So’nggi yangiliklar

23:15Расман: Лукакунинг янги жамоаси маълум қилинди  0 23:00Конференциялар лигаси саралаши. "Панатинаикос" - "Ланс" (матнли трансляция)  0 22:59Жароҳатлар таъқибига учраётган Ўзбекистон терма жамоаси тайёргарлигидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:56Ла Лига. "Лас-Пальмас" - "Реал Мадрид": Браим Диас асосий таркибда  0 22:48Конференциялар лигаси саралаши. "Серветт" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 22:15ЕЧЛ янги мавсумига қуръа ташланди!  43 22:03Конференциялар лигаси саралаши. "Ланс"нинг "Панатинаикос"га қарши асосий таркиби маълум бўлди  4 21:49Эрон. "Истиқлол" "Истиқлол"га қарши. Машарипов асосий таркибдами?  0 21:23Чеферин: "Суперлига ҳеч қачон бўлмайди!"  3 20:48МЮнинг 64 млнлик "биллури" сафдан чиқди  3 20:18Роналду: "Ҳеч қачон қўрқоқ бўлмаганман"  12 19:47"Реал" 2030 йилгача Эндрикнинг ҳар бир голи учун 35 000 доллардан тўлаб боради  8 19:19Футболчиларни сотиб ололмаётган "Барселона" эркин агент топди, аммо яна битта муаммо бор  4 19:11Де Росси Шомуродовга ишонишни бошлади. Аввалги мураббийлар нима қилган?  7 18:12Нима? Кьеза кутилмаганда АПЛ гранди билан шартнома имзолади   8

APL. "Liverpul" uyda irodali g'alabaga erishdi Yangiliklar

APL. "Liverpul" uyda irodali g'alabaga erishdi

APLning 5-turi doirasidagi "Liverpul" hamda "Nyukasl" klublari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdan matnli translyaciyani shu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

Liverpool

Sadio Mane - 28', Sadio Mane - 40', Mohamed Salah - 72'

Premier League . 5-tur

14/09/2019, 16:30

1
:
3
Tugadi

Newcastle United

Jetro Willems - 7'

Stadion: Anfield, 51430 tomoshabin

Bosh hakam: Andre Marriner

45'
90'
28'  Sadio Mane
28'  Andrew Robertson
37'  Divock Origi (Roberto Firmino)
40'  Sadio Mane
72'  Mohamed Salah
72'  Roberto Firmino
75'  Alex Oxlade-Chamberlain (James Milner)
84'  Georginio Wijnaldum (Xherdan Shaqiri)
7'  Jetro Willems
7'  Christian Atsu
67'  Miguel Almiron (Yoshinori Muto)
67'  Emil Krafth (Javier Manquillo)
80'  Fabian Schaer (Federico Fernandez)

APL

5-tur, 14.09.2019

"Enfild", Liverpul

Bosh hakam: Andre Marriner

"Liverpul" - "Nyukasl" 3:1

Gollar: S.Mane 28, 40, M.Salah 72  - Y.Villems 7.

"Liverpul": Adrian, Trent Aleksandr-Arnold, Joel Matip, Virjil Van Deyk, Endryu Robertson, Fabino, Jorjino Veynaldum (Jerdan SHakiri, ), Aleks Oksleyd-CHemberlen (Jeyms Milner, 75), Sadio Mane, Muhammad Salah, Divok Origi (Roberto Firmino, 37).

"Nyukasl": Martin Dubravka, Emil Kraft (Mankillo, 67), Fabian SHar, Jamal Laskells, Pol Dammet, Yetro Villems, Isaak Xayden, Jonjo SHelvi, Kristian Atsu, Migel Almiron (Yoshinori Muto, 67), Joelinton.

MATNLI TRANYALCIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. Klopp shogirdlaridan irodali g'alaba.

Andre Marriner ikkinchi bo'limga ham 3 daqiqa qo'shib berdi.

88 - Gol, ammo hisobga olinmadi. Roberto Manega pas berishdan oldin o'yindan tashqari holatda qolib ketgan edi.

87 - Zarbaaa, Salah va Arnold bitta joyda paydo bo'ldi. Zarbani o'ng qanot himoyachisi berdi, mehmonlar kiperidan navbatdagi seyv.


82 - Firminoning bugungi paslari uchun unga bir emas, bir nechta muzqaymoq berish kerak.

72 - Goooooollllll, Salah nihoyat gol urdi. Yana Firminodan aqlli va shedevr pas. 2 daqiqa oldin Roberto haqida yozgan edik. Bugungi uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi dubl qayd etib turgan Mane emas, aynan Firmino.

Firminoning zaxiradan o'yinga qo'shilishi "Liverpul"ni keskin kuchaytirib yubordi. Braziliyalik Mane, Arnold va Robertsonlarni deyarli birga-bir vaziyatlarga chiqarib yubordi. Ulardan faqat Mane imkoniyatdan foydalana oldi.

67 - Stiv Bryus biryo'la ikkita o'zgarishni amalga oshirdi. Almiron o'rniga yaponiyalik Muto, Kraft o'rniga esa Mankillo maydonga tushdi.

63 - Zarbaaa, Firmino bu safar Robertsonni birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Yana Dubravka qutqardi.

56 - Firmino bu safar Arnoldni zarba berish uchun qulay joyga chiqarib yubordi. Dubravka qutqardi.

55 - Zarbaaa, Ehh, Atsuning pasidan keyin Emil Kraft Adrian darvozasi tomon zarba berish uchun juda qulay poziciyada qolgan edi. Afsuski, u to'pni juda yuqoriga tepib yubordi.

49 - Robertsonning pasidan keyin Veynaldum to'pni to'xtatib havoning o'zida noodatiy uslubda zarba berdi. Biroz yuqoridan o'tib ketdi.

Sadio Mane APL doirasida "Enfild"da o'tkazilgan oxirgi 21ta o'yinda 20-golini kiritdi. "Enfild"dagi haqiqiy "killer".

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

"Liverpul" birinchi bo'limning o'zida iroda ko'rsatdi. Hozircha tanaffus.


Mane birinchi golini urgan vaziyat.


45+1 - Veynaldumning aniq va kuchsiz zarbasini Dubravka ushlab oldi.

Uchta gol urilgan birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

40 - Goooooolllllll, Yana Maneee!!! Maydon markazida Firmino to'pni Atsudan olib qo'ydi va Sadioga uzatdi. Dubravka avvaliga to'pni qaytargandek bo'ldi, ammo to'p yana Mane oyoqlari ostida paydo bo'ldi.

37 - Afsuski, Origi chiziq bo'ylab raqibni chalg'itmoqchi bo'lgan noqulay tarzda yiqilib tushdi va jarohat olib maydonni tark etdi. Uning o'rniga Roberto Firmino maydonga tushdi.

32 - Van Deykning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi tribunadagi muxlislar sari yo'l oldi.

28 - Gooooooollllll, Robertsonning pasi va Manedan chiroyli gol. Sadio ham Villems kabi chap tomondan uzoq yuqori burchakni poyladi.

26 - Salahning o'ng oyoqda tepgan to'pini himoyachilar maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi.

24 - Zarba, Origi bir vaziyatning o'zida ikki bor Dubravka darvozasini ishg'ol qila olmadi.

21 - Bryus shogirdlari hozircha har bir to'p uchun juda keskin kurashishmoqda, bunday holatda gol urish mezbonlarga oson bo'lmaydi.


16 - Salah burchak zarbasini amalga oshirganidan keyin Dubravka to'pni urib yubordi. Klopp shogirdlarini tezroq "uyg'otishi" kerak. Hozircha, ular o'zlariga o'xshashmayapti.


 Mana o'sha golga aylangan zarba.


11 - Zarba, CHemberlenning uzoq pastki burchakka tepgan to'piga biroz aniqlik etishmadi.

7 - Goooollllll, Yetro Villems Atsuning pasidan so'ng chap tomondan to'pni o'ngga olib Aleksandr-Arnoldni dog'da qoldirdi va Adrianning uzoq yuqori burchagiga zarba berdi. Juda chiroyli gol.

5 - Oldingi o'yinda Manega zarur paytda pas bermagan Salah hozir to'pni unga oshirdi. Ammo, raqib himoyachilari to'pni qaytarishdi.

Bugun Klopp shogirdlaridan Alisson va Nabi Keyta o'yindan tashqari holatda. "Nyukasl"da esa hujumlarni tashkil etishda asosiy o'yinchilardan biri bo'lgan Mett Ritchi safda emas.

Uchrashuvga start berildi.


"Liverpul" kiyinish xonasi, o'zingiz baho bering.


Jamoalar maydonga tushib kelishdi. Xushtak chalishdan oldingi rasmiy tadbirlar o'tkazilmoqda. Bu orada esa "Enfild" jo'r bo'lib "You'll never walk alone"ni kuylamoqda.


Bugun "hakkalar" zaxirasida qolgan yaponiyalik hujumchi Yoshinori Muto.



Muxlislar allaqachon stadionni to'ldirib bo'lishgan.


"Liverpul" avtobusi "Enfild"ga etib kelgan palla.


- Premer-ligada hozircha ochko yo'qotmagan yagona jamoa bo'lib turgan "Liverpul" bugun "Enfild"da "Nyukasl"ni qabul qiladi. Stiv Bryus Klopp jamoasiga qarshi qanday chora topa olganiga taxminan 2 soatdan so'ng baho berishimiz mumkin bo'ladi.


Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>>>> APL

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика