ketma-ket 64 ta (!) o'yinida mag'lubiyatga uchramagan. Yana bir fakt: Kloppning yigitlari joriy chempionatning barcha o'yinlarida gol urishga muvaffaq bo'lishdi.

Yana unutmaslik kerakki, hafta o'rtalarida "Liverpul"ning aksariyat o'yinchilariga CHempionlar Ligasi doirasidagi "Ayaks"ga qarshi o'yinda dam berilgan. Barcha ko'rsatkichlar shuni ko'rsatadiki, "Liverpul" g'alaba qozonish uchun sezilarli darajada ko'proq ichki zaxiraga ega.

SHuningdek, ushbu turda quyidagi to'qnashuvlar guvohiga aylanamiz:

05.12 17:30 "Byornli" – "Everton"  

06.12 01:00 "CHelsi" – "Lids" 

06.12 17:00 "Vest Bromvich" – "Kristal Pelas"

06.12 19:15 "SHeffild Yunayted" – "Lester"

07.12 22:30 "Brayton" – "Sautgempton"


SHerzod Nurmatov tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика