So’nggi yangiliklar

10:50“Ливерпуль” ва “Арсенал” 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  0 10:30Жанубий Кореяни уйига жўнатган Индонезия ОТЖ ким бошқараётганини биласизми? (Мутолаа учун)   1 10:13«Манчестер Юнайтед» ходимлардан пул тежашни яна бир йўлини топди  2 09:46«Фейеноорд» устози «Ливерпул»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  0 09:19Хави «Барселона»да қолиши маълум бўлганидан сўнг нималар деди?  5 08:54«Кальяри» Шомуродовни олиб қолмоқчи. «Рома» эса терма жамоамиз сардорига нарх белгилади  9 08:30Анчелотти «Олтин тўп»га ким лойиқлиги ҳақида фикр билдирди  21 08:04Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади ва 3-тур бошланади  3 07:38Футзал. Бугун Эронга қарши финал йўлланмаси учун баҳс олиб борамиз  5 07:15U-23 Осиё кубоги. Қатар - Япония 2:4  0 07:12Реванш олиш вақти келди. Бугун Ўзбекистон ОТЖ Саудия Арабистонига қарши майдонга тушади  34 07:10U-23 Осиё кубоги. Жанубий Корея - Индонезия 2:2 (пенальтилар 10:11)  3 07:05Серия А. "Удинезе" - "Рома" 1:2  0 07:00АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 0:4  0 04:48Интервью. Исломбек Исмоилов: "Мураббийнинг ҳаёти ўйиндан-ўйингача"  1

APL. Maguayr va Marsyal "Manchester Yunayted"ga "Stemford Brij"da g'alaba keltirdi Yangiliklar

APL. Maguayr va Marsyal "Manchester Yunayted"ga "Stemford Brij"da g'alaba keltirdi

APLning 26-turi doirasidagi "CHelsi" - "Manchester Yunayted" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

CHelsi – Manchester Yunayted 0:2

«Stemford Brij»

Gol: Marsyal (45), Maguayr (66).

CHelsi - Kabalero, Jeyms, Kristensen (Zuma, 46), Ryudiger, Aspilikueta, Kante (Maunt, 12), Jorjino, Kovachich, Villian, Batshuayi, Pedro.

Manchester Yunayted – De Xea, Van-Bissaka, Bayi, Maguayr, SHou, Uilyams, Fred, Matich, Fernandesh (Dalot, 90+1), Jeyms (Pereyra, 79), Marsyal (Igalo, 90).

Ogohlantirish: Villian (35), Ryudiger (48), Fred (59), Zuma (59), Pedro (64).

Chelsea

Premier League . 26-tur

18/02/2020, 00:00

2
:
0
Tugadi

Manchester United

Anthony Martial - 45', Harry Maguire - 66'

Stadion: Stamford Bridge, 40504 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
12'  N'Golo Kante (Mason Mount)
35'  Willian
46'  Andreas Christensen (Kurt Zouma)
48'  Antonio Ruediger
56'  Kurt Zouma
59'  Kurt Zouma
64'  Pedro Rodriguez
68'  Michy Batshuayi (Olivier Giroud)
77'  Olivier Giroud
45'  Anthony Martial
45'  Aaron Wan-Bissaka
59'  Fred
66'  Harry Maguire
66'  Bruno Fernandes
76'  Brandon Williams
79'  Aaron Wan-Bissaka
80'  Daniel James (Andreas Pereira)
90'  Anthony Martial (Odion Ighalo)
90'  Bruno Fernandes (Diogo Dalot)

YANGILASH

Bo'ldi, uchrashuv yakunlandi. MYU ketma-ket uchinchi marta "CHelsi"ni yutdi, "CHelsi" o'z maydonidagi so'nggi 5 o'yinning 4tasida g'alabaga erisha olmadi. "CHelsi" bugun MYU darvozasi tomon aniq zarba yo'llay olmadi. "Manchester Yunayted" 7-o'ringa ko'tarilib oldi va "CHelsi" bilan oradagi farqni 3 ochkogacha qisqartirdi.

90+2. UXXXX!!! Igalo uchinchi golni ham urishi mumkin edi.

90+1. Bora-bora "CHelsi"ning mag'lubiyati yaqinlashib kelmoqda. "Aristokratlar" revansh olisholmaydi.

Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA!!! Mauntning tepgan to'pi va unga otilgan De Xea darvozaning ustuniga borib urilishdi. De Xea maydonda yotibdi.

89. Bruno Fernandesh raqibiga qarshi fol ishlatdi. "CHelsi"da ajoyib nuqtadan jarima zarbasi!

88. UXXXX!!! ZARBALARR!!!!!! Avvaliga Maunt, keyinchalik Kovachichning zarbalarini Maguayr qaytardi.

87. "CHelsi" burchak zarbasiga ega bo'lmoqda.

85. "CHelsi" taslim bo'ldi chog'i. Jamoa hujumga o'tmayapti deyarli.

81. Mauntning zarbasini Maguayr qaytardi.

77. GOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! YANA YO'O'O'O'QQQQ!!! Jiruning bu goli ham offsayd sababli inobatga olinmadi. Hisoblanmagan gollar bo'yicha hisob - 2:0!

73. UXXXXX!!!! Batshuayi zarba beraman deguncha to'pni Bayi burchakka chiqarib yubordi.

Yodingizda bo'lsa, MYU o'tgan yilning oktyabr oyi oxirida "Stemford"da "CHelsi"ni 2:1 hisobida mag'lub etgandi.

72. "CHelsi"da xavfli vaziyat! Jarima zarbasi! Yo'q, vaziyat ko'kka sovurildi.

70. UXXXXX!!!! Jarimadan uzatilgan to'pga Maguayr boshi bilan to'pni Marsyalga uzatgandi. Zuma xavfni bartaraf etdi.

66. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Maguayyyyrrrrr!!!!!! Burchakdan uzatilgan to'pga boshi bilan zarba berib, hisobdagi farqni ikkitaga etkazdi!!!! MYU sardori MYU tarkibida APLdagi ilk golini urdi.

64. ZARBAAAAAAAAAAA!!! Fernandeshning jarimadan yo'llagan zarbasini Kabalbero qo'riqlayotgan darvozaning ustuni qaytardi!!!

61. EXXXXX!!!! Fernandeshning chiroyli pasiga Jeyms etib bora olmadi. Aspilikueta to'pni to'xtatib, hujumni bartaraf etdi.

59. Zuma to'pni olib qo'yish chog'ida Marsyalni yiqitdi. Aslida bu erda Zuma to'pga o'ynagandi. Hakam baribir unga sariq berdi. CHunki futbolchi tik oyog'i bilan raqibga tashlangandi.

56. GOOOOOOLLLLLLL!!! KURTTT ZUMAAAAAAA!!!! Futbolchining burchakdan uzatilgan zarbasini Zuma bir urinishda darvozaga yo'lladi! 1:1!!! Yo'q, gol hisobga olinmadi. VAR bu erda golni bekor qildi. Bu pallada Aspilikueta raqibiga qarshi fol ishlatgandi.

54. ZARBAAAAAAAAAAAA!!! Mauntning zarbasini darvoza ustuni qaytardi. Biroq bu pallagacha Batshuayi to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun xushtak chalingandi.

53. "CHelsi" hujumga o'tayotgandi. Maguayr bu pallada to'pni autga chiqarib yubordi.

50. Bruno Fernandeshning Marsyal tomon uzatgan pasi manzilga etib bormadi. Bu vaziyatda Sesar o'z joyini yopdi.

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

- Jamoalar "Stemford Brij"ga qaytishmoqda. Oldinda bizni yana 45 daqiqa kutmoqda.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+3. ZARBAAAAAAAAA!!!! Markazdagi xatodan keyin to'pni Batshuayi egallab oldi va Villianga oshirdi. Villian ham qulay vaziyatni kutib, to'pni Batshuayiga qaytardi. Mishining zarbasi noaniq ketdi. Mishi bugun MYUga o'ynayotgandek ko'rinmoqda)

1 bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. Birinchi bo'limda jarohatlar ko'payib ketdi.

45. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! MARSYAL!!!! Van-Bissakaning to'p uzatishidan keyin Antoni boshi bilan zarba bergan holda darvozani ishg'ol qildi, 0:1!!! "Gol na razdevalku"

44. Kristensenning burniga tegib ketishdi va natijada qon chiqdi. U maydonni tark etdi.

41. "CHelsi" 10dan oshiq paslar bilan MYU jarima maydonchasi ichiga kirib bordi. Aspilikueta to'pni darvoza yaqiniga uzatgandi. Bu pallada Fred to'pni qaytardi.

36. ZARBAAAAAAAAAA!!! Marsyall qulay nuqtadan noaniq zarba yo'lladi. Marsyal o'z saviyasida(

35. Bruno Fernandesh raqibi Villianni yiqitgandi. Bu pallada bosh hakam braziliyalik simulyaciya ishlatdi deb topdi va unga sariq berdi.

34. UXXXXX!!!!! Matichning xatosidan keyin Batshuayi De Xea bilan birga bir vaziyatga chiqishi mumkin edi. Van-Bissaka to'pga tashlanib, xavfni bartaraf etdi.

33. Afishasi kuchli bo'lgan, biroq zerikarli o'yinda juda ko'p standartlar ko'ryapmiz. Villianning burchakdan uzatgan to'pini Maguayr boshi bilan urib yubordi.

31. Uilyamsning xavfli to'p uzatishi Den Jeymsga qadar etib bormadi. Aks holda Jeyms "CHelsi" darvozasini ishg'ol qilishi mumkin edi.

28. Fredning burchakdan uzatgan to'pini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

26. NIMAAAAAA!!!! QANI GOLLL???? Mauntning to'p uzatishidan keyin Batshuayi o'ta qulay imkoniyatni golga aylantira olmadi. O'yinda golga tortadigan ilk vaziyat bo'lgandi.

24. XAVFLI VAZIYATTTT!!!! Villianning to'p uzatishidan keyin Batshuayi darvozaga zarba yo'llay olmadi.

22. Raqibning xavfli to'p uzatishini Maguayr burchakka chiqarib yubordi. Aks holda to'p Batshuayiga tushardi va vaziyat chigallashardi.

20. Pedroni Fred qattiq kutib oldi. Hakam bu erda yiqilgan Pedroga etibor bermadi.

18. Xavfli vaziyat!!! Pedro chap qanotdan MYU jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va to'pni markazga uzatdi. Bayi to'pni qaytardi.

15. UXXXXX!!!! Den Jeymsning qanotdan uzatgan to'piga hech kim zarba bera olmadi.

12. ZARBAAAAAAAAAAAA!!!! Fredning zarbasini Ryudiger qaytardi!!

11. Nahotki!!!! Kante jarohat olib maydonni tark etdi. Hozircha uning o'rniga hech kim tushmadi. Barkli tayyorlanmoqda.

9. ZARBAAAAAAAA!!! Villianning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi!!

8. "CHelsi"dan yana bir hujum. Batshuayi zarba berishiga Bayi yo'l qo'ymadi.

6. ZARBAAAAAAA!!!!!! Ris Jeymsning zarbasi De Xea qo'riqlayotgan darvozaning yonginasidan o'tib ketdi.

4. Bayi xato qildi. Ortidan yana xato qildi. Erik uchun juda yomon start.

2. Brendon Uilyamsning uzun pasi Jeymsga qadar o'tmadi. Aks holda uelslik futbolchi Kabalero bilan birga bir holatga chiqib borishi mumkin edi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!!!

- Ikki jamoa ham "Stemford Brij"ga tushib kelishmoqda. Bu haqiqiy shou!

- Jamoalar tribuna osti hududda bir-birlari bilan salomlashishmoqda. Maydonda esa ular jangchiga aylanishadi.

- Oz fursat qolmoqda do'stlar. Markaziy o'yin kutmoqda bizni!

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика