APL. MYU – “SHeffild YU” va boshqa uchrashuvlar uchun prevyu
24 iyu 2020 21:35
Yangiliklar


APL. MYU – “SHeffild YU” va boshqa uchrashuvlar uchun prevyu
Bugun bir nechta uchrashuvlar o'tkaziladi. Bular - “Manchester Yunayted” – “SHeffild Yunayted”, “Vulverxempton” – “Bornmut”, “Nyukasl” – “Aston Villa”, “Norvich” – “Everton” va “Liverpul” – “Kristal Pelas”.
24.06 22:00 (Toshkent vaqti) “Manchester Yunayted” – “SHeffild Yunayted”
"Manchester Yunayted" restartni "Tottenxem"ga qarshi o'yindagi durang bilan boshladi - 1:1. MYU hozir "CHelsi"dan 5 ochko ortda borgan holda 5-hringa joylashgan.
"SHeffild Yunayted" o'tgan hafta "Aston Villa" bilan nursiz durang qayd etgan bo'lsa, yakshanba kuni "Nyukasl"ga yirik hisobda yutqazdi - 0:3. Jamoa 8-o'rinda boryapti va 7-o'rindagi "Tottenxem" bilan farq 1 ochkoni tashkil etadi, xolos.
Tarkiblar bo'yicha
Pol Pogbani hech bir mubolag'asiz asosiy tarkibga qaytdi, desak bo'laveradi.
Ole Gunnar Sulsher Pogba bilan o'yin quradigan bo'lsa, Fred yoki Maktomineydan voz kechishiga to'g'ri keladi, balki 4-3-1-2 sxemasiga o'tishi mumkin.
Deniel Jeyms 11 talik uchun kurashib ko'radi, lekin u katta ehtimol bilan zaxirada qoladi.
Sulsher 4-2-3-1 taktikasidan foydalanadigan bo'lsa, Meyson Grinvud asosiy tarkibda tushishi mumkin.
Murabbiylar shtabi himoya markazida Lindelyof-Maguayr juftligidan foydalanishlari kutilmoqda.
"SHeffild Yunayted" yarim himoyachisi Jon Flek jarohatidan qutuldi, bu jamoa uchun ajoyib xushxabardir.
Kris Uaylderda bir muammo chiqib qoldi, yani u bugun Jon Iganni maydonga tushira olmaydi (qizil kartochka tufayli).
Himoyachi Jek O’Konnell mavsum restartidan keyin hali maydonga tushgani yo'q, uning tiklanish jarayoni davom etmoqda va murabbiy uning xizmatlaridan foydalanishga umid bildiryapti.
MYUdan kelib, ijarada o'ynayotgan darvozabon Din Xenderson shartnoma shartlariga ko'ra, maydonga tushmasiligi mumkin. Uning o'rniga darvozani Saymon Mur qo'riqlaydi.
Yarim himoyachi Jon Landstryom ham o'z imkoniyatlarini intizorlik bilan kutayotganini aytib o'tish joiz.
O'zaro o'yinlardagi natijalar
Jami o'yinlar soni | Man YU g'alabasi | Eng yirik yutug'i | SHef YU g'alabasi | Eng yirik yutug'i | Durang |
94 ta | 44 (47%) | 5:0 | 34 (36%) | 6:1 | 16 (17%) |
O'yinga oid faktlar:
- "Manchester Yunayted"ning oxirgi 8 o'yinidan 7 tasida kamida 2 ta gol urilgan (Premer-liga).
- MYU so'nggi 3 uy bahsida darvozasini quruq saqladi (Premer-liga).
- MYU so'nggi 13 uy o'yinidan 12 tasida yutqazmagan (Premer-liga).
- "SHeffild Yunayted" 47 yildan buyon MYU maydonida g'alaba qozonish nimaligini bilmaydi (barcha musobaqalar).
Taxminiy tarkiblar
"Manchester Yunayted” (4-3-1-2): De Xea - Uan-Bissaka, Lindelyof, Maguayr, SHou - Maktominey, Fred, Pogba - Fernandesh - Marsyal, Reshford
"SHeffild Yunayted" (3-5-2): Mur - Beshem, O’Konnell, Robinson - Boldok, Landstryom, Norvud, Flek, Stivens - Makberni, Musse
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Tuanzebe ("Manchester Yunayted"), Yagelka ("SHeffild Yunayted")
So'roq ostida: Jons, Lindelyof ("Manchester Yunayted"), O’Konnell, Makgoldrik ("SHeffild Yunayted")
Manchester United Anthony Martial - 7', Anthony Martial - 44', Anthony Martial - 74' |
Premier League . 31-tur 24/06/2020, 23:00 0
:
3
Tugadi
|
Sheffield United |
Stadion: Old Trafford, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Anthony Taylor
24.06 22:00 (Toshkent vaqti) “Vulverxempton" – “Bornmut”
"Vulverxempton" o'tgan tur mehmonda "Vest Xem"ni engdi - 2:0. "Bo'rilar" 6-o'ringa joylashishgan va yanada yuqorilashlari mumkin.
"Bornmut" o'z maydonida "Kristal Peelas"ga engildi - 0:2. Jamoaning holati og'ir va 18-o'rinda boryapti.
Tarkiblar bo'yicha
Pedru Netu o'tgan o'yinda zaxiradan tushib gol urgan va u endi asosiy tarkib uchun bevosita davogarlik qiladi.
SHuningdek, o'tgan uchrashuvda Adama Traore ham zaxiradan o'yinga qo'shilib, golli uzatma qayd etgan va bugun katta ehtimol bilan asosiy tarkibda o'yinni boshlaydi.
"Bornmut"da yosh yarim himoyachi Devid Bruksning o'rni sezilmoqda.
Eddi Xau "bo'rilar"ni yutish uchun Kris Mefamni asosiy tarkibda qaytarishi va 3 ta markaziy himoyachi bilan o'ynashi mumkin.
O'zaro o'yinlardagi natijalar
Jami o'yinlar soni | “Vulverxeempton” g'alabasi | Eng yirik yutug'i | “Bornmut” g'alabasi | Eng yirik yutug'i | Durang |
11 ta | 4 (36%) | 3:1 | 4 (36%) | 2:1 | 3 (27%) |
O'yinga oid faktlar:
- "Bornmut" so'nggi 6 mehmon o'yinida mag'lub bo'lgan (Premer-liga).
- "Bo'rilar" oxirgi 6 o'yinidan 5 tasida darvozasini quruq saqlagan (Premer-liga).
- "Bornmut" so'nggi 5 o'yinda kamida 2 ta gol o'tkazib yuborgan (Premer-liga).
- "Vulverxempton" so'nggi 6 bahsda yutqazmagan (Premer-liga).
Taxminiy tarkiblar
"Vulverxempton" (3-4-3): Patrisiu - Boli, Koudi, Saiss - Doerti, Nevish, Moutinyu, Xoni - Traore, Ximenes, Jota
"Bornmut" (3-4-3): Ramzdeyl - Mefam, S. Kuk, Ake - Smit, Lerma, L. Kuk, Gruneveld - X. Uilson, K. Uilson, King
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Deniels, Freyzer ("Bornmut")
So'roq ostida: Billing, Bruks ("Bornmut")
Wolverhampton Wanderers Raul Jimenez - 60' Premier League . 31-tur 24/06/2020, 23:00
AFC Bournemouth Stadion: Molineux Stadium, 0 tomoshabin Bosh hakam: Michael Oliver
24.06 22:00 (Toshkent vaqti) “Nyukasl" – “Aston Villa”
"Nyukasl" "SHeffild Yunayted"ni yirik 3-0 hisobida mag'lub etgach, 13-o'ringa joylashdi.
"Aston Villa"da ahvol chatoq, jamoa 19-o'rinda turibdi, agar g'alaba qozonib, muhim ochkolarni to'plab bormasa, CHempionshipga tushib ketadi.
Tarkiblar bo'yicha
Stiv Bryus jamoasiga jismoniy tayyorgarlik va charqoch alomatlari xalaqit qilishi mumkin.
Jamoadan Pol Dammett, Kiran Klark va SHon Longstaffning bo'lajak o'yindagi ishtiroki so'roq ostida.
"CHelsi"ga qarshi o'yinda darvozani Eryan Nyulann qo'riqladi. Bu gal maydonga tushishi so'roq ostida, balki bu gal darvozani Reyna qo'riqlar.
Ijara shartlari bois “CHelsi”ga qarshi o'ynamagan Denni Drinkuoter yana maydonga tushmasligi mumkin, chunki unda jarohat borligi malum qilindi.
Xota va Trezege asosiy tarkibda El-Gazini almashtirishga umid qilishmoqda. SHuningdek, hujum chizig'ida Samatta boshlang'ich daqiqalardan boshlab harakatlanadi.
O'zaro o'yinlardagi natijalar
Jami o'yinlar soni | “Nyukasl” g'alabasi | Eng yirik yutug'i | “Aston Villa” g'alabasi | Eng yirik yutug'i | Durang |
164 ta | 71 (43%) | 6:0 | 56 (34%) | 7:0 | 37 (23%) |
O'yinga oid faktlar:
- "Nyukasl" oxirgi 4 uy o'yinida darvozasini quruq saqladi (Premer-liga).
- "Aston Villa" so'nggi 3 mehmon o'yinida yutqazgan (Premer-liga).
- "Aston Villa" safardagi oxirgi 11 o'yinidan 9 tasida kamida 2 ta gol o'tkazib yuborgan (Premer-liga).
- "Nyukasl" so'nggi 11 uy bahsida "Asto Villa"ga umuman mag'lub bo'lmagan (barcha musobaqalar).
- "Aston Villa" so'nggi 6 uchrashuvidan 5 tasida mag'lubiyatga uchragan (Premer-liga).
Taxminiy tarkiblar
"Nyukasl" (4-4-2): Dubravka - Mankilo, Lassells, Fernandes, Rouz - Ritchi, SHelvi, Xeyden, Sen-Maksimen - Joelinton, Almiron
"Aston Villa" (4-3-3): Reyna - Muhammadi, Xoz, Mings, Targett - Luis, Nakamba, Xurixan - Trezege, Samatta, Grilish
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Villems, Kolbek ("Nyukasl"), Xiton, Engels, Gilber, Vesli ("Aston Villa")
So'roq ostida: Klark, Dammett, SH. Longstaff, M. Longstaff ("Nyukasl"), Drinkuoter ("Aston Villa")
Newcastle United Dwight Gayle - 68' |
Premier League . 31-tur 24/06/2020, 23:00 1
:
1
Tugadi
|
Aston Villa Ahmed El Mohamady - 83' |
Stadion: St James' Park, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Chris Kavanagh
24.06 22:00 (Toshkent vaqti) “Norvich" – “Everton"
"Norvich" eng oxirgi o'rinda boryapti, jamoa o'tgan tur "Sautgempton"ga yirik 3-0 hisobida yutqazdi.
"Everton" esa "Liverpul" bilan o'yin o'tkazib, o'z darvozasini quruq saqladi - 0:0. Karlo Anchelotti bugungi bahsda g'alaba uchun jiddiy bel bog'laydi.
Tarkiblar bo'yicha
"Norvich" bugungi kunga kelib Xenli, Bayram va Cimmermansiz qolgan.
"Sautgempton"dan qabul qilib olingan qaqshatqich mag'lubiyat (0:3)dan keyin jamoa bosh murabbiyi Daniel Farke bir nechta o'zgarishlarga qo'l urishiga to'g'ri keladi.
Karlo Anchelottining "Everton" klubi "Liverpul" bilan durang o'ynadi, jamoaning hozirgi holati o'rta darajada.
Klubda bir nechta jarohatlanganlar mavjud. Tosun, Uolokott kabi yuqori safiyali futbolchilar shular jamlasidan.
O'zaro o'yinlardagi natijalar
Jami o'yinlar soni | “Norvich” g'alabasi | Eng yirik yutug'i | “Everton” g'alabasi | Eng yirik yutug'i | Durang |
60 ta | 18 (30%) | 5:1 | 23 (38%) | 5:0 | 19 (32%) |
O'yinga oid faktlar:
- "Norvich" so'nggi 6 o'yinidan 5 tasida gol ura olmagan (Premer-liga).
- "Norvich" "Everton"ga qarshi so'nggi 6 o'yinidan 5 tasida kamida 2 ta gol o'tkazib yuborgan (barcha musobaqalar).
- "Everton" oxirgi 3 safar uchrashuvida kamida 2 ta gol o'tkazib yuborgan (Premer-liga).
Taxminiy tarkiblar
"Norvich" (4-2-3-1): Krul - Eronz, Kloze, Godfri, Luis - Tetti, Makleyn - Buendia, SHtiperman, Kantuell - Pukki
"Everton” (4-4-2): Pikford - Koulman, Kin, Xolgeyt, Din - Ivobi, Gomesh, Devis, Bernard - Risharlison, Kalvert-Lyuin
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Xenli, Bayram, Cimmerman ("Norvich"), Gbamen, Uolkott, Tosun ("Everton")
So'roq ostida: SHtiperman ("Norvich"), Mina, Sidibe, Delf ("Everton")
Norwich City Premier League . 31-tur 24/06/2020, 23:00
Everton Michael Keane - 55' Stadion: Carrow Road, 0 tomoshabin Bosh hakam: Andrew Madley
Bir necha daqiqalardan so'ng, “Liverpul” – “Kristal Pelas” uchrashuvi prevyusi ham etiboringizga taqdim etiladi.
SHerzod Nurmatov tayyorladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar