So’nggi yangiliklar

09:51АПЛ грандлари Клоппга расмий таклиф билан чиқишган  0 09:22ФИФА хавотирда  6 08:53Флик кечаги кутилмаган мағлубият сабабини айтди  10 08:24"Реал" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  2 08:20Элит ОЧЛ. "Шаржа" - "Насаф" 1:2  2 08:10Ла Лига. "Жирона" - "Барселона" 2:1  7 07:55Sofascore. "Насаф"нинг кечаги учрашувдаги энг яхши ўйинчиси ким бўлди?  2 07:27Рўзиқул Бердиев кечаги учрашувдаги ғалабадан сўнг нималар деди?  7 03:05"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув  162 02:22Элит ОЧЛ. Саудияда голлар шоуси, Нуньеснинг бенефиси ва Ироқда супер камбэк  2 01:46Англия Кубоги. 1/8 финал жуфтликлари маълум бўлди  4 01:25"Мақсадимиз — қасос эмас, Чемпионлар Лигасида ғалаба қозониш!" — Арбелоа "Бенфика" билан ўйин олдидан  2 00:41Моуринью: "Эҳтимол, мен "Реал"дан истеъфога чиқарилмаган саноқли мураббийлардан биридирман"  3 00:22Расман: Азиз Турғунбоев — «Андижон» футболчиси  12 23:54Расман: "Навбаҳор" икки легионер билан шартнома имзолади  4

APL. "London derbisi"da yirik hisob qayd etildi Yangiliklar

APL. "London derbisi"da yirik hisob qayd etildi

Mazkur sahifada Angliya chempionati 5-turining markaziy o'yini matnli tarzda translyaciya qilindi.

Tottenham Hotspur

Premier League . 5-tur

19/09/2021, 21:30

3
:
0
Tugadi

Chelsea

Thiago Silva - 49', N'Golo Kante - 57', Antonio Ruediger - 90'

Stadion: Tottenham Hotspur Stadium, 60059 tomoshabin

Bosh hakam: Paul Tierney

45'
90'
62'  Tanguy Ndombele (Oliver Skipp)
62'  Giovani Lo Celso (Bryan Gil)
83'  Cristian Romero (Davinson Sanchez)
46'  Mason Mount (N'Golo Kante)
49'  Thiago Silva
49'  Marcos Alonso
57'  N'Golo Kante
57'  Mateo Kovacic
70'  Kai Havertz (Timo Werner)
80'  Timo Werner
90'  Antonio Ruediger
90'  Timo Werner

Tottenxem – CHelsi 0:3 

19 sentyabr, 20.30, "Tottenxem Xotspur Stedium"

Gollar:

0:1 – 49 Tiago Silva, 0:2 – 57 Kante, 0:3 – 90 Ryudiger.

Tottenxem – Loris, Emerson, Dayer, Romero (Sanches, 83), Regilon, Xeyberg, Alli, Lo CHelso (Xil, 62), Ndombele (Skipp, 62), Son Xyn Min, Keyn.

CHelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Tiago Silva, Ryudiger, Kristensen, Alonso, Kovachich, Jorjino, Maunt (Kante, 46), Xavertc (Verner, 70), Lukaku.

Ogohlantirishlar:

Verner (80).

SAHIFANI YANGILASH

Pol Tirninin o'yinni yakunlab beruvchi hushtagi chalindi. "CHelsi" muxlislarini ajoyib g'alaba bilan tabrik etamiz.

90+2. Goool! Antonio Ryudiger Vernerning uzatmasidan keyin hisobni yiriklashtirdi — 3:0.

90+1. Kovachich Loris bilan birga-bir vaziyatda to'pni posbonning o'ziga tepdi.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

86. Lukakuning bosh bilan yo'llagan zarbasini Loris bartaraf qildi.

82. Hujumni qaytarishda jonbozlik ko'rsatgan Ugo Loris shifokorlar yordamiga muhtoj.

81. "Tottenxem" jarima maydoni ichiga qamalib qolgan. "CHelsi" raqibga o'yin bermayapti.

80. Brian Xilga nisbatan qo'pollik qilgan Timo Vernerga sariq kartochka ko'rsatildi.

78. Lukakudan qoyilmaqom harakatlar. Belgiyalik futbolchi Vernerni to'p bilan taminladi. Ammo nemis to'pni bo'ysindirolmadi.

77. "Tottenxem" uyg'onolmayapti. "CHelsi"ning bosimi davom etmoqda. Standart ketidan standartlar...

73. Kepa Arrisabalagaga shifokorlar yordami kerak...

71. "Aristokratlar"da o'zgarish: Verner Kay Xavercni almashtirdi.

70. "CHelsi" to'p nazoratiga etibor qaratmoqda.

63. "Tottenxem"da o'zgarishlar: Brian Xil va Oliver Skipp Ndombele va Lo CHelsoni almashtirdi.

57. Gooool! Kantening zarbasi Erik Dayerga tegib darvoza to'riga borib tushdi.

53. Dahshat! "CHelsi"ning shturmi davom etadi. Markos Alonsoning 3 metrdan bergan zarbasini Dayer chiziq ustidan bartaraf qildi.

50. Goool! Alonso burchakdan uzatgan to'pni Tiago Silva darvoza to'riga tashlab qo'ydi.

47. Uxxx! Markos Alonsoning o'tkir burchak ostidan yo'llagan zarbasini Loris qiyinchilik bilan bartaraf qildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "CHelsi"da o'zgarish bo'ldi: Maunt o'rniga Kante tushdi.

45+2. Pol Tirnining hushtagi chalindi. Tanaffus!

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Ndombelening qoshi yorildi shekilli. SHifokorlar qonni to'xtatishga harakat qilib ko'rishdi.

40. Maunt Dele Allidan maydon markazida to'pni olib qo'ydi. Ammo qarshi hujum amalga oshmadi.

36. O'yinda keskinlik ortmoqda. Endi Markos Alonso yiqitildi.

33. Kepa Arrisabalaga va Son o'rtasida to'qnashuv yuz berdi. Koreyalik futbolchi maydonda yotibdi.

24. Bu daqiqaga kelib zarbalar soni "CHelsi" foydasiga: 6-4.

15. Lukaku va Maunt o'rtasidagi kombinaciya gol bilan yakunlanishi mumkin edi. Ammo "Tottenxem" himoyachilari zarbani to'sib qolishdi.

8. Son jarima maydoni ichiga yorib kirdi va maydondan chiqib ketdi. To'pni sheriklariga uzatishga ulgurmadi.

5. Keynning zarbasiga jonli devor to'g'onoq bo'ldi. Yana burchak zarbasi.

4. "SHporlar" endi qulay nuqtadan jarima zarbasi tepishadi.

2. O'yin ancha qizg'in ruhda boshlandi. "Tottenxem" futbolchilari burchak zarbasi ishlab olishdi.

1. Uchrashuv start oldi! To'pni "CHelsi" futbolchilari o'yinga kiritib berishdi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика