So’nggi yangiliklar

00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  0 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  1 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  2 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  5 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2 18:29Ўзбекистон терма жамоасининг иккинчи кун машғулотлари — Шомуродов, Турғунбоев ва Ҳусанов Тошкентда  5

APL. "Liverpul" – "Tottenxem" va boshqa bahslar uchun prevyu Yangiliklar

APL. "Liverpul" – "Tottenxem" va boshqa bahslar uchun prevyu

Teglar :  Prevyu APL
Angliya chempionati 13-turiga oid malumotlar bilan tanishing.

O'tgan tur xususida

CHempionatning 12-turida mezbonlar atigi 4 ta o'yinda g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lishdi. Ushbu mavsum natijalarini oldindan aytib bo'lmasligi hech qachon hayratda qoldirmaydi va o'tgan tur ayniqsa, ajralib turibdi.

2020/21 yilgi mavsum juda kam uchraydigan voqealarga boy. SHunday qilib, 12 yil ichida birinchi marotaba ular – “Manchester Siti", “CHelsi", MYU, “Tottenxem", “Arsenal" va “Liverpul" bitta turda zafar qucha olmadilar. APL tarixida hech qachon chempionat etakchisi 12 uchrashuvdan so'ng 25 ochko to'plagan emas. SHuningdek, bu bosqichda birinchi va o'ninchi o'rin orasidagi farq hech qachon etti ochkoni tashkil qilmagan.

Kuchli uchlikning "qoqilishi" hamda "Sautgempton" va "Lester"ning g'alabalari evaziga jamoalarning jadval yuqorisidagi o'rni yanada jipslashdi. Xuddi shu narsa o'rta qatorda ham bor – oltinchi o'rinni uchinchi o'rindan atigi 3 ochko ajratib turibdi. Bo'lajak turda ham peshqadamlar yana ochko yo'qotishlari ehtimoli mavjud. CHunki bizni "Liverpul" va "Tottenxem" o'rtasidagi duel kutmoqda.

Turning asosiy intrigalari

"Kutilmagan parad" davom etadimi?

Hatto klublar evrokuboklardagi so'nggi o'yinlarda qo'l urgan rotaciyalarga qaramay, liderlarning muvaffaqiyatsizliklarini tig'iz taqvimga osongina bog'lash mumkin. Masalan, "Tottenxem" 13 hafta ichida 22 uchrashuv o'tkazgan bo'lsa, "Kristal Pelas" shu davrda 13 o'yin o'tkazgan. Buning ortidan katta zaxiraga ega jamoalar ham ochko yo'qotishdan holi emas.

Har qanday jamoa bir-birini mag'lub eta oladigan liga shon-sharafini "Vest Bromvich" va "SHeffild Yunayted"ning juda sust ko'rsatkichlari biroz buzmoqda. Ammo bir kun ular ham bizni ajablantirishi mumkin. Faqat bitta savol: qachon?

Ushbu haftadan boshlab klublar teng sharoitlarda harakat qilishadi. CHunki "Boxing day"da haftada ikki tur bo'lib o'tadi. Endi evrokuboklarda o'ynamaydigan jamoalarning tiklanishi uchun kamroq vaqt bo'ladi. SHunday qilib, ular ikki oy davomida tinim bilishmaydi. Va bu narsa shuni ko'rsatadiki, ushbu omil natijalarni yanada chalkashroq qiladi.

"Arteta out"

"Arsenal" qatiyat bilan pastga qarab sho'ng'ishda davom etyapti. "Hujumga o'tishdi, ammo qulga aylanishdi" deganlari shu bo'lsa kerak-da. "Byornli" bilan o'yinda Obameyang nihoyat gol urdi, faqat o'z darvozasiga. Mavsum oldidan rejalashtirilgan kuchli 4 likka kirish maqsadi amalda deyarli ligada jon saqlash holatiga kelib qoldi. Londonliklar 1959 yildan buyon birinchi marta ketma-ket 4 uy uchrashuvida mag'lub bo'lishdi. Gollar statistikasi ham xuddi shunday uyatli. APLdagi 12 o'yinda 10 ta gol – 1981/82 yildan beri uchramagan eng yomon ko'rsatkich. Tabiiyki, angliyaliklar Mikel Artetaning "Asrenal"iga nima bo'lganligi bilan qiziqmoqda. Football London insayderlari ispaniyalikning asosiy futbolchilar bilan munosabatlari yomonlashgani haqida bir nechta axborotga ega bo'ldilar.

Aytishlaricha, Arteta "Lids" bilan uchrashuvda maydondan chetlatilgan Nikolya Pepeni omma qarshisida tanqid qilgan, shundan so'ng tushunmovchiliklar yuzaga kela boshlagan. Ko'plab futbolchilar mashg'ulotlarda issiyotsiz yondashmoqdalar, shu qatorda "Byornli" bilan uchrashuvda chetlatilgan Granit Jakani ham ko'rsatib o'tish mumkin. So'nggi haftalarda Artetaning David Luis bilan munosabatlari keskinlashdi. Manbalarning fikriga ko'ra, murabbiy braziliyalik bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilmayapti.

Ispaniyalikning texnik direktor Edu bilan hosil qilgan duetiga savollar mavjud. Aytilishicha, bu juftlik 28 million funt sterlingga sotib olgan Salibani mensimaydi. Futbolchi Emerining davrida jamoaga jalb qilingani bois unga etibor qaratilmayapti. Qisqasi, "Arsenal"da haqiqiy falokat yuz berdi. Twitter'dagi #Arteta_Out xeshteglari endi hech kimni ajablantirmay qo'ydi va chetlatish 13-turdan keyin sodir bo'lishi ehtimoli yo'q emas. "Arsenal" navbatdagi turda o'z uyida, lekin hozirda to'rtinchi o'rinda turgan "Sautgempton"ga qarshi o'ynaydi...

Hozirgi “CHelsi”da ozroq “nosozlik” kuzatilmoqda

So'nggi turda londonliklar kuchli uchlikdagilar ichidan birinchi bo'lib qoqilishdi. "Everton"dan uchralgan mag'lubiyat ikki sababga ko'ra unchalik muhim bo'lib chiqmadi. Birinchidan, raqiblar orasidagi farq unchalik kattalashib ketmadi. Ikkinchidan, "Tottenxem" va "Liverpul"ning duranglari tufayli bu narsa sodir bo'lmadi. "CHelsi" ketma-ket 3 o'yinda gol o'tkazib yubordi.

"CHelsi"ni oldinda kutilmagan to'qnashuvlar kutmoqda. Londonliklar "Vulverxempton" safaridan keyin 6-o'rinda borayotgan "Vest Xem", undan so'ng "kanonirlar" bilan bahs bo'lib o'tadi.

Frenk Lempard jamoasi o'z darvozasi daxlsizligini saqlash nima ekanligini eslashi bilan bir qatorda yaratilgan vaziyatlardan foydalanishni bilishi vaqti keldi. Aks holda yangi yildan keyin mavsumning qolgan qismi uchun maqsadlarni ko'rib chiqib, o'zgartirishga to'g'ri keladi.

"Fulxem" va "Byornli" "tirik"

Ushbu mavsumda 4 ta autsayderdan 2 tasida "hayot alomatlari" ko'rinmayapti. Bu ayniqsa, "Byornli"ga tegishli. SHon Daych shogirdlari so'nggi 5 o'yindan faqat 1 tasida mag'lubiyatga uchrashdi. Bu o'yinlarda sakkiz ochko to'plashdi. To'xtash ehtimoldan yiroq emas. "Byornli" "Aston Villa" bilan mehmon o'yinidan keyin "Vulverxempton", "Lids", "SHeffild Yunayted" va "Fulxem" bilan o'yinlar navbatda turibdi. Menimcha jamoa taqvimdan rozi, chunki o'ta murakkab emas.

"Fulxem" haqida ham shu narsani aytish mumkin. To'g'ri, taqvim murakkabroq. "Brayton" va "Nyukasl" bilan uchrashuvdan so'ng "Sautgempton" va "Tottenxem" "bekat"da kutib turibdi.

Xullas, "Vest Bromvich" va "SHeffild Yunayted"dan farqli o'laroq, ikkala jamoa ham omon qolib, APLda qolish istagini amalda namoyish etishmoqda.

"Vulverxempton" – "CHelsi" (15.12 23:00)

Ikkala jamoa ham so'nggi turdagi omadsizliklardan g'azablanmoqda. "Vulverxempton"ning mag'lubiyati ayniqsa, tajovuzkor ko'rinishga ega. "Aston Villa" bilan o'yinda hammasi 0:0ga qarab ketayotgandi, qo'shimcha vaqtda "bo'rilar" darvozasi tomon penalti belgilandi va u golga aylandi. Nunu Eshpiritu Santu shogirdlari 12 o'yindan 5 tasida yutqazib, 13-o'rinni egallab turibdi.

"CHelsi" Angliya Liga Kubogining "Tottenxem"ga qarshi o'yinida asosiy vaqtdagi durangni hisobga olgan holda 17 uchrashuvdan so'ng birinchi marta mag'lub bo'ldi. Frenk Lempard "Everton" bilan o'yindan so'ng so'nggi 6 o'yinda atigi 1 ta gol urgan Kay Xavercni himoya qildi. U shuningdek, ushbu mavsumda muntazam ravishda qatnashmayotgan Kristian Pulishichning safga qaytayotganini elon qildi. "Vulverxempton"ning yo'qotishi – "Aston Villa" bilan uchrashuvda qizil kartochka olgan Joau Moutinyudir. 

"Manchester Siti" – "Vest Bromvich" (16.12 01:00)

"Manchester Siti" so'nggi to'rt uchrashuvning uchinchisida autsayder bilan uchrashyapti. "Byornli" va "Fulxem" umumiy 7:0 hisobida mag'lub etildi va "Vest Brom"ning ulardan ustunligini tasavvur qilish qiyin.

"Tottenxem"dan 2 ta gol o'tkazib yuborgan "shaharliklar" ketma-ket 3 uchrashuvda o'z darvozalaridan to'p olib chiqishmayapti. SHuning uchun, jurnalistlar Agueroning holati haqidagi savolga qo'shimcha ravishda Gvardioladan markaziy himoyachilar mavzusida so'rashdi – "Lyaport nega o'ynamayapti?"  

Va Pep bu savolga javob berdi: "Stounz-Diash juftligi soat kabi ishlamoqda, nega men nimanidir o'zgartirishim kerak?" 

"Vest Bromvich"ga to'xtalsak, tarkibning yarmini yo'qotgan "Nyukasl"dan ochko ololmagan jamoadan nimanidir kutish qiyin. "Manchester Siti" safari ularga qimmatga tushishini taxmin qilish mumkin, xolos.

"Arsenal" – "Sautgempton" (16.12 23:00)

Agar bu Arteta boshchiligidagi "Arsenal"ning so'nggi o'yini bo'lsa-chi? Bu 13-tur oldidan kutilgan umidlar. Hozirgi "Sautgempton" mehmonda g'alaba bilan hisoblashishga qodir.

Bundan tashqari, "Arsenal" qizil kartochka olgan Granit Jakaga qo'shimcha ravishda sariq kartochkalari ko'payib ketgan Ektor Bellerinni qo'shishi mumkin. Ikkalasi ham diskvalifikaciya tufayli o'yinni o'tkazib yuboradi. "Sautgempton"da umuman yo'qotishlar mavjud emas, har holda Ralf Xazzenxyutl o'yinoldi matbuot anjumanida shunday dedi.

"Lester" – "Everton" (16.12 23:00)

"Lester" "Brayton"ning qarshiligini sezmadi (3:0). "Everton" esa 7 o'yindan 1 tasida halabaga erishib, hali jamoa o'zida ekanligini ko'rsatdi.

"Lester" ushbu mavsumdagi muvaffaqiyatsiz natijalar bilan ajablantirmoqda, "tulkilar" "Manchester Siti"ni safarda mag'lub etishi mumkin, ammo o'z uyida "Fulxem" yoki "Vest Xem"ga yutqazadi.

Asosiysi, "Lester" futbolchilarining aksariyati jarohatlardan yiroq, bu esa mezbonlar g'alabasi uchun katta imkoniyat yaratadi. Xullas, qiziq bahs guvohiga aylanamiz.

"Liverpul" – "Tottenxem" (17.12 01:00)

Qiziq, kimdir chempionatning 13-turiga kelib "Tottenxem" va "Liverpul" ushbu uchrashuvga ikki etakchi maqomida yaqinlashadi deb taxmin qilishi mumkinmidi "Mersisaydlar"ning oxirgi bir necha yildagi mavqeyi hech kimni ajablantirmaydi, albatta. Ammo, "Tottenxem"...

"Tottenxem" endi "Kristal Pelas" bilan bo'lganidek boshqalarga ochko bermasligi lozim. Raqiblarning ham ochko yo'qotgani "shporlar" foydasiga xizmat qildi. Bunday lahzalar "Liverpul"ga qaraganda londonliklarga ko'proq bosim o'tkazishi mumkin. Klopp jamoasi bir necha mavsumdan buyon chempionlik uchun kurash olib boryapti, bu ularga yangilik emas, "Tottenxem"ning ko'plab o'yinchilari uchun esa bunday hissiyot - yangilik.

Bunday paytlarda jamoalarning hozirgi sport formalari har doim ham birinchi planga chiqavermaydi. Bunday vaqtda iroda, kerakli natija yo'lida birlashish va chidamlilik qobiliyati qo'l keladi. Bu borada albatta, Joze Mourinyuning ulkan tajribasi foyda keltiradi. Portugaliyalik katta uchrashuvlarda o'ziga ishonadi – u ehtiyotkorlik bilan o'ynab, to'pni raqibga beradi va o'z imkoniyatini kutadi.

Londonliklar oxirgi marta "Enfild"da 2011 yili APL doirasidagi bahsda g'alaba qozonishgan. SHu tariqa "shporlar" "Liverpul"ga qarshi so'nggi 26 uchrashuvdagi 1 ta g'alabasidan tashqari 8 ta durang va 17 ta mag'lubiyatni qayd etishgan.

Klublar turning markaziy uchrashuvida ehtiyotkor o'yin namoyish etishsa kerak, yana kim bilsin.

"SHeffild Yunayted" – "Manchester Yunayted" (18.12 01:00)

"SHeffild Yunayted"ga ochig'i odamning rahmi keladi. Jamoa jadvalning pastki qismiga mahkam joylashib olgan va bir yildan so'ng CHempionshipdan APLga qaytish imkoniyatini o'ylab qolsa ajabmas. 

"Manchester Yunayted" "Manchester Siti" bilan durang o'ynaganidan qoniqdi, bu yaxshi natija sifatida baholanishi mumkin. 

"SHeffild Yunayted" ko'pincha osonlikcha taslim bo'lmaydi – faqat vaqti-vaqti bilan "Sautgempton"dan 0:3 yoki "CHelsi" dan 1:4 kabi dahshatli mag'lubiyatlarga uchrab turadi.

SHuningdek, ushbu turda quyidagi o'yinlar o'tkazilishi ko'zda tutilgan:

16.12 23:00 "Lids" – "Nyukasl"  

17.12 01:00 "Vest Xem" – "Kristal Pelas" 

17.12 01:00 "Fulxem" – "Brayton"

17.12 23:00 "Aston Villa" – "Byornli"


SHerzod Nurmatov tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика