APL. Obameyang 1-bor xet-trikka erishdi
14 fev 2021 23:48
Yangiliklar


APL. Obameyang 1-bor xet-trikka erishdi
Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang "Lids Yunayted"ga (4:2) qarshi o'yinda 3 ta gol urdi.
U o'yinning 13, 41 va 47-daqiqalarida raqib darvozabonini ranjitdi. Gabonlik forvard 2-golini penaltidan urdi.
Bu Obameyang uchun Angliya chempionatidagi birinchi xet-trik hisoblanadi. U tumanli albionda 2018 yildan beri o'ynab kelmoqda.
Malumot uchun, 31 yoshli futbolchi joriy mavsum 8 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar