So’nggi yangiliklar

07:30Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  0 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  1 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  3 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  1 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  4 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  11 00:00"Кривбасс" дарвозабони Европадаги йиғин давомида қочиб кетди  1 23:35Тер Штеген Жоан Гарсиянинг рўйхатга олинишига тўсқинлик қилмоқда  0 23:00Томас Парти Испанияга қайтмоқда — Here We Go!  1 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0 22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  77 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  1 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  5

APL. "Nyukasl" qo'polliklarga boy o'yinda "Arsenal"ni mag'lubiyatga uchratishni uddaladi Yangiliklar

APL. "Nyukasl" qo'polliklarga boy o'yinda "Arsenal"ni mag'lubiyatga uchratishni uddaladi

Angliya Premer-ligasi 11-turi doirasidagi bahs tafsilotlarini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Angliya chempionati

11-tur

Nyukasl – Arsenal 1:0 

22.30, «Sent-Jeyms Park»

Gol: Gordon 64'

Nyukasl – Poup, Tripper, SHer, Lassels, Bern (Livramento, 46), Bruno Gimaraes, Longstaff, Almiron (Myorfi, 62, Richi, 80), Joelinton, Gordon, Uilson (Uillok, 62).

Arsenal – Rayya, Uayt (Zinchenko , 73), Gabriel, Saliba, Tomiyasu, Jorjino (Vieyra, 79), Rays, Xaverc, Martinelli, Saka, Nketia (Trossard, 79).

Ogohlantirishlar: Xaverc (37), Gordon (37), Longstaff (39), SHer (39), Gimaraes (88), Livramento (90+1).


Uchrashuv yakunlandi. "Nyukasl" 3 ochkoni qo'lga kiritdi! 

90+7. Zarbaaa! Trossardning navbatdagi zarbasi Lassels tomonidan "bloklandi". 

90+6. Uuuux! Zinchenkoning qaltis pasi Lassels tomonidan xotirjamlik bilan bartaraf etildi. 

90+4. "Arsenal" shoshilmoqda va bor kuch-g'ayrati bilan oldinga tashlanyapti. 

90+1. Livramento Martinelliga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi. 

90. Ikkinchi taymga 8 daqiqa qo'shib berildi. 

88. Fabiu Viyerani turtib yuborgan Gimaraes sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. Parallel olamdagi qaysidir chempionat bo'lganida, u allaqachon maydondan chetlatilgan bo'lardi – bugun 7-8 marta qoidani buzdi o'ziyam.

87. Zarbaa! Trossardning zarbasi himoyachilarga tegib qoldi.

85. Takexiro Tomiyasuning uzatmasiga birorta sherishi ega chiqmadi.

80. "Nyukasl"da o'zgarish: jarohat olgan Myorfi o'rniga Richi maydonga tushdi.

79. "Arsenal"da 2 ta o'zgarish: Nketia o'rniga Trossard, Jorjino o'rniga Vieyra tushdi.

73. "Arsenal"da almashtirish: Uayt o'rniga Zinchenko bahsni davom ettiradi.

72. "Arsenal" shok holatida bo'lishiga qaramay, hujumni kuchaytirdi. 

68. O'yindan tashqari holat ham yo'q... Gol inobatga olindi. 

66. To'p maydonda qolgan bo'lgan, endi Gabriel va Joelinton to'qnashuvida fol qayd etilganmi yoki yo'qligi ko'rilmoqda. Yo'q, qoida buzish ham yo'q. Endi navbat ofsaydga...

65. Gordonga uzatma kelishidan oldin to'p maydonni tark etib ulgurgan ko'rinadi. SHu VAR'da tekshirilmoqda.

64. GOOOOL! Entoni Gordon bo'sh qolgan darvozaga yo'l topdi – 1:0! 

62. "Nyukasl"da 2 ta almashtirish: Uilson o'rniga Uillok, Almiron o'rniga Myorfi bahsni davom ettiradi. 

62. Zarbaaa! Tripperning xatosidan so'ng Deklan Rays bosh bilan darvozani ishg'ol qilishi mumkin edi, noaniq. 

59. "Arsenal" to'pga egalik qilgan holda o'z qulay vaziyatini kutmoqda. 

56. Zarba! Xavercning uzoq vaqtdan beri endigina yo'llagan zarbasi ham Nketiaga tegib qoldi. Bunchalar ham omadsizsan, Kay?!

55. O'yin juda qo'pol tarzda davom etmoqda. O'yin oxirigacha kamida bir kishi chetlatilsa kerak... 

52. Livramentoning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin David Rayya to'pni ilib olishga erishdi.

48. Entoni Gordon ichkariga pas oshirdi, ammo himoyachilar ishonchli o'ynab, to'pni uzoqlashtirishdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

46. "Nyukasl"da o'zgarish: Bern o'rniga Livramento o'yinga qo'shildi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus! 

45+4. Gimaraes to'pni yaqqol Xaverc tomon tepdi, ammo sariq kartochka olmadi, u sal oldin to'psiz holatdagi Jorjinoni turtib ketgandi. APLda hakamlarga nima bo'lgan?!  

45+2. Zarba! Martinelliningo'ng oyoqda yo'llagan zarbasi Nik Poupga hech qanday qiyinchilik tug'dirmadi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi. 

45. Zarbaaa! Gimaraesning erlatib yo'llagan zarbasi darvozaga aniq bormadi.

44. O'yindagi kurashlar tobora keskin tus olmoqda. Jamoalar navbati bilan hujum uyushtirishmoqda. 

42. Entoni Gordon sherigining pasini to'xtata olmadi, aks holda o'ta xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi.

39. Hakamning qaroriga qarshilik qilgan SHon Longstaff va Fabian SHer ham jazolandi.

37. Noroziligini ochiqchasiga bildirgan Entoni Gordon ogohlantirildi. 

37. Kay Xaverc Den Bernga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

35. Zarba! Fabian SHerning zarbasi Bukayo Sakaga tegib qaytdi, "aut". 

31. Den Bern Sakaga nisbatan juda qo'pol harakat qildi, biroq ogohlanirilmadi ham. 

29. Uuuux! Bernning bosh bilan bergan pasi Raysga tegib, Uilsonga keldi – hujumchining yaqin masofadan bergan zarbasi esa noaniq ko'rinish oldi. 

26. Hujumchi Uilson "Arsenal" mudofaasini yorib kirish chog'ida Gabriel qarshiligiga duch keldi, himoyachi to'p raqibdan chiqib ketishini taminladi. 

23. Zarbaaa! Martinellining havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin Nketia bosh bilan xavfli, ammo noaniq zarba yo'lladi. 

20. "Arsenal"ning uzoq davom etgan hujumi Bukayo Sakaning ehtiyotsizligi oqibatida muvaffaqiyatsiz yakunlandi. U ortidan kelgan himoyachini payqamay qoldi va yakunda shunchaki burchak zarbasi ishlandi xolos. 

18. "Arsenal" bosim ostida qolmoqda. Ammo "kanonirlar" har doimgidek xotirjam, himoyachilar orqali darvozabonga qadar pas uzatishmoqda. 

14. Zarba! Tomiyasu olis masofadan darvozani nishonga olishga harakat qildi, to'p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. 

11. Hujumchi Nketia raqib himoyachisi SHon Longstaffga nisbatan qoidani buzdi.

7. Kiran Tripperning ichkariga havolatib oshirgan pasidan keyin David Rayya ishonch bilan to'pni urib yubordi.

5. "Arsenal" doimgidek qisqa paslar bilan o'ynamoqda.

2. Kiran Tripper to'pni ichkariga oshirdi. Yaxshi uzatma, biroq himoyachilar sergak turganliklarini isbotlashdi.

1. O'yin boshlandi! 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика