So’nggi yangiliklar

03:02Германия кубоги. "Штутгарт" финалда учинчи лига жамоаси бўлмиш "Арминия"ни мағлуб этиб, Германия кубогини қўлга киритди - 4:2. Мийо дублга эришди  2 00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0 23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  4 23:11ПСЖ — "Реймс". Франция кубоги финали учун таркиблар маълум  3 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  6 23:05"Милан" — "Монца". Таркиблар маълум  0 23:02Суперлига. "Сўғдиёна" ва "Бухоро" муроса кўчасини танлади  29 22:45Та "Бавария" билан шартнома имзолайди. "Байер" ҳимоячини компенсация эвазига КЖЧга қўйиб юбориш таклифини кутмоқда  0 22:30ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ғалабага эришди, Раҳмоналиев захирадан ўйинга қўшилди  0 22:25CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди  5 22:00"Краснодар" ўз тарихида илк бор Россия чемпиони бўлди  4 21:21Аморим Гарначога янги жамоа қидиришни айтди. Футболчи Европа лигаси финалидан кейин МЮ устозидан норози бўлганди  12 21:10Ла Лига. "Реал" сўнгги ўйинда Мбаппенинг дубли эвазига "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, "қироллик клуби" мавсумни иккинчи ўрин билан якунлади  32 20:59Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида бир киши кам "Шўртан"ни йирик ҳисобда енгди  29

APL. "Qizil iblislar"dan o'ziga xos "kambek" yoxud zaxiradan tushgan Kavani MYUga g'alaba keltirdi Yangiliklar

APL. "Qizil iblislar"dan o'ziga xos "kambek" yoxud zaxiradan tushgan Kavani MYUga g'alaba keltirdi

Angliya chempionati 10-turidan o'rin olgan bahs matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Sautgempton – Manchester Yunayted 2:3  

«Sent-Meris»

Gollar: Bednarek 23', Uord-Prouz 33' – Brunu Fernandesh 59', Kavani 74', 90+2 

Sautgempton – Makkarti, Vestergor, Uoker-Piters, Bertran, Bednarek, Romeu, Armstrong (Diallo, 90), Jenepo (Long, 72), Uord-Prouz, Uolkott, Adams.

Manchester Yunayted – De Xea (Xenderson, 46), Lindelyof, Telles (Uilyams, 84), Uan-Bissaka, Maguayr, Fred, van de Bek, Brunu Fernandesh, Matich, Grinvud (Kavani, 46), Reshford.

Ogohlantirish: Uord-Prouz (17)


O'yin yakunlandi. MYU muxlislarini qoyilmaqom g'alaba bilan tabriklaymiz. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL! Kavani!  Urugvaylik forvard dublga erishib, hisobni 2:3 ko'rinishiga keltirdi! 

Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi. 

90. "Sautgempton"da o'zgarish: Armstrong o'rniga Diallo tushirildi. 

88. Maguayr hujumda yuribdi, uni o'ng qanotda bo'sh qodirishdi va u uzatmani amalga oshirmoqda. 

86. Maguayr CHi Adamsga nisbatan qoidani buzdi, jarima belgilandi.

84. MYUda almashtirish: Telles o'rniga Uilyams tushdi. 

81. Reshford chap qanotda faollik ko'rsatdi, biroq himoyachilar undan to'pni olib qo'yishdi.

79. Zarba!  Adamsning zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

76. SHeyn Long Fredni yiqitdi, hakam qoida buzish qayd etdi. 

74. GOOOOOOOOOOOOOOOOLL!  Kavani bosh bilan gol urib, hisobni teglashtirdi – 2:2! 

72. "Sautgempton"da o'zgarish: Jenepo o'rniga Long tushdi. 

71, Fredning uzatmasidan keyin Matich to'pni to'xtata olmadi. 

69. Zarba!  Kavanining bosh bilan bergan zarbasi sal noanich ko'rinish oldi. 

67. Styuart Armstrong zarba yo'lladi, ammo to'p rikoshetdan keyin darvozaga to'g'ri bormadi. 

66. Bertrand raqib jamoaning xafli hujumiga qarshi turdi.  

63. Jenepo oldinga o'tdi va zarba yo'llashga imkon topdi, uning zarbasi esa manzilga aniq bormadi. 

60. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL!  Brunu Fernandesh!  Kavani Brununi pas bilan taminladi, portugaliyalik esa darvozani ishg'ol etdi. 

58. Maydonda yotgan Yan Bednarekka tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

56. Uuuxx! Kavanining yaqin masofadan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi. 

55. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 54% - 46% 

52. Zarba!  Reshford birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi, Makkarti jonboo'lik ko'rsatdi. 

50. Vestergor 11 metrlik tomonga io'pni uzatdi, Telles boshi bilan to'pni qaytardi. 

48. Uolkott o'ng qanotda bir o'zi qolib ketgan va u to'pni qabul qilib olib, zarba yo'lladi, Xenderson o'z o'rnida!

46. MYUda 2 ta o'zgarish: De Xea o'rniga Xenderson, Grinvud o'rniga Kavani tushdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 2:0. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

44. Jamoalarda charchoq alomatlari sezilmoqda. Sulsher shogirdlari negadir o'yin boshidagidek pressingni uyushtirishmayapti.

43. Uolkott Donni van de Bekni yiqitishga majbur bo'ldi. 

41. Van de Bek hujumchi o'rnida harakatlanyapti. Fernandeshning u tomon oshirgan pasiga Makkarti ega chiqdi.

40. Fred maydon markazida Adamsga nisbatan qo'pol o'ynadi, ammo hammasi joyida, jarohat yo'q.

38. Mezbonlar to'pni o'zlarida saqlab turishibdi va pozicion hujum  boshlash niyatida.

36. De Xeada shikastlanish kuzatildi, ammo u o'ynashda davom etyapti. Xenderson chigil yozdi mashqlarni boshlab yubordi.

35. Armstrong 3-golni urishi mumkin edi. Jenepo olis masofadan zarba berdi, qaytgan to'pga yaqinlashgan Armstrong negadir to'pni to'xtatishga harakat qildi va omadsizlikka uchradi.

33. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL!  Uord-Prouz!   U jarima zarbasini mohirona tarzda ijro etib, gol urdi – 2:0! 

32. Mussa Jenepo o'z mahorati va texnikasi evaziga raqibni aldadi, Fred unga nisbatan qo'pollik ishlatdi, jarima to'pi.

30. Makkarti!!! Dahshat!  U dastlab Griunvud, keyin esa Reshfordning zarbasini qaytardi, hujumchi qanday qilib gol ura olmaganini tushida ham ko'rib chiqsa kerak. 

28. Mezbonlar yana burchak to'piga ega bo'lishdi. De Xea bu gal ham to'pni ushlashga erishmadi.

27. Uuuxx!  Uoker-Piters himoyachini chalg'itgan holda kutilmaganda zarba yo'lladi, sal noaniq. 

25. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 49% - 51% 

23. GOOOOOOOOOOOOOOOLL!  Bednarek!  Uord-Prouzning burchak to'pidan oshirib bergan to'pini BEdnarek darvoza to'riga joylab qo'ydi – 1:0! 

22. Tinib-tinchimas Brunu Uolkottni yiqitdi. 

19. Makkarti o'z darvozasidan chiqib kelib, Brununing uzatmasini ushlab oldi.

17. Van de Bekka nisbatan qo'pol o'ynagan Uord-Prouz ogohlantirildi. 

16. Zarbaaa!  Brunu Fernandeshning uzoqdan yo'llagan zarbasi ancha xavfli, ammo rikoshet orqali sal noaniq chiqdi. 

13. Brunu Romeu tomonidan oyog'idan yaxshigina zarbani qabul qilib oldi. Portugaliyalik maydonda yotibdi. 

11. Uoker-Pitersning o'ngdan amalga oshirgan uzatmasini Lindelyof qaytarib yubordi. 

10. Mezbonlarning dastlabki hujumi: Uolkott raqib jarima maydoni ichida to'pni qabul qilib oldi va uzatmani qayd etdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.

9. Reshford jarima maydonchasi ichida himoyachi bilan to'qnashib ketdi va yiqildi. VARda penalti bor yoki yo'qligi tekshirildi. Davom etamiz.

7. Ana xolos!  Grinvud himoyachini ortda qoldirib, darvozabonni birga-bir holatda aldab, darvozaga yo'l topa bilmadi. 

5. MYU yuqori pressing namoish etgan holda mezbonlarni qamalda ushlab turibdi. 

4. Telles to'pni chap qanotdan ichkariga uzatdi, biroq Grinvudga bosh bilan zarba yo'llashga imkoniyat berishmadi.

3. Brunu Grinvud tomoni diagonal uzatmani amaga oshirmoqchi bo'ldi, ammo pas etib bormadi.

1. O'yin boshlandi! 

Mehmonlar stadionga etib kelishdi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun APL 10-turidan o'rin olgan "Sautgempton" – "Manchester Yunayted" o'yini bo'lib o'tadi. Uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика