So’nggi yangiliklar

14:55"Сўғдиёна" Ғузорда "Шўртан" устидан ғалабани тантана қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:32Флик "Севилья"дан қабул қилиб олинган шармандали мағлубиятдан кейин ўзини ҳимоя қилди  6 14:03"Арсенал" сардорининг жароҳати ҳақида маълумот берди  0 13:35Ўзбекистон ва Озарбайжон мезбонлик қиладиган U-20 Жаҳон чемпионати ҳақида нималарни биламиз?  2 13:1018 ёшида Ўзбекистоннинг энг яхши футболчиси бўлган Александр Гейнрих 41 ёшга тўлди  61 12:44Жордан Пикфорд Дэвид Симэннинг АПЛдаги ютуғини такрорлади  1 12:19Каннаваро Тошкентда   18 12:10Манба: Ўзбекистон Каннаварога Хитойга қараганда 8 баравар юқори маош таклиф қилган  25 11:49Келишилган ўйинлар ва ўйинчиларнинг миллионлаб пул тикишлари аниқланди  2 11:23"Реал" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр. У Гвардиолага керак  2 10:46Италия футболининг яна бир афсонасининг ўғли А Серияда дебют қилди  1 10:15Sofascore. Захирадан майдонга тушган Файзуллаев ҳужум чизиғидагилар орасида энг катта баҳо олганлар орасида. Шомуродов эса...  11 09:42Акмал Рустамов: "Улар айни вақтда жароҳатдан даволанишмоқда"  0 08:48Отабек Нарзуллаев: "Битта хато - мағлубиятга олиб келди"  0 08:45Лига 1. Ансу Фатининг дубли "Монако"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  3

APL. Saloh xet-trik qayd etgan dramatik o'yinda "Liverpul" "Lids" ustidan g'alaba qozondi Yangiliklar

APL. Saloh xet-trik qayd etgan dramatik o'yinda "Liverpul" "Lids" ustidan g'alaba qozondi

Angliya Premer-ligasi 1-tur doirasidagi "Liverpul" - "Lids" o'yini bo'lib o'tdi.

Liverpul – Lids 4:3 

«Enfild»

Gollar: 1:0 – 4, penalti Saloh, 1:1 – 12 Xarrison, 2:1 – 20 van Deyk, 2:2 – 30 Bemford, 3:2 – 33 Saloh, 3:3 – 66 Klix, 4:3 – 88, penalti Saloh.

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold (Matip, 89), Gomes, van Deyk, Robertson, Keyta (Fabino, 58), Veynaldum, Saloh, Xenderson (Djons, 66), Mane, Firmino.

Lids – Mele, Kox, Eyling, Dallas, Streyk, Fillips, Ernandes (Roberts, 62), Klix (SHeklton, 81), Xarrison, Elder Koshta, Bemford (Rodrigo, 62).

Ogohlantirish: Firmino (76).


O'yin tugadi. Jamoalarga ajoyib o'yin uchun rahmat aytamiz. APL yangi mavsumi chiroyli start oldi. 

90+2. "Lids" vaziyat yaratishga urinmoqda. 

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi. 

89. "Liverpul"da o'zgarish: Arnold o'rniga Matip tushirildi. 

88. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! Saloh penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirdi - 4:3! 

87. Penalti! Fabino yiqitildi. 

87. Uuuxx! Firmino qulay imkoniyatdan foydalana olmadi, to'p himoyachiga tegib qoldi. 

85. "Lids" so'nggi daqiqalarda "Liverpul"ga qaraganda ko'proq to'pga egalik qilmoqda. 

83. Jons yaxshi hujum tashkil etishga kirishdi, ammo vaziyat omadsiz yakunlandi. 

81. "Lids"da o'zgarish: Klix o'rniga Sashev o'yinga qo'shildi. 

77. "Liverpul" hujumchisi Roberto Firminoga sariq kartochka ko'rsatildi.

73. Goldan biroz oldin (66) Xenderson o'z o'rnini Jonsga bo'shatib bergan edi.

66. Goooollllll!!! Klixxxxxxxxx!!!!!! "Liverpul" jarima maydonchasi ichida to'pni ajoyib tarzda bo'ysundirgan o'yinchi Alisson darvozasiga to'pni qadab qo'ydi.

62. Nihoyat, ispaniyalik yulduz maydonda: Rodrigo Bemfordni almashtirdi. Bundan tashqari, Ernandes maydonni tark etdi, Roberts uning o'rnida harakat qiladi.

59. "Liverpul"dan o'zgarish: Keyta o'rnini Fabino egalladi.

55. O'yin sokinlashdi. Zarbalar bo'yicha "Liverpul" yaqqol ustun: 12-3

49. Veynaldum darvozaga yaqin joyda Mele darvozasiga xavfli zarba berdi, ammo "Lids" to'rtinchi goldan qutulib qoldi.

46. Hakam ikkinchi bo'limga start beruvchi hushtakni chaldi.

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI

45. Hakam birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

40. Manening jarima maydonchasi ichida bergan zarbasi xavfli chiqqandi va darvozabon seyv ijro etdi, hakam esa ofsayd qayd etdi, ammo bu erda o'yindan tashqari holat yo'q edi. 

37. Bugungi o'yinda himoyachilar shunchaki "rasvo" o'ynashmoqda va shu sabab gollar ham kam emas.

33. Salah! Hujumchi jarima maydonchasi ichidan raqib darvozasiga to'pni "qadab qo'ydi".

30. Goool!! Van Deykdan xato! Bemfordda dubl, "Liverpul" himoyachisidan esa o'ta qo'pol xato.

28. Meledan ajoyib seyv! Zarba muallifi esa "Lids" o'yinchisi Streyk. Avtogol bo'lishiga bir bahya qolgan edi.

25. Xenderson jarima maydonchasiga kirmasdan raqib darvozasini nishonga oldi. Zarba kuchli, ammo darvozabon o'z o'rnida.

20. Van Dek! Robertson burchak zarbasidan so'ng to'pni jarima maydonchasi ichiga tashlab berdi. "Lids" o'yinchilari juda ham bo'sh o'ynashdi va niderlandiyalik futbolchi qiyinchiliksiz gol urdi.

16. Robertsonda ofsayd bor edi. Darvozabon oldinga chiqib ketganidan so'ng Mane to'pga egalik qilib "Lids" darvozasini ishg'ol etgan edi. Ammo, oldinroq shotlandiyalik himoyachi o'yindan tashqari holatda edi!

12. GOOOOLLLLL!! "LIDS". Xarrison "Liverpul"ning ikki o'yinchisini osonlik aldab o'tdi va to'pni Alisson darvozasiga joylab qo'ydi.

8. Gool! Ofsayd! "Lids" hisobni tenglashtirgan edi, ammo "oqlar" o'yinchisi ofsaydda qolib ketgan edi.

4. Salahhhhhhhhh. Gooooooooollllllll! Misrlik futbolchi 11 metrlik nuqtada adashmadi.

4. Penalti! Salahning jarima maydonchasi ichida bergan zarbasini "Lids" o'yinchisi qo'li bilan qaytardi.

2. Firmino! Braziliyalik hujumchini Keyta ajoyib vaziyatga chiqarib yuborgan edi. Ammo, Roberto yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi.

1. O'yinga start berildi!

- Jamoalar o'yin oldidan

- Assalom aleykum futbol ishqibozlari. Tez orada boshlanadigan Angliya chempionati 1-tur doirasidagi "Liverpul" - "Lids" o'yinini birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика