So’nggi yangiliklar

01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  0 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  0 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  0 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  0 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  2 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1 22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  4 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  14 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  2 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  10 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  20 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  2 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2

APL. "Arsenal" SHimoliy London derbisida "Tottenxem"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

APL. "Arsenal" SHimoliy London derbisida "Tottenxem"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi

Teglar :  APLArsenalTottenxem
Angliya Premer-ligasining 20-turidan o'rin olgan "Tottenxem" - "Arsenal" o'yini yakunlandi.

APL. "Tottenxem" - "Arsenal" 0:2

Gollar: Ugo Loris 14' (avtogol), Martin Edegor (Bukayo Saka) 36'

"Tottenxem": 1. Ugo Loris, 17. Kristian Romero, 15. Erik Dayer, 34. Kleman Langle (33. Ben Devis 88'), 2. Mett Doerti (9. Risharlison 71'), 29. Pap Matar Sarr (38. Iv Bissuma 76'), 5. Per-Emil Xeyberg, 19. Rayan Secsenon (14. Ivan Perishich 76'), 21. Deyan Kulusevski (11. Brian Xil 88'), 10. Xarri Keyn, 7. Son Xyon Min. 

Zaxira: 20. Freyzer Forster, 12. Emerson Aparesido, 6. Davinson Sanches, 4. Oliver Skipp.

"Arsenal": 1. Aaron Remsdeyl, 4. Ben Uayt, 12. Vilyam Saliba, 6. Gabriel Magalyayns, 35. Aleksandr Zinchenko (18. Takexiro Tomiyasu 86'), 5. Tomas Partey, 34. Granit Jaka, 7. Bukayo Saka, 8. Martin Edegor (21. Fabiu Vieyra 90+'), 11. Gabriel Martinelli (3. Kiran Tirni 79'), 14. Eddi Nketia (10. Emil Smit Rou 90+').

Zaxira: 30. Mett Terner, 16. Rob Xolding, 23. Alber-Mboyo Lokonga, 27. Markinos, 72. Mettyu Smit.

Ogohlantirishlar: Kristian Romero 35', Rayan Secsenon 45', Pap Matar Sarr 53', Kleman Langle 73', Gabriel Magalyayns 90+'

Tottenham Hotspur

Premier League . 20-tur

15/01/2023, 20:30

2
:
0
Tugadi

Arsenal

Hugo Lloris - 14', Martin Oedegaard - 36'

Stadion: Tottenham Hotspur Stadium, 61870 tomoshabin

Bosh hakam: Craig Pawson

45'
90'
35'  Cristian Romero
45'  Ryan Sessegnon
53'  Pape Sarr
71'  Matt Doherty (Richarlison)
72'  Clement Lenglet
76'  Pape Sarr (Yves Bissouma)
76'  Ryan Sessegnon (Ivan Perisic)
88'  Clement Lenglet (Ben Davies)
88'  Dejan Kulusevski (Bryan Gil)
14'  Hugo Lloris
36'  Martin Oedegaard
36'  Bukayo Saka
70'  Gabriel Martinelli
79'  Gabriel Martinelli (Kieran Tierney)
86'  Oleksandr Zinchenko (Takehiro Tomiyasu)
90'  Gabriel
90'  Edward Nketiah (Emile Smith Rowe)
90'  Martin Oedegaard (Fabio Vieira)


90+5. O'yin yakunlandi! North London is red!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

88. Deyan Kulusevskining uzoq masofadan yo'llagan zarbasi rekoshetga uchrab, Remsdeylning qo'liga borib tushdi.

84. Keynning uzatmasidan keyin Son Xyon Min darvozaga zarba yo'lladi, to'pni Remsdeyl qaytarib yubordi.

79. Granit Jakaning jarima zarbasidan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq bo'ldi.

76. "Tottenxem" tarkibida hozirgacha 3 ta o'zgarish amalga oshirildi, mehmonlar tarkibida esa o'zgarish yo'q.

69. Nketia darvozaga yaqin masofadan zarba berdi, biroq Loris seyv ko'rsatib, jamoasi joniga oro kirdi.

61. Rayan Secsenon o'ziga uzatib berilgan to'pni darvozaga yo'lladi, biroq to'p noaniq ketdi.

59. Maydon chetidagi "Tottenxem" murabbiyi Antonio Konte hamda maydondagi "Arsenal" yarimhimoyachisi Granit Jaka o'rtasida og'zaki "jang" bo'lib o'tdi. Ertaga tarmoqlarda ular nima haqida gaplashganining matni chiqib qolsa kerak :)

58. Bu gal hujum "Arsenal"dan. Nketianing jarima maydonchasi ichidan yo'llagan zarbasini Loris qaytardi.

56. Yana Kulusevskidan zarba! O'tkir burchakdan yo'llangan zarba noaniq bo'ldi.

52. Keyin Rayan Secsenonga ajoyib pas berib, oldinga boshladi, Rayanning zarbasini Remsdeyl qaytarib yubordi.

50. Zarba berish navbati Keynga! Xarrining zarbasini Remsdeyl katta qiyinchilik bilan qaytardi!

49. Mezbonlar o'yinning ikkinchi qismini ancha faollik bilan boshladi. Deyan Kulusevskining uzoq masofadan yo'llagan zarbasi biroz noaniq bo'ldi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+3. Burchakdan uzatilgan to'pga Xeyberg zarba berdi, keyin yiqildi. Biroq ushbu vaziyatda o'yin qoidasi buzilmagan deb topildi. 

45+2. O'ng qanotdan havolatib uzatilgan to'pni Keyn boshi bilan darvozaga yo'lladi, Remsdeyl qaytardi. 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

41. "Arsenal" ikkinchi goldan keyin ham tinmayapti.

Edegor oldinga yurish qilib darvozagacha chamasi 25 metr bo'lgan masofada zarba berib, hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirdi!

36. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Edegor ajoyib gol urib, hisobni ikkitaga oshirdi!

32. O'yin harorati juda yuqori, maydon "yonmoqda".

25. Tomas Parteyning uzoq masofadan bergan super zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi!!!

22. Martin Edegorning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasini Loris qaytarib yubordi.

20. "Arsenal"dan navbatdagi hujum! Saka jarima maydonchasi ichidan to'pni Nketiaga uzatdi, Eddining uzatmasini himoyachilar qaytarib yubordi.

18. Endi bosim qilish navbati "Tottenxem"ga! Son Xyon Min darvozabon bilan birga-bir vaziyatda qoldi va darvoza tomon zarba berdi, Remsdeyl esa to'pni ajoyib tarzda qaytarib yubordi.

Saka bir himoyachidan o'tib jarima maydonchasiga kirib bordi, uning uzatmasi Lorisga bordi, Ugo esa to'pni urib yubordi, biroq o'z darvozasi tomon...

14. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Arsenal" o'yinda hisobni ochdi!

11. Jarima zarbasidan havolatib uzatilgan to'pni Tomas Partey boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroq noaniq bo'ldi.

7. "Tottenxem" jarima maydonchasi ichida palapartishlik bo'ldi. Himoyachi past berishda xato qildi, to'p Eddi Nketiaga etib keldi, uning darvoza tomon tepgan to'pini Loris qaytardi.

4. O'yin anchagina jangovar ruhda boshlandi. Ikki jamoa ham o'zaro ochiq o'yin taklif qilmoqda.

1. O'yin boshlandi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика