So’nggi yangiliklar

12:39Капелло Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинлангани ҳақида фикр билдирди  6 12:18"Манчестер Юнайтед" яна бир дарвозабон олиб келмоқчи  0 11:51U-20 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон иштирок этмаётган Чилидаги кичик мундиал қандай ўтмоқда?  0 11:30"Янги аср феномени": Жейми Каррагер Ҳоландни АПЛнинг энг яхши тўпурари деб атади  1 10:49ФИФА кунлари бошланди. Миллий жамоа Кувайт ва Уругвайга қарши. Қолган ёш тоифасидаги терма жамоаларимиз кимлар билан ўйнайди?  4 10:48Жеррард мураббийлик фаолиятини давом эттиришга яқин  2 10:24ОФК ЎФАни катта миқдорда жаримага тортди  28 10:23"Бавария" Англия терма жамоаси футболчиси билан музокараларни бошлади  1 09:56Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси Каннаваронинг тайинланиши ҳақида: "Ассоцация қандай мезонларга таянганини билмайман"  23 09:20Туркиялик футболчининг трансфер нархи 80 миллион евро этиб белгиланди  1 08:59ФИФА президенти яна бир бор Ўзбекистон ҳақида фикр билдирди  3 08:15"Челси" январда 50 миллион фунтлик трансферни амалга оширмоқчи  0 07:45Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси Каннаварони терма жамоаси устози бўлгани ҳақида фикр билдирди  7 01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  6

APL. "Manchester Yunayted" – "Tottenxem" 1:6. Izoxsiz Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" – "Tottenxem" 1:6. Izoxsiz

Angliya chempionati 4-turidan o'rin olgan “Old Trafford”dagi bellashuv 20:30 da start oladi.

Manchester Yunayted – Tottenxem 1:6

20.30, «Old Trafford»

Gollar: Fernandesh (2-pen), Ndombele (4), Son (7), Keyn (31), Son (37), Ore (51), Keyn (79).

Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, SHou, Maguayr, Uan-Bissaka, Matich (MakTomini, 46), Brunu Fernandesh (Fred, 46), Pogba, Marsyal, Reshford, Grinvud (van de Bek, 68).

Tottenxem – Loris, Regilon, Sanches, Ore, Dayer, Xeyberg, Sissoko, Lamela (Moura, 46), Ndombele (Alli, 69), Son Xyon Min (Devis, 73), Keyn.

Ogohlantirish: Bayi (64), SHou (84).

CHetlatish: Marsyal (29).

YANGILASH

O'yin yakunlandi. No Comment

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

84. SHou Mourani "nagliy chopgani" uchun sariq kartochka oldi.

81. Aytgancha, ertaga Angliyada transferlar oynasi yopiladi. SHundan keyin yangilarni ro'yxatdan o'tkazib bo'lmaydi. MYU ulgursa ulgurdi. Bo'lmasa bu himoyachilar bilan hali 35 tur o'tkazishi kerak.

79. GOOOOOOOOOLLLLL!!! Keyn penaltidan unumli foydalandi!!!

78. PENALTIIII!!!! Pogba Regilonni yiqitdi!!!

75. Regilonning zarbasini Bayi qaytardi.

72. Keyn MYUni ayadi. Uning zarbasini De Xea qaytardi.

70. MYUning o'yinini birgina transfer o'zgartirishi mumkinmi yoki murabbiyni almashtirish kerakmi?

66. Mour yana tribunaosti yo'lakka kirib ketdi. O'rganib qoldik. U ham zerikkan bo'lsa kerak.

62. MYU kam gol urgani uchun "Tottenxem"ga rahmat aytishi kerak.

57. Ndombelening zarbasi noaniq ketdi.

54. SHouning jarimadan uzatgan to'piga Pogba boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.

52. Mourino  ko'rsatildi, juda jaxldor, nimadandir norozi. Menimcha u shu natija orqali MYUdan alamini olmoqchi.

51. GOOOOOOLLLLL!!! Orening zarbasini De Xea qaytara olmadi. MYU parchalanib ketdi. Beshga bir.

49. Pogba hujumga o'tdi va Oreni fol ishlatib yiqitdi. To'p "Tottenxem" futbolchilariga olib berildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- MYUda o'zgarish. Brunu o'rniga Fred maydonga tushdi.

- Jamoalar ikkinchi bo'limni boshlash uchun maydonga qaytmoqda. 1:4!

Birinchi bo'lim Tu-ga-di.

45+2. Keynning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

3 daqiqa qo'shib berildi.

45. Endi Mour bemalol o'tirib, o'yinni tomosha qilmoqda. Albatta, masala hal bo'lgan, ekonom rejim yaxshi ketmoqda.

43. "Tottenxem" kulib tashlayapti. Istaganicha o'ynayapti va endi raqibini ayamoqda. Sezayotgan bo'lsangiz, jamoa hujumlarni kamaytirib tashlab, to'pni oldinga tepib yubormoqda.

41. Ko'rinib turibdi, MYU futbolchilarining kayfiyati tushib ketgan, ular umuman o'ynashmayapti.

38. MYU etib keldi. MYU jamoa emas. MYU endi top-jamoa emas. Salom, Ed Vudvord! Tabloga qarang, natija qanday ekan?! Maguayr, De Xea, Bayi hech qanday vazifani bajarmayapti.

37. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! SONNNNNNNN!!!! Tamom!

35. Grinvud oldinga tezkor qadamlar orqali ketayotgandi. Uning Marsyalga uzatgan pasini avvaliga Sanches keyinchalik Ore qaytarib yubordi.

31. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Himoyachilarning qo'pol xatosidan keyin Son to'pni olib qo'ydi va Keynga oshirdi. Xarri esa vaziyatdan unumli foydalandi!

30. Lamelaning zarbasi noaniq ketdi.

29. QIZILLLL!!! Lamelaga qarshi fol ishlatgani uchun Marsyal chetlatildi! Lekin bu erda qizilga tortmasdi vaziyat.

28. BAYIIIIII!!! U Ndombelening kuchli zarbasini o'ziga olib, jamoani goldan qutqardi!

26. ZARBAAAAAAAAAA!! Orening kuchli va xavfli zarbasini De Xea qaytardi!!! Uxxxxx!!! Hisob 1:3ga o'zgarishi mumkin edi.

23. ZARBAAAAAAAAA!! Grinvudning o'ng oyoqda yo'llagan kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

20. ZARBAAAAAAAA!! Reshfordning zarbasini Lori darvozasi ustuni qaytardi!

18. MYUda standart. Kuzatamiz. Yaxshi nuqta.

15. Pogba hamda Brunu yaxshi o'ynamoqda. Biroq hujumlar o'xshamayapti.

13. Yo'q. Vaziyatni himoyachilar bartaraf etishdi.

12. "Tottenxem"da juda xavfli standart! Gol bo'lishi ham mumkin.

10. MYU hujumga o'tayotgandi, Marsyal yiqitilsa ham bosh hakam indamadi. 

7. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!!! Keynning pasidan keyin Son Xen Min raqib posboni bilan birga bir vaziyatdan unumli foydalandi!!

6. ZARBAAAAA!! Grinvudning zarbasini Loris ushlab oldi.

4. GGOOOOOOOOLLLLL!!! Maguayr va SHouning qo'pol xatolaridan keyin Ndombele hisobni tenglashtirdi!!!

2. GOOOOOOOOOOLLLL!!! Fernandesh penaltidan unumli foydalandi!!

1. PENALTIIIII!!! Marsyal yiqitildiiiii!! Sanches aybdor!

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari. "Orzular teatri" bizni kutmoqda. Bugun ushbu stadionda "Manchester Yunayted" hamda "Tottenxem" jamoalari bahs olib borishadi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика