So’nggi yangiliklar

23:12Асрор Алиқулов: "Иккинчи голни уриб олганимиздан кейин футболчилардаги босим йўқолди"  0 22:54Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги мағлубият учун барчадан узр сўрайман"  8 22:50Ўзбекистон U-17 терма жамоаси иккинчи ўйинда ҳам Чилини мағлуб қилди  15 22:05Суперлига. "Машъал" Қўқонда жавобсиз тўртта гол урди  13 21:53Суперлига. "Бухоро" ва "Андижон" Самарқандда муроса кўчасини танлади  18 21:17Мбемо "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасида танлов қилди  0 20:5639 ёшли Милнер шартномани узайтирди  1 20:39"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед" эгасини судга берди  0 19:46Рэшфорд агентларига "Барселона"га қўшилишни истагаётганини айтди  4 19:21Ўзбек телеканаллари Абдуқодир Ҳусанов иштирок этадиган Клублар ўртасидаги ЖЧ намойиш ҳуқуқини қўлга киритди  14 18:44Рабьо "Милан"га ўтмоқчи эмас  0 18:17Расман: "Реал" ҳужумкор ярим ҳимоячи трансферини эълон қилди  33 17:49"Пахтакор" стадионининг айни пайтдаги ҳолати  16 17:20Шота Арвеладзе: "Тарихда илк бор Жаҳон чемпионатига чиққан Ўзбекистон терма жамоасини табриклайман!"  9 16:55ОФК Осиё саралаш босқичи плей-оффининг мезбонларини маълум қилди  28

APL. "Manchester Yunayted" va "Liverpul" "Old Trafford"da ham durang o'ynadi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" va "Liverpul" "Old Trafford"da ham durang o'ynadi

"Manchester Yunayted" hamda "Liverpul" o'rtasida o'tkaziladigan APLning 32-tur bahsi matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Manchester Yunayted – Liverpul 2:2

Gollar: Dias (23, 0:1), Fernandesh (50, 1:1), Maynu (67, 2:1), Saloh (84-p, 2:2).

Manchester Yunayted – Onana, Uan-Bissaka, Maguayr, Kambvala, Diogu Dalot, Kazemiro, Brunu Fernandesh, Maynu (Maunt, 85), Garnacho (Amrabat, 80), Reshford (Antoni, 66), Xeylund.

Liverpul – Kellexer, Bredli (Gomes, 66), van Deyk, Kuansa, Robertson, Endo (Elliot, 69), Soboslai (Jons, 66), Mak Allister, Salax, Dias, Nunes (Gakpo, 69).

Ogohlantirish: Bredli (7), Maunt (90+3).

Manchester United

Bruno Fernandes - 50', Kobbie Mainoo - 67'

Premier League . 32-tur

07/04/2024, 20:30

2
:
2
Tugadi

Liverpool

Luis Diaz - 23', Mohamed Salah - 84'

Stadion: Old Trafford, 73522 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
50'  Bruno Fernandes
66'  Marcus Rashford (Antony)
67'  Kobbie Mainoo
67'  Aaron Wan-Bissaka
74'  Willy Kambwala
79'  Alejandro Garnacho (Sofyan Amrabat)
80'  Andre Onana
84'  Kobbie Mainoo (Mason Mount)
90'  Mason Mount
90'  Antony
90'  Casemiro
7'  Conor Bradley
23'  Luis Diaz
23'  Darwin Nunez
66'  Conor Bradley (Joseph Gomez)
66'  Dominik Szoboszlai (Curtis Jones)
68'  Darwin Nunez (Cody Gakpo)
69'  Wataru Endo (Harvey Elliott)
84'  Mohamed Salah
89'  Curtis Jones

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!!! Durang! Qaysi tomon ochko yo'qotdi, kim ochko ishlab oldi, hulosani o'zingiz qilavering.

90+8. ZARBAAAAAAA!! Elliotning zarbasini Onana ushlab oldi.

90+7. ZARBAAAAAAAA!!! ANTONNIIIIIII!! Kellexer to'pni ushlab oldi!

90+4. ZARBAAAAAAAAA!! Luis Dias yaqin mosfadan osmon to'pni tepdi.

90+3. Maunt ogohlantirildi.

7 daqiqa qo'shib berildi.

89. UXXXXXXX!! Saloh Onana bilan birga bir chiqib borishi kerak edi. Brunu misrlikning oyog'idan to'pni echib oldi.

85. Maynu o'rniga Maunt tushdi.

84. GOOOOOOLLLLLL!!! SALOH!!!! Hisob yana tenglashdi!

82. PENALTI! Van Bissaka jarima maydonida raqibini yiqitdi!

80. Garnacho o'z o'rnini Amrabatga bo'shatib berdi.

79. ZARBAAAAAAA!!! Elliotning kuchli zarbasini Onana qaytardi, qaytgan to'pni Saloh darvozaga aniq yo'llay olmadi!

77. UXXXXX!! Jo Gomesning zarbasi Maguayrga tegib, katta bo'lmagan rikoshet hosil qilib, Onana tomon bordi. Sal qolganda avtogol bo'larmidi...

74. ZARBAAAAAAAAA!!! Garnacho qulay imkoniyatdan sodda zarba yo'lladi. Ana endi "Yunayted" aniq zarbalar soni bo'yicha "Liverpul"dan o'tib ketdi.

72. Garnachoning zarbasi Jo Gomesga tegib, burchakka chiqib ketdi.

70-daqiqaga kelib, adolatli statistikaga yuzlanamiz: aniq zarbalar 3-4 va ikkinchi bo'limda "Liverpul"ning aniq zarbalari soni - 0.

67. GOOOOOOOOOOOLLLLLLLL!!! MAYNUUUUUUUU!!! SUPERGOOOOOLLLLLLL!!!

66. "Yunayted"da bir, "Liverpul"da ikki o'zgarish bo'ldi.

65. MYUda yana jarohat. Ushbu mavsumdagi 70-jarohat shekilli. Reshford maydonni tark etadi, o'rniga Antoni maydonga tushadi.

64. UXXXXXXXX!! Brunu dublga yaqin kelgandi. Lekin u zarba bera olmadi.

59. UXXXXXXX!! Brununing uzatmasidan keyin Xoylund to'pga zarba bera olmadi.

58. "Liverpul" birinchi taymdagi holatiga qaytdi. Yana zarbalar, MYUdan bloklar.

54. UXXXXXXXX!!! MYU hisobda oldinga chiqib olishi mumkin edi! Reshfordning uzatmasiga Kazemiro zarba bera olmadi!

53. ZARBAAAAAAA!!! Garnachoning kuchli zarbasi van Deykka tegib, maydonni tark etdi!

50. GOOOOOOOOOLLLLL!!! Fernandesh hisobni tenglashtirmoqda!!! Dahshatli hatodan unumli foydalandi portugaliyalik futbolchi!

48. ZARBAAAAAAAA!! Maguayr jamoasini goldan qutqardi!

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

Tanaffus!

45. ZARBAAAAAA!! Nunesdan yana bir zarba, Onanadan yana bir seyv va yana bir offsayd.

Qiziq, taym tugaguncha "Yunayted" biror zarba bera olarmikin...

42. Dalot "Yunayted"ni ikkinchi goldan saqlab qoldi. Portugaliyalik futbolchi Luis Diasning zarbasiga to'g'anoq bo'la oldi.

36. YANA ZARBAAAAAA!! "Liverpul" shuncha vaziyatdan bittagina gol urganiga hayronman. Salohning kuchli zarbasi darvoza tepasidan o'tib ketdi.

35. ZARBAAAAAAAA!! Darvinning kuchli zarbasi darvozaning tepasidan o'tib ketdi.

34. Saloh yana bir marta darvoza tomon zarba berdi. Onana unchalik kuchli bo'lmagan zarbani burchakka chiqarib yubordi.

34. ZARBAAAAAAA!! Salohning kuchli zarbasini Onana burchakka chiqarib yubordi.

29. Kambvala qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Natijada Darvin MYU posboni bilan birga bir chiqib ketayotgandi. "Podkat" orqali Kambvalaning o'zi vaziyatni to'g'riladi.

27. UXXXXX!!! Xoylund bo'sh qolgan darvozaga yo'l topa olmadi. Rasmus Kazemironing pasiga etib bora olmadi ham.

Dastlabki 25 daqiqalikda "Yunayted" birorta zarba bera olmadi. "Liverpul"da esa bu ko'rsatkich 9ga teng.

23. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! Dias hisobni ochdi! Burchakdan uzatilgan to'pni Nunes boshi bilan Diasga to'g'riladi. Luis bir urinishda darvozani ishg'ol qildi!

21. Robertsonning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

18. UXXXXX!! Robertsonning qanotdan uzatgan pasini Soboslai darvozaga yo'llab ko'rdi. To'p darvozaning yonidan o'tib ketdi.

13. "Liverpul" futbolchilari Onana bilan birga bir chiqib ketishi mumkin edi. Lekin bunga Dalot yo'l qo'ymadi.

12. "Liverpul" to'p bilan bo'lib, raqib yarim maydoniga kirib olgan.

7. Reshfordga qarshi qo'pol o'ynagan Bredli ogohlantirildi.

5. MYU uzoq vaqt mobaynida bosim uyushtirdi. Biroq zarbagacha ish etib bormadi.

3. O-NA-NAAAAAAAA!!! "Liverpul" xavfli hujumlarni boshlab yubordi. Darvinning zarbasini kamerunlik posbon bir qo'li bilan qaytardi.

2. GOL! YO'Q! Garnacho offsayddan gol urdi. 

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Old Trafford"ga qaratamiz. Bugun ushbu stadionda Angliya futboli tarixidagi eng qadimiy, eng principial derbi - SHimoliy Angliya derbisi bo'lib o'tadi. Unda "Manchester Yunayted" va "Liverpul" jamoalari bahs olib boradi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика