So’nggi yangiliklar

13:30Назорат учрашуви. "ФарДУ" Тошкентда "ОшМУ Алдаер"дан устун келди  1 12:58Неймар "Ал Ҳилол"да сотиб олган қиммат машиналарини Бразилияга олиб келолмайди  3 12:17"Тоттенхэм" медиа олами вакилларидан уларни "Тоттенхэм Хотспур" ёки "шпорлар" деб аташини сўради  3 10:57Баҳодир Қурбонов: "Биринчи қадамни футболни рақамлаштиришдан бошлаймиз"  8 10:50Футбол тарихидаги энг яхши ўнг қанот ҳимоячилар рейтинги тузилди (Топ-15)  23 10:21Расман: Баҳодир Қурбонов — Ўзбекистон футбол Ассоциацияси янги президенти  16 10:18«Нефтчи» мухлисларга қулайлик яратиш учун йиллик абонемент сотувини бошлади  8 09:50Гвардиола ҳимоячиларининг жароҳати ҳақида фикр билдирди  9 09:13Ислом Исмоилов: «Мақсадимиз ҳар бир футболчимизни Осиё кубогига оптимал ҳолатда тайёрлаш»  5 08:46Довбикнинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  8 08:18Саудия клублардан бири Винисиус Жуниор трансфери бўйича аниқ сумма таклиф қилди  15 07:55«Челси» А Серия футболчиси учун 80 миллион евро тўлашга тайёр  3 07:29АПЛ. 26-турнинг илк баҳсида йирик ҳисоб қайд этилди  1 01:30"Goal" ЕЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини тузди  15 00:45Салоҳ ўзини Холанд билан солиштирди  11

APL. "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Tottenxem"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Tottenxem"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi

APLning 12-turi doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Tottenxem" uchrashuvi yakunlandi.

APL. "Manchester Yunayted" - "Tottenxem" 2:0

Gollar: Fred 47', Brunu Fernandesh 69'

"Manchester Yunayted": 1. David de Xea, 20. Diogu Dalot, 19. Rafael Varan, 6. Lisandro Martines, 23. Lyuk SHou, 18. Kazemiro (14. Kristian Eriksen 87'), 17. Fred, 21. Entoni (39. Skott Maktominey 76'), 8. Brunu Fernandesh, 25. Djeydon Sancho (36. Entoni Elanga 87'), 10. Markus Reshford.

Zaxira: 22. Tom Xiton, 2. Viktor Lindelef, 12. Tayrell Malasia, 28. Fakundo Pelistri, 49. Alexandro Garnacho, 7. Krishtianu Ronaldu.

"Tottenxem": 1. Ugo Loris, 17. Kristian Romero, 15. Erik Dayer (19. Rayan Secsenon 82'), 33. Ben Devis, 2. Mett Doerti (27. Lukas Moura 82'), 14. Ivan Perishich (24. Djed Spens 89'), 30. Rodrigo Bentankur (4. Oliver Skipp 89'), 38. Iv Bissuma (6. Davinson Sanches 82'), 5. Per-Emil Xeyberg, 7. Son Xyon Min, 10. Xarri Keyn.

Zaxira: 20. Freyzer Forster, 25. Djafet Tanganga, 34. Kleman Langle, 11. Brian Xil.

Ogohlantirishlar: Kazemiro 52'

Manchester United

Fred - 47', Bruno Fernandes - 69'

Premier League . 12-tur

20/10/2022, 01:15

0
:
2
Tugadi

Tottenham Hotspur

Stadion: Old Trafford, 73677 tomoshabin

Bosh hakam: Simon Hooper

45'
90'
47'  Fred
47'  Jadon Sancho
52'  Casemiro
69'  Bruno Fernandes
76'  Antony (Scott McTominay)
87'  Jadon Sancho (Anthony Elanga)
87'  Casemiro (Christian Eriksen)
82'  Yves Bissouma (Davinson Sanchez)
82'  Eric Dier (Ryan Sessegnon)
82'  Matt Doherty (Lucas Moura)
89'  Rodrigo Bentancur (Oliver Skipp)
89'  Ivan Perisic (Djed Spence)


90+4. O'yin yakunlandi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

81. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Brunu Fernandesh darvozabon bilan birga-bir vaziyatda qoldi va uni aldab o'tib, gol urdi, biroq ushbu holatda portugal o'yindan tashqari holatda qolib ketgan edi. 

74. Zarba! Reshford jarima maydonchasiga yorib kirib darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi, Ugo Loris super seyv ko'rsatib jamoasini goldan saqlab qoldi. 

73. Brunu tinmayapti. Uning darvozaga tepgan navbatdagi to'pini Loris ushlab oldi. 

MYU katta tezlikda qarshi hujumga o'tib ketdi, to'p Brunuga kelib tushdi, portugaliyalik futbolchining darvoza tomon yo'llagan aylanma zarbasi darvoza to'ridan joy oldi.

69. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Brunu Fernandeshdan super gol!

55. Entoni o'ziga uzatib berilgan to'pni to'g'rilab olib darvozaga yo'lladi, ammo noaniq.

50. Keyn to'pni o'ziga to'g'rilab olib darvozaga tepdi, to'p rekoshet bo'lib, maydonni tark etdi.

49. MYU hujumlarni to'xtatmayapti. Reshford jarima maydonchasiga kirib borib darvozaga to'pni tepdi, Lorisdan super seyv!

O'ng qanotdan Dalot hujumni boshladi, to'pni Sanchoga uzatdi, Jeydon esa markazroqdagi Fredga to'pni berdi, uning zarbasi rekoshetga uchrab, darvozaga kirdi. 

47. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Fred uchrashuvda hisobni ochdi!

46. O'yinning ikkinchi bo'limi boshlandi.

45+3. O'yinning dastlabki 45 daqiqaligi yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Xarri Keynning darvozaga yo'llagan xavfli zarbasini de Xea ushlab oldi.

38. Manchesterliklar bugun darvoza tomon uzoqdan juda ko'p zarba berishyapti. Navbatdagi - Fredning bergan zarbasi ham noaniq bo'ldi.

33. Son Xyon Minning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

29. Kazemirodan xavfli zarba! CHamasi 25 metrlardan yo'llangan zarba biroz noaniq ketdi. 

26. Brunudan yana bir zarba, biroq noaniq.

24. SHou, Loris!!! Dalot o'ng qanotdan yurish qilib to'pni havolatib jarima maydonchasi tomon uzatdi, SHou darvoza tomon zarba berdi, Ugo Loris yana bir seyv namoyish etib, jamoasi joniga oro kirdi.

23. Zarba! Brunu Fernandeshning jarima zarbasidan darvoza tomon tepgan to'pini Loris katta qiyinchilik bilan qaytarib yubordi. 

19. Doerti bir himoyachini aldab jarima maydonchasiga kirib bordi va darvoza tomon zarba berdi, ammo biroz noaniq.

10. Zarba! Entonining uzoqdan yo'llagan aylanma zarbasi darvoza to'siniga tegib maydonni tark etdi. 

7. Fredning uzoq masofadan tepgan to'pini Loris qaytardi.

6. Entoni darvozabon oldinga chiqib ketganini ko'rib zarba berdi, to'p avval Dayerga tegib yo'nalishini o'zgartirdi, uni esa Loris qiyinchilik bilan qaytarib yubordi. 

5. Brian Xilning raqib darvozasi tomon yo'llagan zarbasi kuchli, ammo noaniq bo'ldi.

4. Maydon egalari o'yinni faollik bilan boshladi. Manchesterliklarning qator hujumlari muvaffaqiyatsiz yakunlandi, hujumlar oxirida Dalot yakuniy zarbani berdi, to'p esa maydonni tark etdi.

1. Uchrashuvga start berildi. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:15 da boshlanadi. 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика