So’nggi yangiliklar

12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  1 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  5 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  5 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  18 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  13 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  17 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  3 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1

APL. Manchester derbisida hisob ochilmadi + FOTO Yangiliklar

APL. Manchester derbisida hisob ochilmadi + FOTO

Bugun Angliyada 26-turning qoldirilgan uchrashuvi o'tkazildi.

Unda Manchester shahrining ikki klubi o'zaro kurash olib borishdi. Uchrashuv nursiz durang bilan o'z nihoyasiga etdi.


APL, 26-tur uchrashuvi
"Manchester Siti" – "Manchester Yunayted" 0:0

27.04.2017, 23:55
"Etixad stedium"
Bosh hakam:
Martin Atkinson (Lids)

"Manchester Siti": Klaudio Bravo (Villi Kabalero 79), Pablo Sabaleta, Vensan Kompani, Nikolas Otamendi, Aleksandr Kolarov, Yaya Ture, Fernandino, Raxim Sterling (Gabriel Jezus 86), Kevin de Bryuyne, Leroy Sane (Xesus Navas 79), Serxio Aguero.

"Manchester Yunayted": David De Xea, Antonio Valensiya, Erik Bayi, Deyli Blind, Matteo Darmian, Ander Errera, Maykl Kerrik, Maruan Fellayni, Genrix Mxitaryan (Timoti Fosu Mensa 86), Markus Reshford (Eshli Yang 90+3), Antoni Marsyal (Jessi Lingard 80).


Ogohlantirishlar: G.Jezus 89 - M.Fellayni 83

CHetlatish: M.Fellayni 84



- 10 daqiqada De Yuryuynening pasidan keyin Aguero darvoza ustunini poyladi.

- 18 daqiqada o'yindagi to'p almashtirildi, yangi to'p kimga omad keltirarkin? Buni vaqt ko'rsatadi.

- 25 daqiqada Bravo Mxitaryanning zarbasini qaytarib jamoasini goldan qutqarib qoldi, Bravo!

- 41 daqiqada Yaya Ture va Errera dueliga Fernandino kelib qo'pollik bilan qo'shildi. Bu esa Anderni g'azablantirdi. Bunday derbida mana shunday holat bo'lmasa ham qiziq emasdek )

- 45 daqiqada Errera Reshford tomonidan jarima zarbasidan etkazib berilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'llay olmadi. Unga hech kim halaqit qilmayotgan edi.

- 76 daqiqada Klaudio Bravo kutilmaganda oyoq paylarini jo'zib oldi, uning o'rniga Kabalero maydonga tushdi.

- Ana xolos, Maruan Fellayni avvaliga Agueroni yiqitgani uchun ogohlantirildi. Bir necha soniya o'tib Agueroga kalla qo'ygani uchun maydondan chetlatildi. Serxio bu vaziyatda raqibga provakaciya qildi.

- Goooool emas, Jezus gol urdi, lekin ofsayddan.


Agueroning darvoza ustunini nishonga olgandan keyingi holati

Har ikki jamoa sardorlari Maykl Kerrik va Vensan Kompani o'yin boshlanishidan oldin.

Fellayniga qizil kartochka ko'rsatilishiga sabab bo'lgan vaziyat


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика