So’nggi yangiliklar

10:53Ҳусанов «Ланс» рекордини такрорлайди  1 10:26«Нефтчи»га ўтган Искандеров нималар деди?  8 09:57Бразилиялик ярим ҳимоячи "Пахтакор" йиғинига қўшилади  9 09:30Ҳусанов осиёликлар ичида АПЛ рекордини янгилайди  16 09:09«Андижон» янги мавсумда қайси стадионда ўйнаши маълум  5 08:40Ҳусанов қачон «Манчестер Сити» сафида тиббий кўрикдан ўтиши маълум  25 08:15«Ланс» мураббийи Ҳусановни кейинги ўйинда ўйнатишга умид қилмоқда  11 07:51«Манчестер Сити» яна бир ёш марказий ҳимоячисига расмий таклиф юборди  2 02:44Бундеслига. "Байер" "Боруссия"ни "Сигнал Идуна Парк"да мағлуб қилди  2 01:59HERE WE GO! Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтади!  58 01:00"Барселона" Рэшфордга "совчи қўймоқчи"  8 00:36Леау қандай шахсий ва жамоавий совринларни ютишни исташини айтди  1 00:15"Ювентус" футболчисини Манчестер жамоаларига таклиф қилди  2 23:52Аморим Майну ҳақида: "Энг яхшиларни сақлаб қолишимиз керак, бироқ ҳолатни унутмайлик"  0 23:40Бундеслига. "Боруссия" Д - "Байер". Асосий таркиблар маълум!  0

APL. Prevyu: "Everton" - "Arsenal" va "Bornmut" - "Lester" to'qnashuvi Yangiliklar

APL. Prevyu: "Everton" - "Arsenal" va "Bornmut" - "Lester" to'qnashuvi

Angliya premer ligasining 16-tur o'yinlarining dastlabki ikkita bellashuvi bugun tunda bo'lib o'tadi.

Angliya chempionatining tig'iz taqvimli o'yinlari boshlanish arafasida turibdi. Angliyada "boksing dey"dan oldingi "repiticiya" jarayoni boshlandi. Kuni kecha chempionatning 15-tur o'yinlari yakunlangandi. Oradan ikki kun vaqt o'tmasidanoq 16-tur start olmoqda.


O'tgan turda "Manchester Siti"ni tor-mor keltirgan Angliyaning amaldagi chempioni "Lester" uchun joriy mavsum omadli kechmayapti. Garchi jamoa Evropa chempionlar ligasida muvaffaqiyatli qatnashgan bo'lsada, ichki chempionatda ularning ishlari yurishmayapti. O'tgan yilgi shasht va ishtiyoq so'ngani sezilib qolmoqda. SHu boisdan ham Klaudio Raneri jamoasi turnir jadvalida 14-pog'onada borishmoqda. Ammo o'tgan haftada "Lester" barcha tanqidlarga munosib javob berdi va Gvardiola boshqaruvidagi "Siti"ni 5 daqiqa ichida popugini pasaytirib qo'ydi. "Lester" hozir ancha yaxshi kayfiyatda va o'ziga bo'lgan ishonchini yana qaytarib olgandek. Angliya chempionining bugungi raqibi ayni paytda turnir jadvalida "Lester"dan tepada turgan "Bornmut" hisoblanadi.
Eddi Xau shogirdlari o'tgan turda safarda "Byornli"ga imkoniyatni boy berishgandi. SHu boisdan ham "Bornmut" jadvalda 12-o'ringa tushib ketdi.
"Lester"
ga qarshi kechadigan o'yin esa "olchalar" uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu to'qnashuvdagi mag'lubiyat "Lester"ni oldinga o'tib ketishiga yo'l ochadi. G'alaba esa ularni "Lester"dan kamida uzoqlashtiradi va turnir jadvalidagi mavqeilarini yaxshilab olishga zamin yaratadi.
Yana bir etiborga molik tomoni shundaki, "Bornmut"ning "Lester" ustidan qozongan oxirgi g'alabasiga 27 yil to'ldi.
SHundan buyon o'tkazilgan 6 uchrashuvda "Bornmut" amaldagi chempionlarni mag'lubiyatga uchrata olgani yo'q.


Ushbu jamoalar shu kunga qadar barcha musobaqalarda o'zaro 11 marotaba duch kelishgan. SHularning 6tasida "Lester"ning qo'li baland kelgan bo'lsa, qolgan 3 o'yin "Bornmut" foydasiga tugagan. Qolgan ikkita bellashuvda esa g'olib nomi aniqlanmay qolgan. To'plar nisbati 15-11 "Lester" foydasiga.
"Bornmut" - "Lester" o'rtasidagi o'yinlarda hech qachon yirik hisob qayd etilmagan. Bu esa ushbu qarama-qarshilik naqadar keskin, murosasiz va teng kurashlarga boy kechishini anglatib turibdi.
Bugungi o'yin ham shular jumlasidan bo'lishiga shubha yo'q.



"Gudison Park"da bugun ishqibozlar ajoyib uchrashuv guvohiga aylanishadi. Mark Klattenburg boshqaradigan "Everton" - "Arsenal" uchrashuvi so'zsiz turning eng markaziy o'yinlaridan biri sanaladi.
Arsen Venger boshqaruvidagi "Arsenal" ayni paytda 34 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda. "Everton" hisobida esa 20 ochko mavjud va ular 9-pog'onani band etib turishibdi.


CHempionlik yo'lida kurash olib borayotgan "Arsenal" jamoasining joriy mavsumdagi o'yinlari ishqibozlar ko'nglidan o'rin olayotgani hech kimga sir emas. Ronald Kuman yaxshi jamoani shakllantirishga urinayotgan "Everton"ning ishlari ko'ngildagidek, deb bo'lmaydi. Jamoa hozirga qadar o'tkazilgan 15ta o'yindan 5tasini o'z foydasiga, yana 5tasini raqibga imkoniyatni boy bergan holda va 5 uchrashuvda durang qayd etib o'tkazdi. "Everton"ga bu yili barqarorlik etishmayapti. Jamoa o'yin jihatdan ham, natija borasida ham muammolarga ega.


Asosan evrokuboklar uchun kurashadigan "Everton" ayni paytda turnir jadvalida "Vest Bromvich", "Uotford" singari jamoalardan pastki o'rinda. Bugungi o'yindagi mag'lubiyat esa ularni evrokuboklar uchun beriladigan zonadan ancha uzoqlashtirib yuborishi mumkin. SHu boisdan ham "Arsenal"ga qarshi o'yin "Everton" uchun muhim ahamiyatga ega. "Arsenal" esa chempionlik uchun bo'layotgan kurashda "CHelsi"ni taqib etishda davom etishi uchun ham bugun ochko yo'oqtishga haqqi yo'q. O'rtada g'alaba va yuqori qiymatga ega 3 ochko turgan bu bahs muxlislarning diqqat markazida bo'lishi shubhasiz.


Bu jamoalarning o'zaro o'yin tarixlariga etibor qaratadigan bo'lsak, ushbu qarama-qarshilik 207 bellashuv hisoblanadi. Bunga qadar ushbu jamoalar barcha musobaqalarda jami 206 marotaba o'zaro duch kelishgan.
"Everton" bu o'yinlarning 59tasida g'alaba qozongan. "Arsenal" esa 102 uchrashuvda "Everton"dan ustun kelgan. Qolgan 45 o'yinda jamoalar murosa yo'lini tanlashgan.
To'plar nisbati 247-338, "kanonirlar" foydasiga.

"Everton"ning "Arsenal" ustidan qozongan eng yirik g'alabasi bu 6:1 va 5:0. "Arsenal"ning yirik hisobdagi g'alabasi esa 7:0.

"Everton"
oxirgi ikki mavsumda "Arsenal"ni mag'lub etishni uddalolmay kelmoqda.


APL, 16-tur.

"Bornmut" - "Lester" (00:45)
"Vitaliy" stadioni.
Bosh hakam
: Pol Tirney.


"Everton" - "Arsenal" (00:45)
"Gudison Park" stadioni.
Bosh hakam
: Mark Klattenburg.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика