So’nggi yangiliklar

00:13Расман: Лени Йоро — "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  0 23:52"Интер Майами" Месси иштирокида учинчи либосини намойиш этди  0 23:35Расман: Гринвуд — "Марсель" футболчиси!  0 23:13Норчаев дубль қайд этган баҳсда Ўзбекистон ОТЖ Янги Зеландияни мағлубиятга учратди  9 22:51"Реал Мадрид" "Ал Насср" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  6 22:38"Манчестер Сити" "Жирона" футболчисини таркибга қўшиб олди  4 22:14Расман: Микаутадзе — "Лион" футболчиси!  2 21:57Мбаппе "Реал"даги рақамини ўзгартирмоқчи  9 21:30Эшитдик-да! "Бунёдкор" хорватиялик футболчини ўз сафига қўшиб олди  6 21:03"Барселона"нинг 20 ёшли дарвозабони ҳаммомда вафот этди  10 20:46ОКМК Беларусь клуби билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  7 20:29Ҳамдаллаҳ Саудиянинг бошқа клубига ўтиш арафасида турибди  3 20:12Назорат учрашуви. "Олимпик" "Металлург"ни мағлубиятга учратди  4 19:26"Бавария" ПСЖ футболчисини 90 млн. еврога сотиб олмоқчи, аммо бир йилдан сўнг  5 19:15"Локомотив" "Навбаҳор" футболчилари билан шартнома имзолади  5

Angliya Kubogi. "Old Trafford"dagi dahshatli jangda "Manchester Yunayted" kambek qayd etib, "Liverpul"ni turnirdan chiqarib yubordi! Yangiliklar

Angliya Kubogi. "Old Trafford"dagi dahshatli jangda "Manchester Yunayted" kambek qayd etib, "Liverpul"ni turnirdan chiqarib yubordi!

Angliya kubogi chorak final doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Liverpul" o'yini bo'lib o'tdi.

"Manchester Yunayted" — "Liverpul" 4:3

Gollar: Maktomini (10), Mak Allister (44), Saloh (45+3), Antoni (87), Elliot (105), Reshford (113), Diallo (120+1).

Manchester Yunayted – Onana, Diogu Dalot, Varan (Diallo, 85), Lindelef, Uan-Bissaka (Maguayr, 71), Brunu Fernandesh, Maktominey, Maynu (Eriksen, 80), Garnacho, Reshford, Xeylund (Antoni, 71).

Liverpul – Kellexer, Gomes, van Deyk, Kuansa, Robertson (Bredli, 76), Endo, Soboslai (Elliott, 72), Mak Allister, Saloh (Gakpo, 77), Dias, Nunes.

Ogohlantirish: Mak Allister (31), Fernandesh (45+3), Gomes (61), Diallo (117).

CHetlatish: Amad Diallo (120+2).

Manchester United

Scott McTominay - 10', Antony - 87', Marcus Rashford - 112', Amad Diallo - 120'

FA Cup . Quarter Finals-tur

17/03/2024, 19:30

3
:
4
Finished AET

Liverpool

Alexis Mac Allister - 44', Mohamed Salah - 45', Harvey Elliott - 105'

Stadion: Old Trafford, 72291 tomoshabin

45'
90'
120'
10'  Scott McTominay
45'  Bruno Fernandes
71'  Rasmus Hoejlund (Antony)
71'  Aaron Wan-Bissaka (Harry Maguire)
80'  Kobbie Mainoo (Christian Eriksen)
85'  Raphael Varane (Amad Diallo)
87'  Antony
105'  Victor Nilsson Lindeloef (Mason Mount)
112'  Marcus Rashford
112'  Scott McTominay
116'  Amad Diallo
120'  Amad Diallo
120'  Alejandro Garnacho
120'  Amad Diallo
31'  Alexis Mac Allister
44'  Alexis Mac Allister
44'  Darwin Nunez
45'  Mohamed Salah
60'  Joseph Gomez
72'  Dominik Szoboszlai (Harvey Elliott)
76'  Andrew Robertson (Conor Bradley)
77'  Mohamed Salah (Cody Gakpo)
101'  Joseph Gomez (Konstantinos Tsimikas)
105'  Harvey Elliott
105'  Conor Bradley
109'  Caoimhin Kelleher
114'  Luis Diaz (Bobby Clark)

UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Old Trafford"dagi dahshatli super bahsda "Yunayted" yarim finalga yo'llanma oldi! KAMBEK deganlari shu bo'lsa kerak!!!

120+2. Diallo qizil olib maydonni tark etdi. O'z golining qurboni)

120+1. GGGGOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! DIIIIAAALLLOOOOOO!! DAXSHAAAATTTT!!!! TRAGEDIYAYAYAYAYA!! 

117. Diallo ogohlantirildi. Tomonlar penaltilar seriyasini istashmayapti.

116. ZARBAAAAAAAAA!!! MAKTOMINIII!!! 100 foizlik imkoniyat yo'q bo'ldi.

113. GOOOOOOOOOLLLLL!!! RESHFOOORRRDDDD!!! Nihoyat u ham maqsadiga erishdi!

111. ZARBAAAAAAAA!!! Maguayrning kuchli zarbasini Kellexer qaytardi!

Ikkinchi qo'shimcha bo'lim boshlandi!

Birinchi qo'shimcha bo'lim yakunlandi.

105+1. UXXXXXX!! Reshfordning xavfli uzatmasini darvozaga kiritadigan futbolchi topilmadi.

105. GOOOOOOOOOLLLLL!! ELLIOOOTTTTT!!! "Liverpul" yana hisobda oldinda! Yana rikoshet Onanaga halaqit qildi.

104. RESHFOOORDDD!! Nimalar qilyapsan-a?! Yana bir vaziyat ko'kka sovurildi. Keyinchalik offsayd ham ko'tarildi.

101. ZARBAAAAAAA!! Kutilmaganda Lindelof hujumda paydo bo'ldi va Kellexer darvozasiga zarba berdi. To'p to'rning tashqi tomoniga tegdi.

100. Mak Allister jarimadan to'pni jarima maydonchasiga uzatdi. Hech kimga tegmasdan darvozaga qarab ketayotganida to'pni Onana ushlab oldi.

98. Garnacho hujumga o'tdi. Uning pasini himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

95. "Liverpul" hujumga o'tdi. Mak Allisterning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

92. UXXXXXX!! Antonining zarbasi darvozaning biroz yuqorisidan o'tib ketdi.

90. Dastlabki qo'shimcha bo'lim boshlandi!

Asosiy vaqt tugadi. Navbat qo'shimcha bo'limlarga.

90+4. RESHFOOOOORRRRDDDDD!!! Nuqta qo'yishi mumkin edi! Birga bir vaziyatdan foydalana olmadi u!

90+1. So'nggi daqiqalarda o'yin jonlanib ketdi.

4 daqiqa qo'shib berildi.

89. DAHSHAAAAATTTT!! Elliotning to'p uzatishi zarbaga aylanib ketdi. To'p darvoza ustuniga tegib, maydonga qaytdi.

87. GOOOOOOOOOLLLLLL!!! ANTONNIIIII!! Hisob tenglashdi!!!

83. Gakpo "Yunayted" darvozasi tomon zarba yo'lladi. To'p himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

79. "Liverpul" tezkor qarshi hujumga o'tdi. Elliot asosiy, hal qiluvchi pasni berishda adashdi. Maguayr to'pni qaytarib yubordi.

76. "Liverpul" burchakdan pas o'ynashni maqul ko'rdi. Havolatib uzatilgan to'pni darvozabon ushlab oldi.

73. Antoni maydonga tushishi bilan ilk teginishidayoq zarba yo'lladi. Noaniq.

70. Ikkala jamoa tarkiblarida qo'shaloq o'zgarishlar bo'ldi. Ko'ramiz, bu o'yinga qanchalik tasir qilarkan.

65. Salohning aylantirma uslubdagi zarbasini Onana ushlab oldi.

63. BAAAMMMMM!! Nunes juda yaqin masofadan Onanaga kuchli zarba yo'lladi. Onanadan seyv!

61. Uan-Bissakaga qarshi qo'pol o'ynagani uchun Gomes ogohlantirildi.

60. Mak Allisterning zarbasi darvoza ustidan o'tib, to'rga tepadan tegdi.

58. Brunu o'z jarima maydonchasi yonginasida fol ishlatdi. Jarima zarbasi.

56. Soboslai uzoq masofadan zarba yo'lladi. Onana to'pni qaytarib yubordi.

54. ZARBAAAAAAA!! Nunes juda qulay nuqtadan gol ura olmadi. Uning zarbasi noaniq ketdi.

53. UXXXXX!! Brunu raqib darvozasi yoniga juda xavfli pas uzatdi. Bo'sh qolgan darvozaga zarba yo'llaydigan sherigi topilmadi.

52. "Yunayted" hujumga o'tdi. Qanotdan uzatilgan to'pni Kellexer ushlab oldi.

48. UXXXXXXX!! Nunes pas uzatish niqobi bilan darvozaga zarba yo'lladi. Onana yaqin burchakka reakciya ko'rsata oldi.

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

TANAFFUS!

45+3. GOOOOOOOLLLLL!!! SALOOOHHHHH!!! Onanadan qaytgan to'pni darvozaga yo'llashda misrlik futbolchi qiynalgani yo'q!

45+1. MYU jarimaga ega bo'ldi. Lekin bundan foydaoana olmadi.

44. GOOOOOOOOLLLLL!! Hisob tenglashdi! Mak Allister tanaffus oldidan tarozi pallalarini teng holatga keltirib qo'ymoqda!

40. Mehmonlar bosimni oshirdi. Gol urish uchun yana bir vaziyat bo'lgandi. Biroq yana offsayd sababli hujum to'xtadi.

37. GOL! YO'Q! Endo gol urdi, biroq bu hisoblanmadi.

36. ZARBAAAAAA!! "Liverpul"dan tezkor qarshi hujum! Diasning yaqin burchakka yo'llagan zarbasini Onana qaytardi.

36. ZARBAAAAAA!! Hisobdagi farq oshishi mumkin edi. Kellexer Maktominining zarbasini bir amallab qaytardi.

35. UXXXXX!! Brununing kuchli zarbasini Kellexer ushlab oldi.

31. Maktominini yiqitib, hujumni to'xtatgani uchun Mak Allister ogohlantirildi.

30. "Yunayted" golgacha birinchi raqamli bo'lib o'ynab turgandi. Hozir o'z yarim maydoniga joylab oldi va ikkinchi raqamli bo'lib o'yinni davom ettirmoqda. Bu orada Soboslaining zarbasini Onana ushlab oldi.

27. UXXXXXXX!!! "Yunayted" tezkor qarshi hujum uyushtirdi. Xeylund zarba berish chog'ida yiqilib tushdi, zarba ham o'xshamadi.

24. ZARBAAAAAAAA!!! Brununing jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi.

22. "Yunayted" hujumda ko'rinish berdi. Biroq Uan-Bissakaga uzatilgan to'pni van Deyk autga chiqarib yubordi.

18. "Liverpul" katta bosim uyushtirdi. Qanotdan uzatilgan to'pga zarba berilmadi. Keyinchalik "prostrel" orqali Kuansa uzoq masofadan kuchli va noaniq zarba berdi.

14. ZARBAAAAAAAA!! Robertson yaqin masofadan chap oyog'ida noaniq zarba yo'lladi.

10. GOOOOOOOOOOOLLLLL!!! MAKTOMINIIII!!!

8. UXXXXX!! Salohning zarbasi noaniq chiqdi.

7. "Liverpul" yana hujumga o'tdi. Qanotdan uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarib yubordi. Nunes esa fol ishlatdi.

5. Endi "Liverpul" hujumga o'tdi. Soboslaining zarbasini Onana ushlab oldi.

4. ZARBAAAAAAAAA!!! KELLEXEEEERRRR!!! Reshfordning kuchli zarbasini posbon qaytarib yubora oldi.

2. ZARBAAAAAAA!! "Yunayted" uchrashuvni hujum bilan boshladi. Maktominining zarbasi sekin ko'rinish oldi va Kellexerga bu muammo bo'lmadi.

- Uchrashuv boshlandi!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Old Trafford"ga qaratamiz. Bugun "Manchester Yunayted" va "Liverpul" Angliya Kubogi yarim finaliga chiqish uchun kurash olib boradi. Uchrashuvni Siz aziz muxlislar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика