APL Nike bilan 25 yillik hamkorlikni tugatadi
15 iyu 2023 10:33
Yangiliklar
"The Athletic" xabariga ko'ra, Puma dunyoning eng boy ligasi uchun to'p va boshqa ekipirovkalar etkazib beruvchi sifatida Nike o'rnini egallaydi.
APL amerikaliklar bilan 2025 yilda tugaydigan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmadi. Tomonlar 2000 yildan beri hamkorlik qilib, ko'plab ramziy to'plarni yaratdilar. Nike hakamlarni kiyintirdi va turli ichki tadbirlarda ekipirovkalar bilan taminladi.
Puma Italiya A Seriyasi va Ispaniya La Ligasini o'z ichiga olgan kollekciyasiga yana kuchli bir gigangt ligani qo'shadi. Nemislar allaqachon Angliyaning quyi divizionlarini to'plar bilan taminlamoqda, 2025/26 yilgi mavsumdan esa ularning mahsulotlarini Premer-ligada ko'rish mumkin.
Fikrlar