So’nggi yangiliklar

17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  0 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  0 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  0 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  2 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  4 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  4 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  27 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   4 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3

APL. "Manchester Siti" o'z maydonida "Aston Villa"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

APL. "Manchester Siti" o'z maydonida "Aston Villa"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi

"Manchester Siti" hamda "Aston Villa" o'rtasidagi Angliya Premer-ligasining 23-tur bahsi yakunlandi.

APL. "Manchester Siti" - "Aston Villa" 3:1

Gollar: Rodrigo Ernandes (Riyad Marez) 4', Gyundogan (Erling Xoland) 39', Riyad Marez 45+1', Olli Uotkins (Duglas Luis) 61'

"Manchester Siti": 31. Ederson Moraes, 2. Kayl Uoker, 3. Ruben Diash (25. Manuel Akanji 46'), 14. Emerik Lyaport, 16. Rodrigo Ernandes, 8. Ilkay Gyundogan, 26. Riyad Marez (6. Natan Ake 85'), 17. Kevin De Bryuyne, 20. Bernardu Silva, 10. Jek Grilish (47. Fil Foden 69'), 9. Erling Xoland (19. Xulian Alvares 46').

Zaxira: 18. SHtefan Ortega, 4. Kalvin Fillips, 21. Serxio Gomes, 80. Kol Palmer, 82. Riko Levis.

"Aston Villa": 1. Emiliano Martines, 18. Eshli Yang (23. Filippe Koutino 76'), 4. Ezri Konsa, 16. Kalum CHembers, 27. Lyuka Din (15. Aleks Moreno 60'), 41. Jeykob Remsi (2. Metti Kesh 76'), 44. Bubakar Kamara, 6. Duglas Luis, 10. Emiliano Buendiya (7. Jon Makginn 61'), 31. Leon Beyli (22. Jon Duran 60'), 11. Olli Uotkins. 

Zaxira: 38. Uilyam Sinisalo, 48. Olivier Zich, 32. Leander Dendonker, 50. Sil Svinkels.

Ogohlantirishlar: Lyuka Din 37', Ruben Diash 41', Ezri Konsa 63'

Manchester City

Rodri - 4', Ilkay Gundogan - 39', Riyad Mahrez - 45'

Premier League . 23-tur

12/02/2023, 21:30

1
:
3
Tugadi

Aston Villa

Ollie Watkins - 61'

Stadion: Etihad Stadium, 53392 tomoshabin

Bosh hakam: Robert Jones

45'
90'
4'  Rodri
4'  Riyad Mahrez
39'  Ilkay Gundogan
39'  Erling Haaland
41'  Ruben Dias
45'  Riyad Mahrez
46'  Erling Haaland (Julian Alvarez)
46'  Ruben Dias (Manuel Akanji)
69'  Jack Grealish (Phil Foden)
85'  Riyad Mahrez (Nathan Ake)
37'  Lucas Digne
60'  Lucas Digne (Alex Moreno)
60'  Leon Bailey (Jhon Duran)
60'  Emiliano Buendia (John McGinn)
61'  Ollie Watkins
61'  Douglas Luiz
63'  Ezri Konsa
76'  Jacob Ramsey (Matty Cash)
76'  Ashley Young (Philippe Coutinho)


90+4. O'yin yakunlandi!

90+1. Stadion suhandoni o'yinning eng yaxshi futbolchisi - "Man Siti" yarim himoyachisi Rodri deb topilganini elon qildi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

84. Alvares o'ziga uzatib berilgan to'pni to'g'rilay olmadi, to'pni yaqinroqdagi Marezga uzatdi, Riyad darvozagacha 5 metr bo'lgan masofada zarba berdi, biroq to'p osmon-u-falakka uchib ketdi.

82. Koutino bir daqiqaning o'zida ikki marta chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va pas berdi, biroq manchesterliklar xavfni bartaraf etishdi.

81. Koutino boshladi! Uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi darvoza to'sinining ustidan o'tib ketdi.

76. O'z vaqtida zarbalari bilan "Man Siti" darvozasini zir titratgan Filippe Koutino maydonga tushdi. Xo'sh, braziliyalik futbolchi o'zini qay darajada ko'rsata olarkin?

72. Gyundogandan yana bir zarba! Bu safar ham to'p to'g'ri darvozabonning qo'liga borib tushdi.

68. Gyundoganning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Martines ushlab oldi.

66. De Bryuyne Grilishni ajoyib pas bilan oldinga boshladi, Jek chap qanotdan kirib borib havolatib to'pni markazga uzatdi, Alvaresning zarbasi raqib futbolchisiga tegib maydondan chiqib ketdi. 

Ilkay Gyundogan to'pni raqibga oldirib qo'ydi, to'p Uotkinsga uzatildi, Olli darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib gol urdi!

61. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Aston Villa" hisobni qisqartirdi!

58. Marez o'ng qanotdan yurish qilib to'pni havolatib uzatdi, de Bryuyne zarba berishga tayyorlanayotganda Alvares undan oldin to'pni darvozaga yo'lladi, biroq kuchsiz chiqdi.

50. O'yinning ikkinchi qismini ham "Man Siti" faol boshladi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim o'z nihoyasiga etdi, tanaffus.

45+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Mahrez nuqtalan adashmadi, raqib posboni esa yo'nalishni topishda adashdi — 3:0!

45. Penalti!!! Grilish raqib jarima maydonida yiqitildi va hakam 11 metrli jarima zarbasi belgiladi. Birinchi bo'limga esa 3 daqiqa qo'shib berildi.

De Bryuyne Hollandni ajoyib pas bilan oldinga boshladi, Erling to'pni o'ziga to'g'rilab jarima maydonchasi markaziga uzatdi, bu erda Gyundogan bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi.

39. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Gyundogan hisobni ikkitaga oshirdi! 

38. de Bryuening jarima zarbasidan havolatib uzatgan to'pini Rodri boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroq noaniq bo'ldi.

30. Grilishning o'ng qanotdan turib darvoza tomon tepgan to'pini Martines arang qaytardi.

23. Leon Beylining uzoq masofadan yo'llagan zarbasi rekoshetga uchrab maydonni tark etdi.

21. Yana bir burchak zarbasi "Man Siti"da. Uzatilgan to'p Hollandga kelib tushdi, uning darvoza tomon yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi. 

20. Burchakdan havolatib uzatilgan to'pni Grilish to'g'ri darvozaga yo'lladi, to'p rekoshet bo'lib maydonni tark etdi.

13. Holland va Martines bosh bilan to'qnashib ketdi, ikki futbolchi ham yiqildi, bo'sh qolgan darvozani Gyundogan ishg'ol qildi, ammo hakam ushbu vaziyatda darvozabonga nisbatan qo'pollik ishlatilgan, deb topdi.

11. Rodri Gyundoganni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqardi, Ilkayning zarbasini darvozabon qaytardi.

8. Manchesterliklar o'yinni yaxshi boshlab olishdi. Tezkor gol, to'p nazorati - Gvardiola o'z uslubida. 

Burchakdan uzatilgan to'pni Rodri boshi bilan darvozaga yo'lladi va gol urdi!

4. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Man Siti" hisobni ochdi!

3. Maydon egalari bahsni yaxshi boshladi. Grilishning o'ng qanotdan yurishi natijasida burchak zarbasi ishlandi. 

1. O'yin boshlandi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика