So’nggi yangiliklar

19:10Франция. "Монако" - "Ланс" 0:0 (Матнли трансляция)  7 18:57Палмер – "Челси"даги дебют вақтидан бошлаб топ-5даги энг яхши ассистент. Унда 15та пас бор  0 18:52"Манчестер Юнайтед" - "Ливерпуль". Турнинг марказий учрашув учун таркиблар маълум  4 17:50Конте Осимхен борасидаги хабарни тасдиқлади ва қаттиқ жавоб берди  5 17:21Футболчи "Челси" билан салкам 10 йиллик шартнома имзолашга рози бўлди  1 17:04Франция. "Монако" - "Ланс". Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибдами?  2 17:01Футзал бўйича ЖЧ иштирокчиси Ўзбекистонга етиб келди  1 16:47Бу даҳшат! "Наполи"нинг янги футболчисига тўппонча билан ҳамла қилишди  1 16:33АПЛ. Санчо борми? "Челси" - "Кристал Пэлас" ва "Ньюкасл" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 16:10"Ливерпуль" футболчиси Салоҳга катта баҳо берди  1 15:40Нико Уильямс нима сабабдан "Барселона"га ўтмаганини айтди  11 15:24"Юнайтед"нинг 60 млнлик футболчиси қайси рақамда ўйнаши аниқ бўлди  2 14:03Пеп Гвардиола: "Холанд тўхтатиб бўлмас. Ҳеч бир ҳимоячи, ҳатто пистолет билан ҳам уни тўхтата олмайди"  11 13:34ПСЖ ва "Лестер" собиқ футболчиси 39 ёшида ҳаётдан кўз юмди  6 12:51"Реал" Мбаппенинг самарадорлигидан хавотирланмаяпти, у лойиҳанинг муҳим қисми  13

APL. "Manchester Siti" o'z maydonida "CHelsi"ni irodali tarzda mag'lub etdi Yangiliklar

APL. "Manchester Siti" o'z maydonida "CHelsi"ni irodali tarzda mag'lub etdi

APLning 13-turi doirasidagi markaziy o'yin yakunlandi.

Uchrashuvning mantli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring:

Manchester Siti – CHelsi 2:1

«Etixad Stedium»

Gol: Kante (22), De Bryuyne (29), Maxrez (37).

Manchester Siti – Ederson, Joau Kanselu, Mendi, Stounz, Fernandino, Rodri Ernandes (Gyundogan, 52), Silva (Foden, 67), Sterling, de Bryuyne, Marez, Aguero (Jezus, 76).

CHelsi – Arrisabalaga, Zuma, Tomori, Emerson (Djeyms, 59), Aspilikueta, Jorjino, Kovachich, Pulishich, Kante, Villian, Abraxam.

Ogohlantirish: Jorjino (61).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Siti" "Liverpul"ni quvishda davom etadi!

90+5. Misha, gol otmen! VAR golni bekor qildi. Exxx, Gvardiola va VAR bir umrlik dushmanga aylanadi shekilli... Uning ortidan "CHelsi" hujumga o'tdi. Berilgan zarba esa noaniq bo'ldi.

90+4. GOOOOOOOOOLLLL!!! Sterlingggg!!!! Uning zarbasini Kepa qaytargandek bo'lgandi. Biroq to'p darvozaga kirib ketdi, 3:1!!!! "Siti" chempionlik uchun kurashni davom ettiradi!

90+3. Zarbaaaaaaa!!! Mauntning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi!

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Foden juda qulay vaziyatni yo'qqa chiqardi. U yaxshi nuqtada bo'la turib, to'pni Sterlingga oshirmoqchi bo'lgandi. To'pni Jeyms qaytarib yubordi.

84. APLning so'nggi 10 daqiqasi asosan juda yuqori bosim ostida kechardi. Negadir jamoalar hozir bosimni kamaytirishgan.

80. ZArbaaaaaaaa!!!! Villianning zarbasi Edersonga tekkan holda maydonni tark etdi. Ammo hakam buni ko'rmadi.

76. Bugun o'yini qovushmagan Aguero o'z o'rnini Jezusga bo'shatib berdi.

73. Juda qiyin holat. Jeyms o'z jarima maydonchasi ichida Agueroni yiqitgandek ko'rindi. Hakamning xushtagi chalinmadi.

72. Fodenning kuchsiz zarbasini ushlab olish Kepa uchun qiyin bo'lmadi.

71. Jon Terrini ko'rsatishdi)) O'sha davrlarni sog'indi odam...

68. Villianning kuchli zarbasi tomoshabinlar tomonga ketdi.

65. ZARBAAAAAAAAAA!!!! Sterlingning ilk zarbasini Aspilikueta, qaytgan to'pga berilgan Maxrezning zarbasini Kepa qiyinchilik bilan qaytardi!!!! Daxshatttttt!!!!

61. "CHelsi" butun maydon bo'ylab harakat qilmoqda hujum uchun variantlar izlamoqda. "Siti" esa to'p tushishi bilan tezkorlik bilan raqib yarim maydoniga o'tib ketmoqda.

57. "Siti" yuqori bosimni davom ettirmoqda. Kevinning burchakdan oshirilgan to'pini Silva darvozaga qarab tepdi. Aspilikueta yaqqol goldan qutqardi jamoasini...

55. Yana zarbaaaaaaaaaa!!! De Bryuynening ayyorona zarbasi "CHelsi" futbolchisiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

53. Zarbaaaaaaaaaa!!! Qanotdan oshirilgan to'pga Kante zarba berdi. To'p darvozaga kirib ketayotgan joyida Fernandinoning oyog'iga tegib, maydonni tark etdi.

51. Ikkinchi taymda ham asosan "CHelsi" hujumga o'tayapti. "Siti" esa qarshi hujumda o'ynamoqda.

49. Ikkinchi bo'lim ham yuqori temp bilan boshlandi. Maxrezning zarbasi biroz noaniq ketdi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Juda zo'r bo'layotgan o'yinni shu tariqa to'xtatishdi yaramaslar...((

45. Tabloda birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berilgan paytda "Siti" hujumga o'tgandi. Silvaning to'p uzatishini Sterling qabul qilmadi. U o'zini offsayddaman deb o'ylagandi.

43. Zarbaaaaa!!! Kepa qovun tushurgandi. Aguero esa to'sinni poyladi. Qaytgan to'pni esa himoyachilar qaytarib yuborishdi.

40. Tomori o'z jarima maydonchasida Agueroni yiqitgandek ko'rindi. Biroq bu vaziyat VARda ko'rib ham chiqilmadi.

37. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLL!!!!! Taym tugamasidan "Siti" kim aslida kim ekanligini ko'rsatish uchun intilmoqda! (Har holda amaldagi chempionlar) Maxrez hisobni jamoasi foydasiga o'zgartirdi, 2:1!

29. GOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!!! De Bryuynening bergan zarbasi Zumaning oyog'iga tegib, darvozaga kirib ketdi, 1:1! O'yin boshidan boshlanadi!

25. "Siti"ning davri o'tmoqda, Gvardiolaning APLdagi davri o'tmoqda. Pep sochsiz boshini ushlagancha o'yinni kuzatmoqda. 

22. GOOOOOOOLLLLLLL!!!!!! Markazdan uzatilgan super pasni super tarzda to'xtatib olgan Kante darvozabon bilan birga bir holatdan unumli foydalandi, 0:1!19. Emersonning zarbasini Ederson ushlab oldi. Ustunlik to'liqligicha "CHelsi" tomonida.

17. "CHelsi" hujumga o'tdi. Abraxam raqib jarima maydonchasi ichida yiqitilgandi. Barcha penalti deb o'ylayotgan paytda bosh murabbiy offsaydni qayd etdi.

15. Kantening qanotdan erlatib uzatgan pasini Stounz burchakka chiqarib yubordi. "Aristokratlar" vaziyatdan unumli foydalana olishmadi. Zumaning bergan kuchli va xavfli zarbasi biroz noaniq ketdi.

11. "CHelsi" yana bir vaziyat yaratdi. Kantening pasidan keyin Abraxam to'pni Edersonning ustidan oshirib tashlamoqchi bo'lgandi. O'xshamadi...

9. Daxshat o'yin bo'lmoqda! Vaziyatlar juda ko'p, biroq gol yo'q. Hozircha shart ham emas.

8. ZARBAAAAAAAAAA!!!! Abraxamning to'p uzatishidan keyin Villian 15 metrlardan zarba yo'lladi. To'p ustunning yonginasidan o'tib ketdi.

6. "Siti" yana hujumga o'tdi. O'z odatiga ko'ra jamoa raqib jarima maydonchasi atrofida mayda paslar orqali ichkariroqqa kirishdi. De Bryuyne bu safar qulay nuqtadan darvozaga zarba yo'llamadi.

4. Zarbaaaaaaaaa!!! "Siti" o'z uslubida "CHelsi" jarima maydoniga kirib berdi. Agueroning to'p uzatishidan keyin De Bryuynening zarbasi biroz noaniq ketdi. Juda xavfli zarba bo'lgandi.

1. Uchrashuv boshlandi!

- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda. "Etixad" har doimgidek to'lib toshgan. Barchamiz uchrashuvni boshlashga shaymiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика