APL SHon-sharaf zali uchun sudga beriladi
21 may 2021 16:04
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/638679_original.jpg)
![](/upload/storage/638679_220.jpg)
APL SHon-sharaf zali uchun sudga beriladi
Angliya Premer-ligasi SHon-sharaf zali tashkil etdi va unga Angliya futbolidagi mashhur sakkiz insonni kiritdi.
Bular Alan SHirer, Terri Anri, Erik Kantona, Roy Kin, Frenk Lempard, Denis Bergkamp, Devid Bekxem va Stiven Jerrard.
Asr boshida Angliyada SHon-sharaf zali ochilgan va uning yaratuvchisi Gari Trousdeyl sudga murojaat qilish imkoniyatlarini ko'rmoqda.
"Katta afsuslar bilan Premer-liga va Budweiser'ni sudga berishimga to'g'ri keladi. Gap puldamas, shunchaki ularga eski maktab qadriyatlari etishmayapti. Huddiki oldin SHon-sharaf zali mavjud bo'lmagandek", - deydi Trousdeyl.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar