So’nggi yangiliklar

01:01Влахович АПЛ клубига ўтиши мумкин?  0 00:32"Реал" ва "Манчестер Сити" Италия терма жамоаси ўйинчиси учун курашмоқда  0 00:00Ла Лига. "Барселона" ва "Севилья" Каталонияда ўзаро тўқнаш келишмоқда (онлайн ҳисоб)  9 23:45А Серия. "Рома" ўз уйида "Интер"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  6 23:20Френки де Йонг мушакдаги дискомфорт сабаб "Севилья" билан ўйинни ўтказиб юбориши мумкин  0 22:59РПЛ. "Рубин" Нижний Новгородда "Динамо" томонидан тор-мор этилди  1 22:45Камолиддин Тожиев "Ал-Шорта"га қарши кечадиган баҳс олдидан нималар деди?  7 22:36АПЛ. Салаҳ ва Жонснинг голлари "Ливерпуль"га "Челси" устидан ғалабани тақдим этди  20 22:08Виталий Левченко: "Замонавий футболда натижа биринчи ўринга қўйилади. Чиройли футболдан маъно йўқ"  14 21:49Эрон чемпионати. "Фулад" меҳмонда мағлубиятга учради, Юсупов сариқ карточка олди  1 21:33Сергей Лушчан: "Стандарт вазиятлар биз учун пенальтидек бўлиб қолди. Ҳисобда олдинга чиқиб олиш, биз учун "трагедия"га айланмоқда"  2 21:18Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Леганес"га қарши баҳсда иродали ғалабага эришди  2 21:10Денис Коростиченко: "Бу ғалабага қадар кўп меҳнат қилгандик. Ўйин услубимизни ўзгартиришга мажбур бўлдик"  1 20:52"Реал" "Олтип тўп"нинг Винисиусга берилишига ишончи комил. Клуб бошқа вариантларни кўрмаяпти  9 20:31Жамшид Саидов: "Ўйин ҳақида гапиришни истамайман"  0

APL. “Manchester derbisi” va turning boshqa qiziqarli uchrashuvlari uchun prevyu Yangiliklar

APL. “Manchester derbisi” va turning boshqa qiziqarli uchrashuvlari uchun prevyu

Teglar :  APL Prevyu
Angliya chempionati 12-turiga oid muhim malumotlarni bo'lishamiz.

O'tgan tur xususida

11-tur o'ta murosasiz o'tdi, unda faqat bitta durang qayd etildi. Sakkizta g'alaba mezbonlar va mehmonlar o'rtasida teng taqsimlandi. Unutmaslik kerakki, "Aston Villa" va "Nyukasl" o'rtasidagi uchrashuv koronavirus tufayli qoldirildi.

CHempionat etakchilarining g'alabalarini aytib o'tishimiz lozim. Jumladan, "Tottenxem" "Arsenal"ni (2:0) mag'lub etgan bo'lsa, "CHelsi" hammani biroz cho'chitib, "Lids"ni yutdi (3:1), "Liverpul" esa "Vulverxempton"ni o'ziga raqib sanamadi (4:0).

"Lester" boshchiligidagi taqibchilar guruhi ham olg'a yurdi. “Sautgempton", MYU va “Manchester Siti" turli xil scenariy asosida, ammo teng muvaffaqiyat bilan "Brayton", "Vest Xem" va "Fulxem"ni yutishdi. "Everton" yana qoqilib ketdi, bu yanada quyiga tushib ketish xavfini tug'diradi. "Irislar" 12-turda "CHelsi"ni qabul qilishadi. 15-o'rinni egallab turgan "Arsenal"da yana chuqur inqiroz. Ketma-ket kuzatilayotgan har bir muvaffaqiyatsizlikdan so'ng "kanonirlar" muxlislari o'zlariga: "Hammasi tamom, bundan yomoni bo'lmaydi", deyishayotgani haqiqat. Keyingi o'rinlarni "Fulxem", "Vest Bromvich" va boshqa autsayderlar egallib turishibdi.

Turning asosiy intrigalari

Belsa – intrigani barbod qiluvchi

Mabodo argentinalik murabbiyning "Lids"dagi "rok-n-roll"iga shubha qilsangiz, unda sizga yana bir dalil keltiramiz.

"Vest Xem" bilan o'yindan oldingi matbuot anjumanida jurnalistlar Belsadan beixtiyor jarohatlangan futbolchilarning o'rnini kim egallashini so'rashdi, argentinalik esa savolga aniq javob bermadi, lekin 11 futbolchining nomini elon qildi:

"Mele, Dallas, Eyling, Kuper, Alioski, Fillips, Klix, Moreno, Rafinya, Bemford va Xarrison".

Hozir Angliyada Belsa "hiyla-nayrang" qildimi yoki yo'qligi haqida o'ylashmoqda. Umuman olganda, 65 yoshli mutaxassis ilgari yashiradigan hech narsaga ega emas edi.

Arteta hujumdagi muammolarni hal qildimi?

Ispaniyalik murabbiy turdan turga aynan shu narsani aytadi – "biz ko'proq imkoniyat yaratishimiz kerak". Amalda hech narsa bo'lmayapti. "Arsenal" Premer-liga ushbu mavsumida yaratilgan vaziyatlar bo'yicha so'nggi o'rinni egallab turibdi. Klub 11 turdan keyin 13 ochko to'plagan holda ligada 39 yildagi eng yomon startini amalga oshirdi.

Inqirozni hujumdagi etakchilarining yo'qligi bilan izohlash mumkinmi? - Yo'q. CHunki Obameyang, Lyakazett, Villian safda, Pepe va boshqa yosh ijrochilar ham bor. Arteta to'pni boshqarish bilan maqtanadi, ammo Mourinyu aytganidek, raqib to'pni o'zi uchun olishi mumkin, u esa o'ziga uch ochkoni saqlab qo'yadi.

Ispaniyalik yosh mutaxassis turli vajlarni keltirishda davom etyapti.

"Biz uchrashuvlarda g'alaba qozonish uchun ko'proq gol urishimiz kerak" va "mag'lubiyatdan keyin g'alaba qozonishimiz kerak" degan iqtiboslar omma qarshisiga chiqadigan Jeyson Stetxem yoki Dueyn Jonsonga ko'proq mos keladi, ammo yo'q, biz uni APL top-klubi murabbiyidan eshitmoqdamiz. Balki "do'stga qo'ng'iroq qilish" imkoniyatidan foydalanib, Gvardioladan maslahat olish kerakdir, Aks holda Arteta Rojdestvoni ishsizlikda nishonlaydi.

Anchelotti ustidagi bulutlar qalinlashishda davom etmoqda

Italiyalikda tabassum qilish uchun sabablar ko'p emas. Maradonaning o'limi haqidagi xabar italiyalik uchun katta zarba bo'ldi. Uchrashuv oldidan bir daqiqalik sukut davomida Karlo ko'z yoshlarini tiya olmadi. 

Jamoaning so'nggi natijalariga qarash qiyin: dastlabki turlardagi 5 ta g'alabadan hech qanday iz qolmadi. "Everton" so'nggi 7 o'yindan faqat 1 tasida g'alaba qozondi.

Darvoqe, muvaffaqiyatsizlikni faqat ikkita etakchi himoyachining yo'qligi bilan izohlay olmaymiz. Ha, Din va Koulmen vaqtincha yo'q, biroq Xames Kalvert-Lyuin va Risharlison hamon shu erda. "Everton" so'nggi yillarda ko'proq muvaffaqiyat qozongan qo'shnilaridan farqli o'laroq, bir qator yirik o'yinchilarga bog'liq bo'lib, har qanday yo'qotish jamoaning o'yiniga putur etkazadi. Bunday sharoitda "CHelsi" bilan uchrashuv yaxshi natija bermaydi.

13-tur oldidan "Liverpul" va "Tottenxem" uchun "hordiq"

Qishning boshida chempionat etakchiligiga davogarlarning aniqroq nomlari paydo bo'lib bormoqda.

Manchester klublari beshlikdan pastda yurgan bir paytda "CHelsi", "Lester" va "Tottenxem" cho'qqiga ko'tarilishdi. Nimaga "shporlar" va "Liverpul"ning "Kristal Pelas" va "Fulxem"ga qarshi o'yinlariga kuchli etibor qaratiladi? CHunki 13-turda biz ularning yuzma-yuz to'qnashuviga duch kelamiz. Londonliklar to'qqiz yildan buyon g'alaba nimaligini bilmayotgan "Enfild"ga kelishadi.

SHunisi etiborga loyiqki, ketma-ket ikkinchi turda taqvim uchta etakchiga bir xil vazifalarni berib keladi. Bir hafta oldin, uchalasi ham o'z uylarida o'ynashdi. Hozir – barchasini safar o'yinlari kutmoqda. Qog'ozda "Liverpul"ga osonroq, ammo bu APL!

"Manchester Yunayted" – "Manchester Siti" (12.12 22:30)

SHunday bo'ldiki, ushbu chempionat davomida Manchesterning ikkala klubi ham turnir jadvalida doimiy ravishda yonma-yon yurdilar. To'g'ri, uzoq vaqt davomida na unisi, na bunisi bu bilan faxrlana oldi. Jamoalar mavsumni bir tekisda o'tkazayotgani yo'q, shu sababli ular jadvalning o'rtalarida yoki hatto pastki qismida uzoq vaqt yurishdi.

Oxirgi uchrashuvlardagi muvaffaqiyatlar ikki klubga ham kuchli 4 likka yaqinlashishga imkon berdi. Va agar qoldirilgan o'yinlardagi ehtimoliy g'alabalarni yodda tutsangiz, u holda etakchilar o'rniga yaqin kelishadi.

Sulsherni mavsum davomida negativ taqib qilmoqda va quvonish uchun juda kam sabablar bor. "Manchester Yunayted" muxlislari norvegiyalik Gvardiolaga qarshi g'alabalarning ijobiy balansiga ega ekanligi bilan o'zlarini xursand etishlari mumkin. Hozirda "qizil iblislar" ustozining hisobida 3 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat bor.

Biroq shuni unutmasligimiz kerakki, hafta o'rtalarida "Manchester Yunayted" ECHLda ancha ter to'kdi, "Manchester Siti" esa o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. "SHaharliklar" qo'shnilariga qarshi so'nggi 5 uchrashuvdan atigi 2 tasida g'alabaga erishishgan. Bundan tashqari, ushbu jamoalar o'rtasidagi so'nggi 10 talikning faqat 1 ta uchrashuvi durang bilan tugagan. Nima bo'lganda ham Markaziy bahs "yonishi"ga umid bildiramiz. 

"Everton" – "CHelsi" (13.12 01:00)

Jamoalarning sport formasi mutlaqo qarama-qarshi "qutblar"da joylashgan. "CHelsi" barcha musobaqalardagi so'nggi 10 uchrashuvning 8 tasida g'alaba qozongan. Londonliklar ulardan faqat 4 tasida o'z darvozalaridan to'p olib chiqishgan. "Everton" so'nggi 7 o'yinda 1 ta g'alaba qayd etgan "Irislar" himoyasi tang ahvolda – so'nggi 10 ta o'yinning barida gol o'tkazib yuborilgan.

Frenk Lempard "Krasnodar"ga qarshi o'yinda asosiy tarkib futbolchilarining ko'pchiligiga dam berdi. Murabbiy umid bog'lamasligi aniq bo'lgan futbolchilar – jarohatga yo'liqqan Ziesh va Xadson-Odoi.

"Kristal Pelas" – "Tottenxem" (13.12 19:15)

"Kristal Pelas" "Byornli" (0:1) va "Nyukasl"(0:2)dan uchralgan mag'lubiyatga "Vest Bromvich"ni tor-mor keltirishi bilan javob qaytardi (5:1). 

"Tottenxem" "SHimoliy London derbisi"da "Arsenal"ni, Evropa Ligasida "Antervpen"ni mos ravishda 2:0 hisobida mag'lub etdi. Joze Mourinyu jamoasi yakshanba kuni London janubidan g'alaba bilan qaytishga bel bog'laydi.

"Tottenxem" Lamelanining xizmatidan foydalana olmasa, Roy Xojson shogirdlaridan 4 nafari o'yinda ishtirok eta olmaydi. Bular –  Ueyn Xennessi, Martin Kelli, Natan Fergyuson va Konnor Uikem.

"Fulxem" – "Liverpul" (13.12 21:30)

"Fulxem" mavsumning sabr qilish kerak bo'lgan bosqichini boshdan kechirmoqda. Bazida klub buni muvaffaqiyatli amalga oshiradi - ayniqsa, "Lester"ni mag'lubiyatga uchratgandan keyin (2:1) bunga barcha ishonyapti, ammo qiyin "fint" "Manchester Siti" bilan o'yinda o'xshamaganini alohida aytib o'tish joiz (0:2).

Endi yangi bosh og'rig'i – amaldagi chempion "Kreyven Kottej"ga tashrif buyuradi. Bu narsa APLning ushbu mavsumdagi safardagi o'yinlarida Klopp va muxlislar xohlaganchalik ishonchli emas. 5 uchrashuvda faqat 1 ta g'alaba – bu "Liverpul" bilan anchadan beri sodir bo'lmagan jarayon, albatta.

Ushbu bosqichda asosiysi, hujum chizig'idagi barcha asosiy futbolchilar sog'lom. Albatta, "Fulxem" qarshilik ko'rsatadi, lekin Klopp yigitlari safar uchrashuvida o'zlarini och bo'ridek tutish vaqtlari keldi.

"Arsenal" – "Byornli" (14.12 00:15)

"Tottenxem"dan qabul qilingan mag'lubiyat "Arsenal" ligadagi so'nggi 7 o'yindan 5 tasida yutqazganini anglatadi. 

"Byornli" "kanonirlar" mag'lub etishi shart bo'lgan jamoa. Ammo unutmaslik kerakki, Ben Mi safga qaytgach, jamoada o'ziga bo'lgan ishonch ortgan va himoya biroz bo'lsa-da, mustahkamlangan.   

O'yin afishasida Arteta shogirdlari oson g'alabaga erishadiganek tuyuladi, ha, faqat afishada. Amalda esa jiddiy va munosib o'yin ko'rsatish orqaligina yutuqqa erishish mumkin. Kutamiz, kuzatamiz. 

SHuningdek, ushbu turda quyidagi bahslar guvohiga aylanamiz:

12.12 01:00 "Lids" – "Vest Xem"  

12.12 17:30 "Vulverxempton" – "Aston Villa" 

12.12 20:00 "Nyukasl" – "Vest Bromvich"

13.12 17:00 "Sautgempton " – "SHeffild Yunayted"

14.12 00:15 "Lester" – "Brayton"


SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика