So’nggi yangiliklar

08:33«Қўқон-1912» сафига жорий мавсумни «Сурхон» ва «Динамо»да бошлаган футболчилар келиб қўшилди  0 08:10Хосе Венансио Лопес: "Ҳали ҳамон хатоларга йўл қўймоқдамиз. Жаҳон чемпионатига қадар ушбу вазиятни тўғирлашимиз керак"  1 07:40Аҳрол Рисқуллаев узоқ муддатли танаффусдан сўнг майдонга қайтди  0 01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  16 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  1 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  8 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  3 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3

APL. "Manchester Yunayted" "Kristal Pelas" ustidan qiyin g'alabaga erishdi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" "Kristal Pelas" ustidan qiyin g'alabaga erishdi

Angliya chempionati 22-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Kristal Pelas" uchrashuvi yakunlandi.

"Manchester Yunayted" — "Kristal Pelas" 2:1

Gol: 1:0 – 7, penalti Brunu Fernandesh, 2:0 – 62 Reshford, 2:1 – 76, SHlupp.

Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Martines, SHou, Kazemiro, Fred, Brunu Fernandesh, Vegorst (Garnacho, 59), Reshford, Antoni (Zabitcer, 81).

Kristal Pelas – Guaita, Klayn, Gexi, Richards, Mitchell, SHlupp (Mateta, 83), Xyuz (Lokonga, 72), Dukure (Axamada, 82), Olise, Ayyu (Eze, 73), Eduar.

Ogohlantirishlar: Mitchell (45), SHlupp (67), Antoni (67).

CHetlatish: Kazemiro (70).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI! "MANCHESTER YUNAYTED" QIYIN G'ALABANI QO'LGA KIRITDI.

90+6. Olisening qanotdagi uzatmasiga Jonatan Sviftning asaridagi Gulliverninggina bo'yi etardi.

90+4. So'nggi daqiqalar "Manchester Yunayted" muxlislarini "Citramon" ichishga majbur qilmoqda.

90. Yana 7 daqiqa mehmonlar hujumlariga guvoh bo'lamiz.

86. Maguayrning personal muxlislari bir necha daqiqa uning o'yinini ko'rish baxtiga muyassar bo'ladigan bo'ldi.

81. Zabitcer jamoasi og'ir vaziyatda debyutini amalga oshiradi. U Antonini almashtirdi.

76. GOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! Biroz avval maqtovga arzigulik seyv amalga oshirgan De Xea keyingi hujumdagi zarbani qaytara olmadi. SHlupp hisobni qisqartirdi!

72. Bugun qo'l bilan o'ynab, penalti ishlanishiga sababchi bo'lgan, bir necha to'qnashuvlarda qatnashgan hamda Kazemiro tomonidan bo'g'ilgan Xyuzning o'yin oxirigacha eson-omon qolishini istagan murabbiy uni zaxiraga oldi.

70. Hakam Kazemiroga futbolchining libosi rangidagi kartochkani ko'rsatdi. Braziliyalik yarim himoyachin raqibini bo'g'ishda ayblandi.

66. Ikkala jamoa futbolchilari ishtirokida UFC'ning yumshoqroq variantidagi to'qnashuv sodir bo'ldi. Ko'proq jabrdiyda Antoni bo'ldi. Ham yiqildi, ham raqibi bilan birgalikda ogohlantirildi. Biroq hakamning qizil kartochkasi eshik qoqmoqda. Hakam VARga murojaat qildi. Kazemiroga libosi rangidagi kartochka ko'rsatilishi mumkin.

62. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Reshford SHouning uzatmasini oyog'i bilan raqib posboni qaytara olmaydigan tarzda darvozaga to'g'rilab qo'ydi!


59. Garnacho Vegorstdan aqlliroq o'ynashga harakat qiladi qolgan daqiqalarda.

56. Reshfordning zarbasini raqib posboni o'rniga darvoza ortida tik turgan ishqibozlardan biri qaytardi.

52. Mehmonlar ikkinchi bo'limni faol boshladi. Bayroqcha qadalgan nuqtadan uzatilgan to'pga "Pelas" futbolchisining bo'yi hamda omadi kaltalik qildi.

46. Tanaffusda o'zbek kliplaridan birini tomosha qilib, o'sha taronani xirgoyi qilgancha, qo'shiq nomida tilga olingan qiz ismini ikkinchi bo'limni boshlayotgan MYU futbolchisining o'rniga kiritishimga bir bahya qoldi. Ammo hakam hushtagi meni ham diqqatimni ikkinchi bo'limga qaratishim lozimligiga ishora qildi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. 15 daqiqa nafas rostlab olamiz.

45. Birinchi bo'limga maktabda o'qishni yomon ko'radigan bolalar oladigan baho ko'rinishidagi daqiqa qo'shib berildi.

43. De Xea ham top-toza libosda maydonni tark etishni istamadi.

42. Reshford to'pni aylantirib zarba yo'lladi, ammo to'p darvoza tomon emas, balki muxlislar bilan aylangani yo'l oldi.

39. Richard yaqin masofadan professor futbolchilar nafaqat aniq, balki juda noaniq zarba yo'llay olishi mumkinligini ko'rsatib qo'ydi.

36. Fred raqib darvozabonini gol bilan jazolashdan ko'ra, uning darvoza yonida turgan suvidishiga zarar etkazishni maqulroq deb topdi.

33. Antoni uzoq masofadan jamoadoshi Kazemironing ukol oladigan qismiga zarba yo'lladi.

Ayni damda "Liverpul" 0:2 hisobida yutqazayotgan ekan.

31. Reshfordning navbatdagi zarbasiga atigi 5 metr aniqlik etishmadi.

28. Antoni jarima ishlashidan cho'chib, belgilangan tezlikda ohista zarba berdi. Ammo yashil libosdagi Guaita o'z xizmat vazifasini bajarayotganini aytgancha to'pni to'xtatib qoldi.

27. Reshfordning zarbasidan so'ng Guaita qo'lqoplarini yana bir bor terlatishga majbur bo'ldi.

25. Kazemiro biroz avval unga yo'llangan "podkat"li salomga alangali "javob" qaytardi.

22. Reshford raqib jarima maydonida yiqildi. Ammo hakam yana penalti belgilashi uchun "Pelas" futbolchilaridan kimdir "qizillar" hujumchisining oyog'iga tegishi kerak edi.

20. Mitchell Kazemiro bilan to'qnashuvda uni tizzalatdi. O'zi esa izzalandi.

17. Martines o'zidan daroz raqibiga nisbatan bo'yim kalta bo'lsa ham oyoqlarim uzun qabilida harakat amalga oshirdi hamda to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

14. Xyuz hozircha ko'pgina vaziyatlarda etibor markaziga tushib qolmoqda. Dastlab to'p uning qo'liga tegdi, keyin yana bir vaziyatda "Xafa bo'lish yo'q" kamerasiga tushib qoldi, hozir esa uni maydonga ag'anatishdi.

13. Guaita suvga sakragandek to'pga sakradi hamda Vegorstning bosh bilan yo'llagan zarbasini o'zi qo'riqlayotgan chegaradan o'tqazmadi.

8. Guaita esa gol o'tkazib yuborgani alam qildi shekilli, oyoqlarini ushlab oldi.

7. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Brunu 11 metrli nuqtadan adashmadi hamda tabloda ham jamoasi foydasiga 1 raqamining kiritilishiga sababchi bo'ldi.



4. Reshfordning uzatmasidan so'ng to'p raqib futbolchisining qo'liga tegdi, hakam maxsus xonada o'tirgan hamkasblari bilan suhbatlashdi, so'ngra televardan vaziyatni tomosha qildi va penalti belgiladi.

3. Antoni fint ishlatmoqchi bo'ldi va fintiga o'zi ham mahliyo bo'lib qoldi, oqibatda raqib himoyachilari uni tomosha zalida qoldirib, to'pni olib ketib qoldi.

2. Dastlabki hujumni mehmonlar tashkil etishdi. Van-Bissaka esa SHlupp bilan to'qnashuvda kurash sport turi uchun faxrlanarli ish qildi, ammo futbol nazari bilan qaraganda, jamoasi zarariga ishlaydigan harakat amalga oshirdi.

1. Uchrashuv boshlandi. Bugun MYU odatdagidek qizil-oq, mehmonlar esa to'laqonli oq rangli libosda harakat qilishadi. O'yinga Ser Aleks Fergyuson ham tashrif buyurgan.


Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Ikkala jamoa murabbiylari xotira ramzi sifatida maydon markaziga gulchambarlar qo'yishdi. Bir daqiqa sukut saqlaymiz.


Bugungi uchrashuv avvalida "Manchester Yunayted" 39 ochko bilan to'rtinchi, "Kristal Pelas" esa 24 ochko bilan 12-o'rinda bormoqda.


Stadion atrofida muxlislar gavjum. Sababi 6 fevral kuni Myunxen fojiasiga 65 yil to'ladi. 


Uchrashuv 20:00 da boshlanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика