APL. Noqulay ob-havo sabab qoldirilgan “Man Siti” – “Vest Xem” bahsi qachon o'tkazilishi malum bo'ldi
11 fev 2020 21:20
Yangiliklar


APL. Noqulay ob-havo sabab qoldirilgan “Man Siti” – “Vest Xem” bahsi qachon o'tkazilishi malum bo'ldi
Premer-liganing 26-turi doirasida 9 fevral kuni o'tishi rejalashtirilgan “Manchester Siti” – "Vest Xem" bellashuvi tabiat injiqligi bois qoldirilgan edi.
Aniqrog'i, yog'gan kuchli yomg'ir "Etixad" o'yingohini suvga to'ldirgani bois musobaqa tashklilotchilari ushbu bellashuvni boshqa kunga ko'chirishga majbur bo'ldi.
Bugun malum bo'lishicha, qoldirilgan uchrashuv 19 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:30da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar