APL mavsumni yakunlanganini elon qilishga tayyorlanmoqda
08 apr 2020 12:37
Yangiliklar


APL mavsumni yakunlanganini elon qilishga tayyorlanmoqda
APL rahbariyati koronavirus pandemiyasi sababli mavsumni erta yakunlashni elon qilishga tayyorlanmoqda.
Bu haqda "Udineze" sport direktori Perpaolo Marino xabar bermoqda.
"Belgiya federaciyasi UEFA tomonidan bo'lishi mumkin bo'lgan sankciyalarga qaramasdan, mavsumni yakunlash borasidagi qarorini elon qildi. APL ham shunday bayonot bilan chiqadi, sababi u erdagi vaziyat juda jiddiylashib bormoqda.
To'g'risi, koronavirusdan keyin yana futboldan zavq olishimizga umid qilaman. Qancha vaqt olishining ahamiyati yo'q, asosiysi ushbu xavfli hududdan chiqishimiz kerak. Men kelasi mavsum uchun qayg'urmoqdaman, eskisi uchun emas", - deydi Marino.
Eslatib o'tamiz, "Udineze" va Angliyaning "Uotford" klubi Poccolar oilasiga tegishli.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar