So’nggi yangiliklar

14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  4 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  8 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  5 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  41 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  20 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  27 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  3 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  15 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  19 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  41 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3

APL. Mavsum yakunlari, kuchli oltilik jadvali, natijalar, faktlar Yangiliklar

APL. Mavsum yakunlari, kuchli oltilik jadvali, natijalar, faktlar

Kecha Angliya Premer-ligasining 2019/20 yilgi mavsumiga yakun yasab berildi.

Albatta, asosan bunday paytlarda mavsumoldi yig'inlar, turli xil o'rtoqlik turnirlari tashkil qilinardi. Lekin koronavirus barcha rejalarni buzib tashladi. SHunday bo'lsa ham APL tashkilotchilari turnirni bir amallab yakunlab olishdi. SHunga ham shukur.

30 yil deganda "Liverpul" chempion bo'lgani, MYUning uzoq muddat davom etgan mag'lubiyatsiz seriyasi, 102ta gol urgan "Manchester Siti", 8-o'rindagi "Arsenal" va... "Lester" esa alohida mavzu.

Brendan Rojers jamoasi o'z vaqtida 2-o'rinda borib, chempionlik uchun ham o'ynayotgandi. Lekin baribir "Manchester Siti" o'z so'zini aytib ketdi. Bora-bora "tulkilar" 5-o'ringa tushib ketishdi. Agarda turnir jadvaliga etibor beradigan bo'lsak, jamoa 21-turdan to 33-turga qadar 3-o'rinni saqlab kelayotgandi. Keyinchalik 34-36-turlarda 3-pog'ona "CHelsi"niki bo'lib turdi. Uzoq muddat davomida kuchli beshlikda bo'lib turgan MYU esa yaxshi ot keyin chopadi deganlaridek 3-o'rinni ilib ketdi.

SHu o'rinda savol tug'iladi: 3-o'ringa uzoq vaqt kuchli to'rtlikdan tashqarida bo'lgan jamoa loyiqmi yoki uzoq muddat 3-o'rinda bo'lib, so'nggi turlarda mag'lubiyatga uchrab, pastga sho'ng'igan jamoalarmi?

Kuchli oltilik jamoalarining o'zaro o'yinlari va jadvali

O'rin
Jamoa
1
2
3
4
5
6
1
"Liverpul"

3:1
2:0
5:3
2:1
2:1
2
"Manchester Siti"
4:0

1:2
2:1
3:1
2:2
3
"Manchester Yunayted"
1:1
2:0

4:0
1:0
2:1
4
"CHelsi"
1:2
2:1
0:2

1:1
2:1
5
"Lester"
0:4
0:1
0:2
2:2

2:1
6
"Tottenxem"
0:1
2:0
1:1
0:2
3:0


O'rin
Jamoa
Yutuq
Durang
Mag'lubiyat
Gollar farqi
Ochko
1
"Liverpul"
8
1
1
22 - 12
25
2
"Manchester Yunayted"
7
2
1
17 - 6
23
3
"Manchester Siti"
4
1
5
15 - 16
13
4
"CHelsi"
3
2
5
14 - 20
11
5
"Tottenxem"
2
2
6
12 - 16
8
6
"Lester"
1
2
7
7 - 20
5


"Liverpul"

Eng yaxshi natijasi: 99 ochko

Ushbu mavsumda jamoani hech qanaqasiga tanqid qilib bo'lmadi. G'alaba, g'alaba, g'alaba... "Liverpul" muxlislari ham bundan zerikib ketishdi. Jamoa 15-turga keliboq eng yaqin taqibchisini 10 ochkoga ortda qoldirayotgandi: 14 yutuq va 1 durang. Hatto top-6 jamoalar ham istalgan hisobda mag'lub etilayotgandi. Klopp shunday jamoa tuzgandiki, "Liverpul" har qanday holatdan chiqib keta olayotgandi. 

Mersisaydliklar o'z maydonida faqatgina "Bernli" bilan durang o'ynadi va qolgan 18 o'yinning barchasida g'alabaga erishdi. CHempionlikka rasman erishilganidan keyin esa Klopp futbolchilarga erkinlik berdi. Karantindan keyin barcha jamoalarning o'yinlarida pasayish kuzatilganini esa har 3-4 kunda bo'layotgan o'yinlar va og'ir yo'llar bilan bog'lay olamiz. Biroq hechqisi yo'q. Jamoa kelasi mavsumda chempionlikni himoya qilishi kerak.


"Manchester Siti"

Eng yaxshi natijasi: 102 gol

Pep yigitlari ushbu mavsumda 100tadan oshiq gol urishdi. Bu ajoyib natija. O'tgan mavsumda bu raqam 95ni tashkil qilgandi. Lekin Gvardiola bu mavsumda jamoasini raqobatga tayyorlay olmadi, transferlarga jiddiy qaramadi va mag'lub bo'layotgan paytda ham o'z falsafasidan voz kechmadi. Masalan derbilarda jamoaning o'yin uchun tanlagan B planini ko'rmadik, kerak bo'lmagan mayda paslar ko'payib ketdi. Qisqa qilib aytganda "Man Siti" muhim o'yinlarda raqiblariga mag'lub bo'laverdi. 

Natijada "Liverpul" oradagi farqni kattalashtirib tashladi. Oddiy ikki misol: o'z maydonidagi "Vulverxempton"dan uchralgan mag'lubiyat (0:2) va "Kristal Pelas" (2:2) bilan durang. Gvardiola shogirdlari dastlabki 15 turning 5tasida ochko yo'qotib bo'lgandi: 2 durang va 3 mag'lubiyat. Himoyada katta muammolar borligini ko'rdik, zaxira jarohatlangan futbolchilarning o'rnini bosa olmadi. Demak, Gvardiola transferlar oynasi vaqtida yangi futbolchilarning xaridiga jiddiy qarashi kerak.


"Manchester Yunayted"

Eng yaxshi natijasi: 14 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriya

Sulsher boshqaruvidagi MYU APLda so'nggi marta 23 yanvar kuni "Bernli"ga mag'lub bo'ldi, 0:2. SHundan keyin jamoa tarkibiga Brunu Fernandesh kelib qo'shildi va... Brunu APLda hali mag'lub bo'lmadi: 14 o'yin, 9 g'alaba va 5 durang. O'zi kelgan vaqtdan buyon u samaradorlik bo'yicha eng yaxshi natijani qayd etdi: 8 gol va 7 assist. SHuningdek, MYU ushbu mavsumda "Liverpul" (3)dan keyin eng kam mag'lub bo'lgan jamoa bo'ldi - 8. SHuningdek, "ayiq" Maguayr 38 turning barchasida maydonga tushdi va 25 yil oldingi rekordni takrorladi, u o'yinlarni o'tkazib yuborishi uchun na jarohat va na diskvalifikaciya ham halaqit qila olmadi. Van-Bissaka esa to'pnga tashlanish va qo'yish borasida ketma-ket ikki mavsum eng yaxshi natijani qayd etmoqda (129). 

Yana bir fakt: MYU ushbu mavsumda "Lester", "Manchester Siti", "CHelsi" kabi APL kuchli oltilikdagi jamoalarini uyda ham safarda ham mag'lub eta oldi. Demak, Sulsher aytgan yangicha falsafa va madaniyat futbolchilar ruhiga singib kirgan. Aytgancha, "Manchester Yunayted" ushbu mavsumda o'rtacha olganda eng yosh jamoaga aylandi va tarbiyalanuvchilari maydonda o'ynagan daqiqalariga ko'ra ham peshqadam bo'ldi. Umuman olganda "Liverpul"ning hozirgi darajasi va "Manchester Siti"ning gol uruvchi mashina ekanligini inobatga olsak, 3-o'rin MYU uchun ideal natija desak bo'ladi.


"CHelsi"

Eng yaxshi natijasi: Lempardning kelishi

Nima uchun Lempardning kelishi? MYUda Sulsher ishlamoqda. Unday insonlar jamoaning ichki tizimini yaxshi bilishadi, qisqa qilib aytganda shu klubning farzandlari. Lempard "CHelsi"ning afsonasi. Demak, u "CHelsi" uchun qayg'uradi, o'tirganda ham turganda ham klubini o'ylaydi. Sarri, Konte kabi murabbiylar keladi va ketadi. Lempardga rahbariyat yoshlar bilan o'ynashni vazifa qilib qo'ygan. Jamoa shunday yoshlar bilan ajoyib o'yin ko'rsatdi, agarda unga tajribaga tayanishni aytishganida qanday bo'lardi?! 

Kelasi mavsumda "CHelsi"ning chempionlik uchun kurashishiga ishonaman. Abraxam, Maunt kabi yoshlar "pishib-etilmoqda". Ushbu mavsumda nav-nihol novdalar kurtak yozdi, sentyabrdan boshlab esa meva solishni boshlaydi. Bu yo'lda Lempard kurashmoqda, jon-jahdi bilan. Unda murabbiylik qobiliyati etarlicha, demak, bugungi yosh "CHelsi" ertangi chempion "CHelsi"ning bo'lajak poydevori bo'lishi kerak.


"Lester"

Eng yaxshi natijasi: APLning ushbu mavsumidagi eng yirik hisob - 0:9

Jamoa tezlikni yaxshi olgandi: 7 o'yinda 4 g'alaba va 2 durang. 21 dekabr kuni "Liverpul"ga mag'lub bo'lganidan keyin "Lester"ni to'xtashish qiyin bo'ldi: 8 o'yinli g'alabali seriya, o'rtada "Sautgempton" maydonida 9:0 hisobida g'alaba qo'lga kiritildi. Vardi raqibini sochib tashlagandi o'shanda. Keyinchalik sho'ng'ish boshlandi. 2-o'rindagi jamoa asta-sekinlik bilan yuqori pog'onalarni egalariga bo'shatib berdi. Avvaliga "CHelsi" o'tkazib yuborildi, keyinchalik MYU. 

Natijalarga nazar tashlaydigan bo'lsak, "Lester" so'nggi 22 o'yinning faqatgina 6tasida g'alabaga erishgan. Kuchli oltilik jamoalari bilan o'yinlarda esa deyarli hech nima qila olmagandi. O'z vaqtida "Liverpul"ni yuqori darajada ushlab turgan Brendan Rojersning "Lester"dagi ishini o'rtacha baholasak bo'ladi. Biroq jamoada qariya futbolchilar ko'pligini inobatga olgan holda aytishimiz mumkinki, transferlar oynasi vaqtida yosh va g'ayratli futbolchilarga etibor berish kerak.


"Tottenxem" 

Eng yaxshi natijasi: 6-o'rinda qolgani

"SHporlar" og'ir mavsumni o'tkazdi. Jamoani top-6 safiga olib kirgan Maurisio Pochettino ketma-ket omadsizliklardan keyin istefoga chiqarildi. Holis muxlis sifatida ham "Tottenxem"ning 12 o'yinda atigi 3 marta g'alabaga erishganini ko'rish qiyin. Keyinchalik Mourino keldi. U ham barqaror jamoa tuza olmadi. Bunga "shporlar" ushbu mavsumda biror marta ketma-ket 4 o'yinda g'alabaga erisha olmaganini isbot sifatida keltirish mumkin. 

Lekin qayd etish kerak, "Tottenxem" so'nggi 10ta o'yinda faqatgina bir marta mag'lub bo'ldi: 5 g'alaba hamda 4 durang jamoaning 6-o'ringacha ko'tarilib olishiga turtki bo'ldi. Masalan, "Tottenxem" 29-turda ham 8-o'rinda edi. Aynan shu turdan boshlab jamoaning natijalari biroz o'nglandi, shuningdek, raqiblar ham ketma-ket ochko yo'qotdi. Mourino esa yozda transferlarga katta kuch bera olmasligini inobatga olsak, undan kelasi mavsumda ham injiq o'yinlarni kutsak bo'ladi.


"Arsenal"

Eng yaxshi natijasi: Unai Emerining ketgani

Garchi kuchli oltilikka kirmagan bo'lsa-da, "Arsenal"ni tashlab ketishning iloji yo'q. Klub tarixidagi ko'plab antirekordlar qayd etilgan mavsum "Arsenal" uchun anchagina og'riqlar berdi. 8-o'rin - bir vaqtlar yutqazmasdan chempion bo'lgan jamoaga yarashmaydi. SHuningdek, Unai Emeri APL darajasida emasligi ham ko'rinib qoldi. Uning "Arsenal"i ketma-ket 5 o'yinda g'alabaga erisha olmayotgandi. Aslida u ketayotganda ham jamoa 8-o'rinda edi. Lyunberg esa 5 turgina ishlab, "to'pchilar"ni 11-o'ringacha tushirib yubordi. 

Arteta 19-turga kelib "Arsenal" boshqaruvini qo'liga oldi va jamoani qutqarishni boshladi, jamoaga "Gvardiolacha uslub"ni singdirishga intildi. Natijalar ham yaxshilandi. Masalan, Mikel boshqaruvidagi "Arsenal" 20 o'yinda atigi 5 marta mag'lub bo'ldi. 9 o'yinda g'alaba va 6 durang, yomon emas-a. Aytgancha, u ham Sulsher va Lempard singari klubi deb, jamoasi deb yonib yashaydiganlardan.

BOSHQA MA'LUMOTLAR

O'rtacha eng yosh jamoalar

Faktlarga qaraydigan bo'lsak, ushbu mavsumdagi eng yosh jamoa nomini "Manchester Yunayted" qo'lga kiritdi. Yosh murabbiy va yosh futbolchilar...

"Manchester Yunayted" 24.0

"Arsenal" 24.2

"CHelsi" 24.3

"Sautgempton" 24.4

"Aston Villa" 24.5

"Bornmut" 24.6

Uyda va safarda

To'purarlar:

1. Jeymi Vardi - 23

2. Denni Ingz - 22

3. Per-Emerik Obameyang - 22

4. Rahim Sterling - 21

5. Muhammad Saloh - 19

Assistentlar

1. Kevin De Bryuyne - 20 (rekord)

2. Trent Aleksander-Arnold - 13

3. Endryu Robertson - 12

4. Muhammad Saloh - 10

5. Son Xen Min - 10

Aldab o'tishlar

1. Uilfrid Zaxa - 172

2. Adama Traore - 161

3. Emi Buendia - 111

4. Alan Sent-Maksimin - 106

5. Natan Redmond - 98

Zarbaga to'siq bo'lish (blok)

1. Aaron Uan-Bissaka - 101

2. Jeyms MakArtur - 98

3. Maks Aarons - 95

4. Filipp Bilding - 89

5. Jeyms Tarkovski - 85

Seyvlar:

1. Martin Dubravka - 134

2. Tim Krul - 123

3. Aaron Remsdeyl - 120

4. Metyu Rayan - 115

5. Nik Pop - 112

To'pni raqibining oyoqlari orasidan o'tkazish:

1. Markus Reshford - 13

2. Diogu Jota - 12

3. Dele Alli - 7

4. Serj Ore - 7

5. Nikolya Pepe - 7

Mirjalol Normatov tayyorladi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика