So’nggi yangiliklar

14:11Меринонинг келажаги яқин орада ҳал бўлади  0 13:47"Барселона" Фати билан хайрлашмоқчи эмас  3 13:23"Арсенал"нинг икки ҳимоячиси мавсумолди тайёргарликни ўтказиб юборади  1 12:58Расман: "Арсенал" "Аякс" дарвозабони билан шартнома имзолади  1 12:33"Сурхон" назорат ўйинида "Олимпик"дан устун келди  3 12:10"Манчестер Юнайтед" 26 ўйинда 32 та гол урган "Арсенал" ёш футболчисига қизиқмоқда  2 11:46Эшитдик-да! "Навбаҳор" қизиқаётган футболчига "Насаф" ҳам таклиф билан чиқди  19 11:30Хорватия термаси ҳимоячиси миллий жамоадаги фаолиятини якунлади  1 11:10Париж-2024. Рекордлар ва статистика  5 10:59«Барселона» Европа чемпионларининг трансфери учун катта таваккал қилади  7 10:32Месси «Интер Майами» сафида нечта ўйин ўтказиб юбориши маълум  9 10:04Ўзбекистонлик яна бир футболчи легионерга айланди  13 09:25«Нефтчи» Азизбек Амонов билан неча йиллик шартнома тузгани маълум  7 08:57«Ал Иттиҳод» «Ман Сити» афсонаси билан шартнома тузишга яқин  5 08:30Алекс Фергюсон Роналду ва Месси ҳақида ажойиб фикр билдирди  47

APL. "Manchester Yunayted" Maktomineyning dubli evaziga "CHelsi"ni mag'lub etdi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" Maktomineyning dubli evaziga "CHelsi"ni mag'lub etdi

Angliya Premer ligasi 15-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv yakunlandi.

APL. "Manchester Yunayted" – "CHelsi" 2:1

Gollar: Skott Maktominey 19', 69', Kol Palmer 45'

Amalga oshirilmagan penalti: Brunu Fernandesh 9' (darvozabon)

"Manchester Yunayted": 24. Andre Onana, 20. Diogu Dalot, 2. Viktor Lindelef (15. Serxio Regilon 46'), 5. Xarri Maguayr, 23. Lyuk SHou, 4. Sofyan Amrabat, 39. Skott Maktominey, 21. Antoni, 8. Brunu Fernandesh, 17. Alexandro Garnacho (35. Jonni Evans 90+3'), 11. Rasmus Xoylund (10. Markus Reshford 84').

Zaxira: 1. Altay Bayindir, 29. Aaron Uan-Bissaka, 28. Fakundo Pelistri, 34. Donni van de Bek, 37. Kobbi Maino, 9. Antoni Marsyal.

"CHelsi": 1. Robert Sanches, 2. Aksel Disasi, 6. Tiago Silva, 26. Levi Koluill, 3. Mark Kukurelya (24. Ris Jeyms 46'), 25. Moyses Kaysedo, 8. Enco Fernandes, 7. Raxim Sterling, 20. Kol Palmer, 10. Mixail Mudrik (19. Armando Broya 77'), 15. Nikolas Jekson.

Zaxira: 28. Jorje Petrovich, 5. Benua Badyashil, 29. Yan Matsen, 36. Devid de Souza, 42. Alfi Gilxrist, 54. Leo Kastledin, 52. Aleks Matos.

Ogohlantirishlar: Lyuk SHou 14', Alexandro Garnacho 22', Diogu Dalot 82', Serxio Regilon 90+4'

Manchester United

Scott McTominay - 19', Scott McTominay - 69'

Premier League . 15-tur

07/12/2023, 00:15

1
:
2
Tugadi

Chelsea

Cole Palmer - 45'

Stadion: Old Trafford, 73607 tomoshabin

Bosh hakam: Chris Kavanagh

45'
90'
9'  Bruno Fernandes
15'  Luke Shaw
19'  Scott McTominay
22'  Alejandro Garnacho
46'  Victor Nilsson Lindeloef (Sergio Reguilon)
69'  Scott McTominay
69'  Alejandro Garnacho
82'  Diogo Dalot
84'  Rasmus Hoejlund (Marcus Rashford)
90'  Alejandro Garnacho (Jonny Evans)
90'  Sergio Reguilon
45'  Cole Palmer
45'  Mykhaylo Mudryk
46'  Marc Cucurella (Reece James)
77'  Mykhaylo Mudryk (Armando Broja)


90+5. O'yin yakunlandi! 

90+3. Londonliklar so'nggi daqiqalarda faollikni oshirmoqda.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Jeymsning darvozaga yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi. 

80. Regilonning uzatmasini Garnacho darvozaga yo'lladi, birozgina noaniq...

74. Jeyms xato qildi, Garnacho darvozabon bilan birga bir chiqib bordi, biroq zarbasini o'xshamadi.

73. Sal qolsa Maktominey xet-trikni rasmiylashtirishi mumkin edi, biroq uning zarbasi biroz noaniq bo'ldi.

72. Hammasi joyida, o'yin davom etadi.

71. Biroq, holat VAR orqali ko'rib chiqilmoqda...

Garnachoning havolatib uzatgan to'pini Skott boshi bilan darvozaga yo'llab, hisobni oshirdi!

69. GOL! Skott Maktomineydan dubl!

64. Maktomineyning bosh bilan yo'llagan zarbasini Sanches ushlab oldi.

61. Lyuk SHouning darvoza tomon yo'llagan to'pi "CHelsi" futbolchisining qo'liga tegdi, hakam esa jim.

61. Antonining zarbasi rekoshetga uchrab noaniq ketdi.

55. Yana bir zarba Garnacho ijrosida: xavfli, ammo noaniq.

54. Garnachoning "qaychi" uslubida yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.

49. Jekson darvozaga yaqin masofadan boshi bilan zarba berdi, biroq noaniq bo'ldi.

46. Ikki jamoa ham bo'limni o'zgarish bilan boshladi. Qiziq tomoni, ikkisi ham himoya chizig'ida amalga oshirildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+8. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berildi.

Kol Palmer raqib jarima maydonchasiga kirib bordi, himoyachilardan to'pni olib qochdi va darvozaga zarba berdi - gol!

45. GOL! Palmerdan nozik zarba, aniqlik va hisob tenglashdi!

43. Brununing uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq.

36. Mudrikning yana bir zarbasi biroz noaniq bo'ldi.

32. Brununing qanotdan uzatgan to'pini Maktominey dastlab bosh bilan darvozaga yo'lladi, Sanches qaytardi, yana bir zarba oyoq bilan bo'ldi, yana Sanchesdan seyv!

30. Qanot hakamidagi texnika bilan bog'liq nosozliklar kuzatilmoqda, mutaxassislar uni to'g'rilashmoqda, o'yin to'xtatilib turibdi.

28. Dalot to'pni chapga - Garnachoga uzatdi, u dastlab zarba berolmadi, to'pni o'ziga to'g'rilab oldi va to'pni uzatdi, ammo yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmadi.

27. Londonliklar sekin-asta hujumlarga o'tishmoqda, biroq ular xavfli tus olmayapti.

25. Sterling raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, hakam o'yin qoidasi buzilmagan deb topdi.

Brunu Garnachoga to'pni uzatdi, Alexandro esa markazroqqa - Maguayrga, uning zarbasini himoyachilar qaytarishdi, to'p Skottga kelib tushdi va uning zarbasi golga aylandi!

19. GOL! Manchesterliklar hisobni ochishdi!

19. Yana bir hujum MYUdan. Antonining zarbasini darvozabon qaytardi.

15. Antonining zarbasini darvozabon ushlab oldi.

13. Mudrik yana bir bor qarshi hujumga o'tib to'pni sherigiga uzatdi, Brunu to'pga birinchi etib kela bildi.

12. Mixail Mudrik to'p bilan raqib jarima maydonchasiga kirib zarba berdi, to'p darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi.

9. Brununing zarbasini Sanches qaytardi!!! Qaytgan to'pni Garnacho darvozaga yo'lladi, biroq noaniq.

8. Penalti! "CHelsi" darvozasi tomon.

7. Antoniga nisbatan qo'pollik ishlatildi, hakam vaziyatni VAR orqali ko'rmoqda. 

6. Manchesterliklar hujumlarga zo'r berishmoqda. 6 daqiqa ichida uchta burchak zarbasini amalga oshirishmoqda.

4. Navbatdagi zarba Xoylund ijorasida bo'ldi va Sanches jamoasini qutqardi!

3. Dastlabki zarba Brunudan bo'ldi. Portugaliyalik futbolchining zarbasi noaniq

1. O'yin boshlandi!

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 1:15 da boshlanadi. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика