So’nggi yangiliklar

20:43"Атлетико" Баэнани "Вилярреал"дан 45+5 миллион еврога сотиб олди  0 20:35Осиё Кубоги саралаши. Лаос - Ўзбекистон  0 20:30Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Олимпик-MobiUz", "Хоразм" – "Навбаҳор"  2 20:19Расман: "Челси" 60 миллион фунтлик трансферни амалга оширди  0 20:00"Динамо" – "Нефтчи" 0:1 (матнли трансляция)  6 18:50Куртуа Трент ҳақида: "Унинг жарима зарбалари ва бурчак тўплари – бошқа даражада, бундай техникaни ҳеч қачон кўрмаганман"  1 18:27Эшитдик-да! Шацких "Пахтакор"дан икки андижонлик футболчини "Андижон"га олиб келмоқчи  16 17:49Клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Opta жавоб берди  11 17:10Лаутаро билан Чалханоғлу ўртасидаги низо туфайли "Интер"да фавқулодда йиғилиш бўлиб ўтди  2 16:05Марказий Осиё. Қозоғистонда пешқадам очко йўқотди, Қирғиз Республикасида кубок ярим финалчилари маълум, Туркманистонда "Аркадағ" 3 та гол ўтказиб юборди  1 15:28Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари  4 14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  10 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  6 12:40Ла Лига раҳбари Тебас клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан"  10

APL. Dahshatli kechgan Manchester derbisida MYU g'alaba qozondi Yangiliklar

APL. Dahshatli kechgan Manchester derbisida MYU g'alaba qozondi

APLning 15-turi doirasidagi "Manchester Siti" - "Manchester Yunayted" uchrashuvida "qizil iblislar" zafar quchdi.

Manchester City

Nicolas Otamendi - 85'

Premier League . 16-tur

07/12/2019, 22:30

2
:
1
Tugadi

Manchester United

Marcus Rashford - 23', Anthony Martial - 29'

Stadion: Etihad Stadium, 54403 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
22'  Bernardo Silva
59'  John Stones (Nicolas Otamendi)
65'  Bernardo Silva (Riyad Mahrez)
79'  Kevin De Bruyne
85'  Nicolas Otamendi
85'  Riyad Mahrez
86'  Rodri (Ilkay Gundogan)
90'  Kyle Walker
23'  Marcus Rashford
29'  Anthony Martial
29'  Daniel James
54'  David De Gea
74'  Anthony Martial (Andreas Pereira)
74'  Andreas Pereira
88'  Luke Shaw (Ashley Young)
89'  Jesse Lingard (Axel Tuanzebe)

Manchester Siti – Manchester Yunayted 1:2 (0:2, 1:0)

«Etixad Stedium»

Gollar:
Reshford (23) - 0:1, Marsyal (29) - 0:2, Otamendi (86) - 1:2.

Manchester Siti – Ederson, Stounz (Otamendi, 59), Uoker, Anxelino, Fernandino, Rodri Ernandes (Gyundogan, 86), de Bryuyne, Bernardu Silva (Maxrez, 65), Silva, Sterling, Gabriel Jezus.
Zaxira: Bravo, Mendi, Kanselu, Foden.

Manchester Yunayted – De Xea, Maguayr, Lindelef, Uan-Bissaka, SHou (Yang, 89), Lingard (Tuanzebe, 89), Jeyms, Maktomini, Fred, Marsyal (Andreas, 74), Reshford.
Zaxira: Romero, Uilyams, Mata, Grinvud.

Ogohlantirishlar: Bernardu (22), De Xea (54), Andreas (74), De Bryuyne (79), Uoker (90+4).

                                        APL JADVALI

Uchrashuv yakunlandi. Bugun Manchester ko'chalari qizilga burkanmoqda. Bahsni Siz bilan Nodir Abdurasulov birgalikda kuzatib bordi. MYU muxlislarini juda muhim g'alaba bilan tabriklab qolamiz.

90+4. Uoker sariq kartochka oldi.

90+1. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. O'zgarishlar. SHou o'rniga Yang, Lingard o'rniga Tuanzebe tushishdi.

86. O'zgarish. Rodrigo o'rniga Gyundogan tushdi.

85. GOL! 1:2. Otamendi De Xeaning xatosidan unumli foydalanib ketmoqda va hisob qisqardi. Intriga qaytdi!

83. Lingard "Siti" ko'chalarini aylanib ketdi, qarasa Ederson sergak turgan ekan)

81. Maxrez yorib kirdi, pas berdi. Biroz yumshoqroq bo'lganda gol bo'larmidi?!

79. De Bryuyne ham asablarini jilovlay olmayapti. Ogohlantirildi.

76. Anxelinoning bor kuchi bilan bergan zarbasini Van-Bissaka o'zgartira oldi, aks holda De Xea darvozasi ishg'ol etilishi mumkin edi.

74. Pereyra maydonga tushishi bilan Sterlingning oyog'iga ochiqchasiga tepdi va sariq kartochka oldi.

74. O'zgarish. Marsyal o'rniga Andreas tushdi.

73. Otamendi boshi bilan yaxshiii zarba berdi. Biroz noaniq.

72. Maktomini yaxshi o'ynadi va mezbonlarning hujumini qaytardi.

65. O'zgarish. Bernardu o'rniga Maxrez tushirildi.

64. Rodrigoning uzoqdan yo'llagan aniq zarbasi Maguayrga tegib chiqib ketdi.

63. MYU qarshi hujumga o'tib ketdi. Jeymsni bugun hech qim to'xata olmayapti. Yakuniy zarba bo'lishiga Ederson yo'l qo'ygani yo'q.

61. Sterling!... 1, 2, 3,... Sterling 3 ta futbolchini aldab o'tdi, lekin zarba bera olmadi.

59. O'zgarish. Stounz o'rniga Niklas Otamendi tushdi.

58. Stounz o'yinni davom ettira olmaydi. Oyog'ining orqa sonlari tortishib qolgandek ko'rinmoqda. Otamendi tayyorgarlik ko'rishni boshlab yubordi. 

57. MYUda standart vaziyat bo'ldi. Ikkinchi qavatda mezbonlar ustun kelishdi.

55. De Bryuyneee... Zarbaaa! Lindelyof qutqarib qoldi va burchak zarbasi. Kevin to'pni qidiryapti, to'p uni qidirib yurayotgandek...

54. De Xea to'pni o'yinga kiritishga shoshmagani uchun ogohlantirildi.

48. "Siti" ikkinchi bo'limni faol boshladi. Silvaning MYU jarima maydonchasi tomon uzatmasi muvaffaqiyatsiz chiqdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+2. Fred to'pni qaytarish jarayonida qo'li bilan o'ynadi. VAR esa bunga etibor qaratmadi va bo'lim yakunlandi. TANAFFUS


45+1. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. To'p uzatish bo'yicha "Siti" oldinda: 288-160.

42. MYU o'z jarima maydonchasiga qamalib qolmoqda. "Siti" yana bir yaxshi imokniyatga ega bo'lmoqda. Qulay nuqta oldidan Silvaning zarbasi xavfli chiqmadi. 

40. Mezbonlarda standart vaziyat! De Bryuynening darvozaga to'g'idan-to'g'ri zarbasi aniq chiqqani yo'q. Bugun uchrashuvni Aguero, Zinchenko, Sane kabi futbolchilar o'tkazib yuborishmoqda. MYUda esa katta yo'qotish, bu Pogba.

38. Jezuss! De Bryuynening qoyilmaqom uzatmasini uvol qildi va boshi bilan biroz noaniq zarba berdi.

35. "Siti"ning yana bir hujumi besamar yakunlandi. De Xea to'pga chiqib keldi.

29. GOL! MYU ikkinchi golni urib ketmoqda! Marsyal chap oyog'ida jarima maydonchasi atrofidan turib zarba yo'lladi va yaqin burchakni aniq nishonga oldi, 0:2.

27. UXXXX. Qanday hotirjam zarba! Ederson darvozasi oldida Reshfordning zarbasidan so'ng nechidir ballik zil-zila sodir bo'ldi. MYUga gol ijobiy tasir qilganini ko'ryapsizmi. Bolalarning ruhiyati ko'tarilib ketdi, shekilli. 

25. RESHFORRRDDDD!!! MYU qarshi hujumga o'tib ketdi va Markusda yaxshi imokoniyat bo'ldi. U esa to'pni etarlicha aylantira olmadi va hisob o'zgarmay qoldi.

23. GOL! Markus Reshford 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi. 0:1.

21. Reshfordga nisbatan qo'pollik va PENALTI! Hakamga bosim boshlandi. Bernardu etirozlarini bildirmoqda. U ogohlantirildi.

16. Ederson uchinchi seyvini ijro etdi! 20-22 metrlardan Marsyal burchakka qarab tepdi, zarba kuchli... Ederson esa mahorat ko'rsatmoqda.

13. "Siti"ning hujumida to'p MYUchilardan birining qo'liga to'p tekkandek ko'rindi. Entoni Teylor hech narsa bo'lmaganini ko'rsatdi va o'yinni davom ettirish kerakligini bildirdi. Ammo, takroriy vaziyatda Lindelyof to'pni bir emas, ikki marotaba qo'li bilan o'ynagani ko'rinib qoldi. Bu erda qo'l va to'p orasidagi masofa uzoq emasdi, deb hakamni oqlash uchun yagona sababni aytish mumkin.

9. Lingardning zarbasiii! Yana bir seyv! Ederson hisobida! MYU azolari chap tarafdan kirib borib zarba yo'llashgandi.

7. O'yin tempi ancha yuqori. Sterling, Silva... Zarbaaa... Silvaning zarbasi bloklandi. SHiddatli futbol boshlanib ketdi.

2. Jeymsss! Uning o'ng qanotdan yaqin burchak tomonga bergan zarbasini Ederson qaytarib qoldi va qarshi hujumda De Bryuynening yo'llagan to'pi himoyachilar tomonidan bartaraf etildi.

1. Uchrashuv boshlandi!

Assalomu alaykum qadrli do'stlar! Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика