So’nggi yangiliklar

18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  1 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  0 17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  3 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  3 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  31 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  6 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0

APL. 10ta kartochka ko'rsatilgan o'yinda "Nyukasl" "CHelsi"ni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

APL. 10ta kartochka ko'rsatilgan o'yinda "Nyukasl" "CHelsi"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Teglar :  NyukaslCHelsi
Angliya Premer-ligasining 13-turidan o'rin olgan "Nyukasl" - "CHelsi" uchrashuvi yakunlandi.

Nyukasl – CHelsi 4:1

Gol: 1:0 – 13 Isak, 1:1 – 23 Sterling, 2:1 – 60 Lassels, 3:1 – 61 Joelinton, 4:1 – 83 Gordon.

Nyukasl – Poup, Tripper, SHer, Lassels (Dammett, 86), Livramento, Bruno Gimaraes, Mayli (Diallo, 90), Almiron (Merfi, 87), Joelinton, Gordon (Ndiwani, 90), Isak (Ritchi, 81).

CHelsi – Sanches, Djeyms, Tiago Silva, Badyashil, Kukurelya, Gallaxer (Mudrik, 69), Fernandes, Palmer (Koluill, 75), Ugochukvu (Kaysedo, 69), Sterling (Madueke, 87), Djekson (Broya, 69).

Ogohlantirishlar: Tripper (22), Ugochukvu (41), Joelinton (45), Lassels (46), Jeyms (55), Sterling (59), Kukurelya (77), Koluill (81), Ritchi (90).

CHetlatish: Jeyms (73).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

83. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Raqib jarima maydonida to'pni qabul qilib olgan Gordon hisobni yirik ko'rinishga keltirdi!


81. Kartochka olish navbati Koluillga etib keldi.

76. ZARBA! Mezbonlar hisobni yirik ko'rinishga keltirishi mumkin edi, Sanches bunga yo'l qo'ymadi.

73. O'zidan qochib ketgan Gordonni yiqitgan Jeymsga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatildi va u maydondan chetlatilmoqda.

68. "CHelsi" tarkibida birato'la uch o'zgarish ro'y berdi.

61. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Tiago Silvaning qo'pol xatosidan so'ng Joelinton qiyinchiliksiz Sanches darvozasini ishg'ol qldi!

60. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Standart vaziyat natijasida Jamol Lassels bosh bilan raqib darvozasiga to'pni joylab qo'ydi!


59. Uchrashuv kartochkadlarga boy bo'lmoqda. Navbatdagi jazolanuvchi — Sterling.

55. Gallaxer raqib futbolchisini qoidaga zid ravishda to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

51. Tripper ketma-ket uch marotaba burchak zarbasi amalga oshirdi, uning so'nggi urinishi zarba bilan yakunlandi, ammo Sanches to'pni egallab oldi.

47. Mehmonlarda standart vaziyat yuzaga keldi. Jeymsning jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+3. Joelinton Jeymsga nisbatan ketma-ket ikki marta qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

43. ZARBA! Tripperning jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

41. Ugochukvu jarima maydoni yaqinida raqibini to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi. Mezbonlarda standart yuzaga keldi.

39. "CHelsi" burchak to'pi ishlab oldi. Uzatmani mezbonlar barataraf etdi. 

36. Gallaxerning urinishi samarali yakunlanmadi.

35. Palmer Sterlingning uzatmasiga etib kela olmadi, aks holda xavfli vaziyat yuzaga kelardi.

31. Seyv! "CHelsi"ning tezkor hujumi zarba bilan yakunlandi, Poup esa jamoasini goldan qutqardi.

31. Almiron o'ng qanotdan aylanma zarba yo'lladi, biroq uning urinishi ko'ngildagidek chiqmadi.

26. Xavfli vaziyat! Burchakdan uzatilgan to'pga Joelinton bosh bilan zarba yo'lladi, biroq biroz aniqlik etishmadi.

23. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Sterling jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi!


22. "Nyukasl" jarima maydoni yaqinida Sterlingga nisbatan qoidabuzarlik amalga oshirgani uchun Tripper ogohlantirildi.

16. Gallaxer qoida buzdi. "CHelsi" darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi.

13. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Raqib jarima maydoni markazida yolg'iz qoldirilgan Isak hisobni ochdi! "CHelsi" himoyachilari suniy ofsayd yaratishda xatoga yo'l qo'yishdi.


12. Endi xuddi shunday vaziyat mezbonlarda yuz berdi, Jeyms to'pni qaytarib yubordi.

7. Palmer raqib jarima maydoniga uzatma amalga oshirdi, mezbonlar xavfni barataraf etdi.

6. Dastlabki daqiqalar kurashlarga boy bo'lmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi.

Uchrashuv 20:00da start oladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика