APL. Marsyaldan 3 assist, Brunu va Maktominidan 2+1, yirik hisobda yutgan MYU 3-o'ringa ko'tarilib oldi
20 dek 2020 23:23
Yangiliklar


APL. Marsyaldan 3 assist, Brunu va Maktominidan 2+1, yirik hisobda yutgan MYU 3-o'ringa ko'tarilib oldi
"Manchester Yunayted" – "Lids" 6:2
Gol: Maktomini (2, 1:0), Maktomini (3, 2:0), Fernandesh (20, 3:0), Lindelof (37, 4:0), Kuper (42, 4:1), Jeyms (66, 5:1), Fernandesh (70, 6:1), Dallas (74, 6:2).
Manchester Yunayted – De Xea, Maguayr, Uan-Bissaka, SHou (Telles, 60), Lindelef, Jeyms, Fred, Brunu Fernandesh (van de Bek, 71), Maktomini, Marsyal, Reshford (Kavani, 71).
Lids – Mele, Eyling, Dallas, Kuper (Devis, 72), Klix (SHeklton, 46), Xarrison, Alioski, Fillips (Streyk, 46), Rafinya, Bemford, Rodrigo.
Ogohlantirish: Jeyms (52).
Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Yunayted" 3-o'ringa ko'tarilib oldi.
90+1. Kavanining zarbasi sekinroq ketdi. Mele to'pni ushlab olishda qiynalmadi.
90. AJOYIB VAZIYAT!!! Xarrison chiroyli vaziyatdan gol ura olmadi. Bugungi o'yin menga juda ham yoqmoqda. Quvnoq o'yin bo'lmoqda.
87. ZARBAAAAA!! Fred raqibidan to'pni olib qo'ydi va Mele bilan birga bir vaziyatdan unumli foydalana olmadi.
86. ZARBAAAAA!! Tellesning kuchli zarbasini Mele qaytardi!
84. DAXSHAT!! Bugungi o'yinda MYU 19, "Lids" 16 marta zarba berdi. Umumiy hisobda 35 zarbadan 8 gol! CHiroyli o'yin bo'lyapti azizlar.
80. ZARBAAAAA!!! Xarrison yaqin masofadan De Xea darvozasini nishonga oldi. Maguayr jamoani goldan qutqarib qoldi.
79. Maktominining zarbasi noaniq ketdi.
77. "Lids"ning ikki futbolchisi MYU jarima maydonchasi ichida yiqilib yotibdi. "Lids"ga qoyil, hisobning yirik bo'lishiga qaramay jamoa o'yinni tashlab qo'ymayapti.
74. GOOOOOOOLLLL!!! SUPERGOL!!! Dallasning golini tariflashga til ojiz!
73. MARSYAL!!! Nimalar qilyapsana?! U yana bir bor birga-bir vaziyatdan gol ura olmadi.
70. GOOOOOOOLLLL!! Fernandesh penaltidan unumli foydalandi!
68. PENALTI! Marsyalni raqibi yiqitdi! MYU asosiy qurolidan foydalanmoqda!
66. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Skottining pasidan keyin Jeyms to'pni shunday to'xtatdiki, "Lids"ning barcha himoyachilari ortda qolib ketdi. SHu orqali Den darvozabonning "ochko"sidan gol urib, hisobni uyatsiz ko'rinishga keltirib qo'ydi)
65. ZARBAAAAAAA!! Rafinyaning kuchli zarbasi darvoza to'sini yoniga qarab ketayotgandi. De Xea to'pni qaytardi!
61. Marsyalning zarbasini raqib posboni qaytardi.
60. "Lids" ochiq futbol namoyish qilmoqda. Umuman olganda ikki tomonda ham vaziyatlar juda ko'p.
57. UXXXXXX!! Fernandeshning zarbasi raqibiga tegib, burchakka chiqib ketdi.
52. IEEE!! Jeyms tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi va raqibi tomonidan yiqitildi. Aniqrog'i, Jeyms yiqilishni istadi. SHu sababdan unga sariq kartochka berildi.
50. ZARBAAAAAAAA!! Rafinya qanotdan uzatilgan to'pni to'xtatmasdan darvoza tomon tepdi. De Xeadan super seyv!
47. UXXXXXXX!!! Brununing pasidan keyin Marsyal yaqin masofadan darvozani ishg'ol qila olmadi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
- Demak, jamoalar maydonga qaytib chiqishmoqda.
Taym yakunlandi. Ikki tomon ham ochiq futbol namoyish qilmoqda. Ikkinchi bo'limda ham shunday bo'lishini istab qolamiz.
Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
45. ZARBAAAAA!! Takror va takror ko'radigan vaziyat bo'ldi o'ziyam. Markus bir raqibini 3-4 marta aldab, zarba berdi. Posbon o'z o'rnida.
44. ZARBAAAAAAA!! Reshfordning kuchli zarbasi raqibiga tegib, burchakka chiqib ketdi.
42. GOOOOOOOOOOLLL!!! Burchakdan oshirilgan to'pga Kuper boshi bilan zarba berib, hisobni biroz bo'lsa-da, qisqartirdi!
40. UXXXXXX!! Marsyal to'pni Maktominiga oshirdi. Skottining zarbasini posbon qaytardi. Bu erda Antoni offsaydda qolib ketgandi.
37. GOOOOOOOOOOLLLL!! SHouning burchakdan oshirgan to'piga Marsyal boshi bilan zarba berib, to'pni o'tkazib yubordi. Lindelof osonlik bilan gol urdi! Antonidan uchinchi assist!
34. DE XEAAAAAAAAA!!! Rafinyaning chiroyli zarbasidan keyin De Xea reakciya ko'rsatdi va to'pni qaytarib yubordi.
31. "Manchester Yunayted" burchak zarbasidan unum chiqara olmadi.
27. XAVFLI VAZIYAT!!! Dallas MYU jarima maydonchasi ichida paydo bo'ldi va to'pni markazdagi Bemfordga oshirdi. Van-Bissaka vaziyat qahramoni!
25. Bemford yana bir bor boshi bilan bergan zarbasi orqali gol urmoqchi bo'ldi. Zarba noaniq ketdi.
20. GOOOOOOOOOLLLLL!! Fernandeshning kuchli zarbasini Mele qaytara olmadi! Portugaliyalikdan gol+assist!
19. GOL! YO'Q! Bemford hisobni qisqartirgandi. Biroq offsayd qayd etildi.
18. Brunu tezkor qarshi hujumga o'tib ketayotgan Jeymsga to'pni oshirgandi. Lekin Dallas to'pni egallab oldi.
14. UXXXXXXX!! Marsyal Reshford tomon chiroyli to'p uzatgandi. Kuper vaziyatni bartaraf etdi.
10. ZARBAAAAAAAA!! Reshfordning zarbasini himoyachi o'ziga qabul qildi.
8. UXXXXXXXX!!! Maktomini to'pni to'xtatishda xatolikka yo'l qo'ydi. To'pni raqibi olib qo'ydi va Bemfordga uzatdi. Bemfordning zarbasi noaniq ketdi.
7. "Lids" yana hujumga o'tdi. Bemford boshi bilan zarba berishda qiynaldi. De Xea to'pni ushlab oldi.
5. UXXXXXX!! Hisob qisqarishi mumkin edi. SHou to'pni chiqarib yuborishda biroz sekin harakat qildi. To'p raqibiga tegib, maydonni tark etdi.
3. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! Endi Marsyalning pasidan keyin Maktomini dublini rasmiylashtirmoqda!
2. GOOOOOOOOOLLLLL!! MYU o'yinni tezkor hujumlar bilan boshladi!!! Bosim Skott Maktominining goli bilan yakunlandi!! Brunudan navbatdagi assist!
1. BOSHLANDI! Bahsga start berildi!
- Uchrashuvni boshlash uchun barcha narsa shay!
- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda!
- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Lids"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar