So’nggi yangiliklar

12:33"Манчестер Юнайтед" АҚШда турнир ташкил қилади  0 12:10Суперлига 1-туридаги водий дербисидан ГАЛЕРЕЯ  0 11:42"Челси" нидерландиялик ҳужумчига даъвогарлик қилмоқда  0 11:17Гвардиола "Манчестер Сити"нинг қимматбаҳо футболчиси билан хайрлашади. Унга янги клуб топилди  2 10:50«Реал Мадрид» Мбаппега катта миқдорда бонус берди  4 10:18«Атлетико» футболчиси узоқ муддатга четлатилиши мумкин  9 09:52Клаудио Раньери Шомуродов ҳақида фикр билдирди  4 08:49Гвардиола Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  6 08:16Sofascore. Шомуродов кечаги баҳсда қандай баҳога лойиқ кўрилди?  10 07:55Суперлига. Насаф ўз уйида ғалаба қозонди, Шароф Муҳиддиновдан СУПЕРГОЛ!  0 07:40Танишинг! "Насаф"нинг Суперлига-2025 учун тўлиқ қайдномаси  0 03:09Сергей Лушан: "Футболни озгина бўлса ҳам тушунадиган одам бир ойда жамоа йиғиб бўлмаслигини тушунади"  13 02:42А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Аталанта"га шармандали тарзда мағлуб бўлди  21 01:42Вадим Абрамов: "Бизни "Навбаҳор"дек жамоага қарши ўйиндаги дуранг ҳам қониқтирмасди"   11 00:21Киммихнинг "Бавария" билан янги шартномаси бўйича ҳужжатлар тайёр. Келишув 2029 йилгача мўлжалланган  2

APL. Jota "Liverpul" g'alabasini taminladi Yangiliklar

APL. Jota "Liverpul" g'alabasini taminladi

Angliya chempionati 7-turidan o'rin olgan "Liverpul" – "Vest Xem" uchrashuvi matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Liverpul – Vest Xem 2:1 

«Enfild»

Gollar: penalti Saloh 42', Jota 85' - Fornals 10'

Liverpul – Alisson, Fillips, Aleksander-Arnold, Gomes, Robertson, Jons (SHakiri, 71), Veynaldum, Mane, Xenderson, Saloh (Milner, 90), Firmino (Jota, 71).

Vest Xem – Fabianski, Balbuena, Masuaku (Lansini, 89), Coufal, Kressuell, Souchek, Fornals, Bouen (Benraxma, 89), Rays, Ogbonna, Aller (Yarmolenko, 74).

Ogohlantirish: Rays (49). 


O'yin yakunlandi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+2. Fillips Yarmolenkoga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

90. "Liverpul"da almashtirish: Saloh o'rniga Milner o'yinni davom ettirib qo'yadi. 

89. "Vest Xem"da 2 ta o'zgarish: Masuaku o'rniga Lansini, Bouen o'rniga Benraxma tushdi. 

87. Klopp qilgan o'zgarishlar o'zini oqladi. Ofarin! 

85. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Jota baribir gol urdi, bu gal haqqoniy!  2:1!  SHakiri uni ajoyib pas bilan taminlagandi.  

84. Vaqt o'tib boryapti. "Liverpul" oldinga o'tishga shoshilmoqda. 

82. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 75% - 25% 

80. Gol bekor qilindi. Davom etamiz. 

79. Bosh hakam shaxsan o'zi vaziyatni ko'rishini malum qildi va monitor qarshisiga yo'l oldi. 

78. SHoshmaymiz.  Gol VARda tekishirilyapti. Mane darvozabon Fabianskiga nisbatan qo'pollik ishlatgan bo'lishi mumkin. 

77.  GOOOOOOOOOOOOOOOOLL!   Jota "qizillar"ning ikkinchi golini urdi – 2:1!  

74. "Vest Xem"da almashtirish: Aller o'rniga Yarmolenko tushirildi.

74. Zarba!  Manening pasidan keyin Saloh zarba yo'lladi, noaniq. 

71. "Liverpul"da 2 ta o'zgarish: Jons o'rniga SHakiri, Firmino o'rniga Jota tushdi. 

70. Robertsonning ajoyib pasi Fabianski tomonidan to'xtatildi. 

66. Ana xolos!  Fornals qulay imkoniyatni qo'ldan chiqardi. Uning zarbasi yo'liga Robertson to'g'anoq bo'ldi.  

65. Yarmolenko o'yinga tushishga hozirlik ko'rmoqda. 

63. Kressuell maydonda yotibdi, u Arnold bilan to'qnashuvda oyog'idan lat edi, unga tibbiy yordam ko'rsatiladi. 

60. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 72% - 28% 

57. Uchrashuv hozircha teng kurashlar ostida kechmoqda. Bir u, bir bu jamoa hujum tashkil etmoqda.  

54. Gomes Bouenga nisbatan qo'pollik namoyish etdi.

53. Eh, Saloh qulay poziciyada edi, ammo noaniq zarba yo'lladi. 

50. Uuuxx!  Masuaku chap qanotda faollik ko'rsatib, to'pni ichkariga oshirdi, Fornalsning zarbasini Alisson ushlab oldi. 

49. Rays Veynaldumga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi. 

48. Ehhe, Jonsning zarbasi ancha kuchsiz chiqib qoldi. 

47. Firminodan qo'pollik, u Ogbonnani yiqitdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob teng – 1:1. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

42. GOOOOOOOOOL!  Muhammad Saloh penaltidan unumli foydalandi – 1:1!  

40. PENALTI!  Saloh yiqitildi, Masuaku aybdor. 

39. Zarba!  Arnoldning jarimadan tepgan to'pi jonli devorga tegdi.

37. Zarba!  Manening pasidan keyin Robertson kuchli zarba yo'lladi, biroq zarbaga aniqlik etishadi. 

35. Saloh hujumda Kressuellga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

32. "Liverpul"da yaxshi vaziyat yuzaga kelayotgandi, ammo Mane ofsaydda qolgani malum qilindi. 

29. "Vest Xem" tezkor qarshi hujum uyuushtirdi, Bouen so'nggi lahzada pas berishda sustkashlikka yo'l qo'ydi. 

27. Fabianski qanotdan kelgan to'pni ilib olishda yana xato qildi, oxiri baxayr bo'lsin. 

25. Uuuxx!  Mane ichkarida yiqitildi, hakam jim... keyingi vaziyatda Xendersonning erlatib yo'llagan zarbasi xavfli, biroq noaniq ketdi.  

22. Sochekdan Aller tomon uzatma amalga oshirildi, Fillips hujumchidan oldinroq to'pga ega chiqdi. 

20. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 76% - 24% 

18. "Liverpul" o'yindagi birinchi burchak to'piga ega bo'ldi, Robertsonning uzatmasi markazga uchib keldi, ammo himoyachilarga yordamga kelgan Aller xavfni bartaraf etdi. 

16. Arnold ichkariga pas uzatdi, Fabianski to'pni qabul qilib olishda kichik xatoga yo'l qo'yib, o'zi uni to'g'rilashga ulgurdi. 

13. Saloh ichkarida to'pni qabul qilib oldi, ammo Rays unga to'sqinlik qilib, pas berishiga yo'l qo'ymadi.

10. GOOOOOOOOOOOOOOOOLL!  Fornals hisobni ochdi – 0:1!  Gomes to'pni qaytarishda xatoga qo'l urdi va kutilmaganda raqib futbolchisini to'p bilan taminladi. Mahoratli Pablo Fornals bu vaziyatdan foydalanishda adashmadi. 

8. Coufal o'ng qanotdan pas uzatdi, Allerga kelyotgan to'pga egalik qilmoqchi bo'ldi, biroq Fillips to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga ulgurdi.

7. Arnoldning xavfli ko'rinish hosil qilishi mumkin bo'lgan uzatmasini Balbuena qaytardi. 

4. Muhammad Saloh to'pni qabul qilib olishda xatolikka yo'l qo'ydi. 

3. "Liverpul" dastlabki daqiqalardanoq xavfli hujumlar uyushtirishni boshladi. Ogbonna Firminoni yiqitishga majbur bo'ldi. 

1. O'yin boshlandi!

Azizlar, bugun yana bir yubiley bor, aniqrog'i, Mane Premer-ligadagi 200-bahsida qatnashadi.  

Himoyachi Net Fillips Premer-ligada debyut qiladi

Ular stadionda

APLdagi yubiley 100-o'yinida ishtirok etishi kutilayotgan 22 yoshli Trent Aleksander-Arnold statistikasi: 

- 99 o'yin;

- 76 g'alaba;

- 6 gol;

- 27 golli uzatma;

- Premer-liga-2020 g'olibi.

"Enfild" tayyor! Siz-chi? 

Tarkiblar malum! 

- O'yin Toshkent vaqti bilan 22:30 da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Bugun APL 7-turida "Liverpul" o'z maydonida "Vest Xem"ni qabul qiladi. Ushbu bahsni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.  

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика