So’nggi yangiliklar

14:18⚡️Сречко Катанец Париж-2024да иштирок этган Ўзбекистон олимпия терма жамоаси ҳақида қандай фикрда?   2 13:53ЖЧ-2026 саралаши. БАА терма жамоасига чақирилган футболчилар рўйхати маълум  2 13:24ЖЧ-2026 саралаши. Эрон бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда клубсиз футболчилар ҳам бор  5 12:49Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" ўйини ҳақида: "Кечирасизлар, аммо тушунинг, мен Гарри Поттер эмасман"  12 12:23ЖЧ-2026 саралаши. Қатар бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда Испания клубидан чақирилган футболчи ҳам бор  5 11:54Футзал. Марокаш футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  0 11:40Жейдон Санчо: "Тўғрисини айтсам, ёшлигимда Дидье Дрогба ва Фрэнк Лэмпард кумирларим эди"  5 11:11Карикатура: Каземиро "Олд Траффорд"да "Ливерпул"га эшикларни очиб берди  6 10:33Муҳаммад Салоҳ келаси ёзда "Ливерпул"ни тарк этиши мумкинлигини маълум қилди  0 09:51Эрик тен Хаг: "Мен сиздек инсонларга ачинаман"  15 09:20Арне Слот 88 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди  4 08:47Sofascore. 10 дақиқа ҳаракат қилган Шомуродов, 82 дақиқа ҳаракат қилган Довбик билан деярли бир хил баҳога лойиқ кўрилди  4 08:35Туркия чемпионати. "Башакшехир"да йирик ғалаба, Пёнтекдан хет-трик! (+мусобақа жадвали)  2 08:17"Кайсериспор" Отабек Шукуровни трансфер қилишга яқин  6 08:10А Серия. 3-турнинг марказий учрашувида ҳисоб очилмади, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  5

APL. "Liverpul" ortiqcha qiyinchiliksiz "Lester"ni mag'lub etdi Yangiliklar

APL. "Liverpul" ortiqcha qiyinchiliksiz "Lester"ni mag'lub etdi

Angliya chempionati 9-turidan joy olgan "Liverpul" – "Lester" bahsi matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Liverpul – Lester 3:0  

«Enfild»

Gollar: avtogol Evans 21', Jota 41', Firmino 86'

Liverpul – Alisson, Fabino, Matip, Robertson, Jons, Keyta (Neko Uilyams, 54), Diogu Jota (Origi, 89), Veynaldum, Mane (Minamino, 89), Milner, Firmino.

Lester – SHmeyxel, Fofana, Fuks (Under, 62), Evans, Jastin, Tilemans, Mendi, Meddison, Olbrayton, Barns (Pratt, 62), Vardi.

Ogohlantirishlar: Jastin (45), Mendi (66). 

 

Bahs o'z nihoyasiga etdi. "Liverpul" muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+2. Vardining uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

89. "Liverpul"da 2 ta o'zgarish: Jota o'rniga Origi, Mane o'rniga Minamino tushdi. 

86. GOOOOOOOOOOOOOOOL!  Firmino!  Milnerning burchakdan uzatgan to'pidan keyin Firmino boshi bilan o'tkir burchakni aniq nishonga oldi – 3:0! 

84. Zarba!  Mane olis masofadan zarba yo'lladi, SHmeyxel qaytardi! 

82. "Lester" to'p nazoratini o'z qo'liga olgan holda vaziyat yaratishga urinyapti. 

79. Olbraytoning uzatmasiga darvozasidan yugurib chiqqan Alisson ega chiqdi. 

77. Qanday vaziyat!  Firmino birga-bir holatni golga aylantira olmadi, zarbadan keyin to'p darvoza to'siniga tegdi, keyinga zarbani Mane tepdi, SHmeyxel qaytardi. Qoyil!  

76. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 62% - 38%

74. CHap qanot orqali tezlik olgan Robertson Fofana tomonidan yiqitildi, jarima.  

73. Jotaga tibbiy yordam ko'rsatildi, hammasi joyida. 

72. Jota zarba bergach, Fofana bilan to'qnashib ketdi. Lekin qoida buzilmagani bois penalti belgilanmasa kerak. 

70. Milnerning burchak zarbasidan amalga oshirgan pasini Vardi qaytardi, hujumchi himoyachilarga yordamga kelgan. 

69. Olbrayton to'pni havolatib ichkariga oshirdi, biroq Vardi ofsaydda qolgani malum bo'ldi. 

68. Bu gal Meddsionni Milner yiqitdi. 

67. Meddison Jons tomonidan qoida buzish evaziga to'xtatib qolindi. 

66. Mendi maydon markazida Veynaldumga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

65. Zarba!  Underdan kuchli zarba, ammo u darvozaga qadar etib bormasdan himoyachiga tegdi. 

62. "Lester"da 2 ta almashtirish: Barns o'rniga Pratt, Fuks o'rniga Under tushirildi. 

61. Medisson ijro etgan jarima zarbasi xavfli ko'rinish oldi, uning uzatmasidan keyin Vardi va Tilemans gol urishga harakat qilib ko'rdi. 

59. To'p nazorati "Lester"da, ammo "qizillar" raqibni bosimda ushlab turishibdi. 

57. Dahshat! Jotaning zarbasi SHmeyxel tomonidan qaytarildi, qaytgan to'pga Firminoning oldida turgan Evans ega chiqdi, uning tushunarsiz harakatidan keyin to'p darvoza ustuniga tegdi. U avtogol bo'yicha dubl qayd etishi mumkin edi.    

55. Milnerning uzatmasi Fofana tomonidan uzoqlashtirildi.  

54. Zarba!  Mane birga-bir holatga chiqib bordi va zarba yo'lladi, SHmeyxel bu to'pni qaytardi. Ofarin! 

54. "Liverpul"da o'zgarish: jarohatlangan Keyta o'rniga Neko Uilyams tushdi.  

52. Nabi Keyta jarohat olib, maydonda yotibdi, unga tibbiy yordam ko'rsatilyapti. 

50. Meddisonning burchakdan uzatgan pasi Robertson tomonidan qaytarildi, Endryu bugun 10 ballik tizimda baholaganda 11 ballga o'ynamoqda. 

48. Zarba!  Barns hujumda bir nechta aldamchi harakatlarni amalga oshirib, zarba yo'lladi, ammo ancha kuchsiz. 

46. Zarba!  Robertsoning uzatmasidan so'ng Jota zarba berdi, biroq noaniq. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 2:0. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

45. Jastin Milnerga nisbatan qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi. 

43. Zarba!  Tilemans olis masofadan darvozani nishonga oldi, Alisson to'pni qaytarishga erishdi. 

41. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL! Jota!  Robertsoning havolatib uzatgan to'pini Jota bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi – 2:0!  

39. Zarbaa! Manening zarbasi rikoshet orqali SHmeyxelning qo'liga kelib tushdi. 

36. Meddisonning burchakdan oshirgan uzatmasi Matip tomonidan bartaraf etildi. 

35. "Liverpul" qarshi hujumga ztib ketdi, Keyta Manega pas berdi, biroq senegallik ofsaydda qolgani malum qilindi. 

34. Zarbaaa!  Jastinning aylanma zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

32. Robertson jarima to'pini o'yinga kiritdi, Matip bosh bilan Firmino tomon pas berdi, ammo braziliyalik hujumchi bu to'pga ulgurmadi. 

32. Keyta Maneni qanotdan oldinga boshladi, Evans Maneni yiqitdi, jarima to'pi. 

29. "Liverpul" kutilganidan ko'ra faolroq o'ynayapti, "Lester" esa aksincha. 

27. Robertson burchak zarbasidan to'pni ichkariga uzatdi. Matipning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 

25. Jota va Mane o'zaro pas o'ynashdi, to'p yo'qotilgach, Keyta Tilemansni yiqitib, qoidaga xilof ravishda harakat qildi. 

23. Zarbaaa!  Vardi Barnsga qulay pas taqdim etdi, uning zarbasi esa noaniq ko'rinish oldi.  

21. GOOOOOOOOOOOOOLL! Aniqrog'i, avtogol – Evans!  Milnerning burchak zarbasidan amalga oshirgan uzatmasidan keyin Evans boshi bilan o'z darvoazsiga gol urdi. 

20. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 57% - 43%

18. Fuks Jota bilan kurashda getrasini yirtib oldi, ammo shunday o'ynashda davom etsa ham bo'ladi.

17. "Liverpul" zarbalar bo'yicha 5:0 hisobida oldinda bormoqda. Ulardan 3 tasi aniq.

15. Mane Firmino bilan kombinaciya tashkil qilib, oldinga o'tdi, ammo to'p uzoqlashib ketdi.

13. Zarba!  Jotaning ajoyib zarbasidan keyin raqib posboni biroz qiyinchilikka duch keldi. 

12. Jastin noaniq o'ynadi, u Fofanaga pas berishda adashdi. To'p maydondan chiqib ketdi.

10. Zarba! Mane uzoq masofadan zarba yo'llashga harakat qilib ko'rdi, SHmeyxel o'z o'rnida! 

9. Zarbaaa! Mane Jeymsni qulay pas bilan taminladi, Jonsning zarbasini darvozabon qaytardi. 

8. Vardi bosh bilan sherigiga pas uzatdi, Jeyms Meddison esa to'pni qabul qilishda qiyinchilikka duch keldi, aks holda yaxshi vaziyat sodir bo'lardi.

6. Jastin Fabinoga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

4. Qiziqarli holat!  To'p Matipning qo'liga tegdi, biroq masofa yaqin edi. Bosh hakam Kris Kavana penalti qo'ymadi va adolatli qarorga keldi.

3. Sadio Mane burchak to'pidan amalga oshirilgan uzatmadan keyin bosh bilan zarba berdi. To'p tashqi tomondan to'rga tegdi. SHunday bo'lsa-da, Kasper SHmeyxel vaziyatni o'z nazorati ostida ushlab turgandi.

2. Zarbaaa! Keytaning zarbasi rikoshet orqali maydonni tark etdi. 

1. O'yin boshlandi!

15 noyabr kuni bu hayotdan ko'z yumgan "Liverpul" afsonaviy darvozaboni Rey Klemens xotirasiga hurmat bajo keltirildi. 

"Enfild" o'yinga tayyor! 

- O'yin Toshkent vaqti bilan 00:15 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Angliya chempionati 9-turida navbatdagi ajoyib to'qnashuv guvohiga aylanamiz. Ushbu uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика