APL. "Liverpul" oxirgi soniyalarda g'alabani ilib ketdi
05 okt 2019 20:55
Yangiliklar


APL. "Liverpul" oxirgi soniyalarda g'alabani ilib ketdi
Liverpool Sadio Mane - 40', James Milner - 90' |
Premier League . 8-tur 05/10/2019, 20:00 1
:
2
Tugadi
|
Leicester City James Maddison - 80' |
Stadion: Anfield, 53322 tomoshabin
Bosh hakam: Chris Kavanagh
Liverpul – Lester 2:1
5 oktyabr, 19:00, «Enfild»
Gollar: 40' Mane — 1:0, 80' Meddison — 1:1, 90+4' Milner — 2:1.
Liverpul – Adrian, Robertson, Lovren, van Deyk, Aleksander-Arnold, Fabino, Milner, Veynaldum (Xenderson), Mane, Firmino (78, Origi), Salax.
Lester – SHmeyxel, Soyunchu, CHiluell, Rikardu Pereyra, Evans, Tilemans, Meddison (85, CHoduri), Prat (73, Perez), Barns (46, Olbrayton), Ndidi, Vardi.
Ogohlantirishlar: Ndidi (31), Fabino (39), Soyunju (53), Evans (69), CHoduri (89).
90+4. MILNER! Uchrashuvga nuqta qo'ydi — 2:1.
90+3. PENALTI! Olbrayton o'yin so'ngida jamoasiga zarar keltirdi.
90+2. O'zgarish. Salax o'rniga Lallana tushdi.
— Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.
89. Salax yordamga muxtoj. CHoduri ogohlantirildi.
85. O'zgarish. Meddison o'rniga CHoduri tushirildi.
80. GOOOOOOLLLL! MEDDISON! Ayoze Perezning bergan pasidan keyin darvozabonni dog'da qoldirdi — 1:1.
78. "Liverpul" tarkibida ikkita o'zgarish: Firmino o'rniga Origi, Veynaldum o'rniga Xenderson tushdi.
73. Denis Prat kuchli zarba berdi. Noaniq. SHundan so'ng, uning o'rniga hujumchi Ayoze Perez tushdi.
69. Jonni Evans ham ogohlantirildi.
66. VARDIII! Jeymi birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. Adrian ajoyib tarzda to'p yo'liga g'ov bo'ldi. Qarshi hujum qilgan Yurgen Klopp shogirdlari hisobni mustahkamlashi mumkin edi. Robertsonning kuchli zarbasini SHmeyxel mushtlari bilan qaytarib yubordi.
65. Roberto Firmino uzoqdan zarba berib ko'rdi. Noaniq.
56. Salax va Manening hujumi gol bilan tugashiga ozgina qoldi. To'p darvozaning yon tarafini silkitib yubordi.
53. "Lester" himoyachisi Soyunju ogohlantirildi.
46. "Lester" safida o'zgarish. Barns o'rniga Mark Olbrayton tushdi.
— IKKINCHI BO'LIMGA START BERILDI.
TANAFFUS
— BIRINCHI BO'LIMGA IKKI DAQIQA QO'SHIB BERILDI.
40. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL! SADIO MANE! Milnerning uzatmasini Evans o'tkazib yubordi. Mane esa vaziyatdan foydalanib to'pni uzoq pastki burchakka joylab qo'ydi — 1:0.
39. Fabino ogohlantirildi. Xavfli chiqishi mumkin bo'lgan hujumni qo'pollik evaziga to'xtatgani uchun sariq kartochka oldi.
33. UXXX. Firminoning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. O'ng qanotdan Arnoldning havodan bergan uzatmasini Bobbi bir urinishda darvozaga joylab qo'ymoqchi edi. Biroz noaniq urinish va hisob o'zgargani yo'q.
31. Uilfrid Ndidi sariq kartochka oldi.
30. Mane qarshi hujumda mehmonlarni jazolamoqchi bo'lib chap oyoqda zarba berdi. SHmeyxel o'z o'rnida.
28. Salaxda yaxshi imkoniyat yuzaga kelishi mumkin edi. Trentning uzatmasini Evans qaytardi. Burchak to'pi.
26. "Lester" bosim uyushtirmoqda. Mezbonlar himoyalanishga majbur. Deyan Lovren bir amallab to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
21. Barns maydon markazida Milnerga nisbatan ancha xavfli o'ynadi. Hakam bu safar Barnsni kechirdi.
13. Jeymsss Milnerrr! Trent o'ng qanotdan ajoyib va qulay uzatma berdi. Milnerning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi, to'p uning oyog'iga angliyalik futbolchi xohlaganidek tushmadi.
11. Dastlabki 10 daqiqada "Liverpul" ustunlikni o'zida saqlab turdi.
4. Mazkur qarama-qarshilikda ilk zarbani misrlik futbolchi Muhammad Salax berdi. Kasper SHmeyxel qiyinchiliksiz to'pni ushlab oldi.
1. UCHRASHUV BOSHLANDI.
Assalomu alaykum qadrli futbolsevar do'stlar! Saytimiz orqali siz bilan pinhona uchrashib turganimizdan xursandmiz. Bugun "qizillar" va "tulkilar" mashhur "Enfild" stadionida olovli o'yin qilib berishiga ishonamiz va birgalikda kuzatib boramiz. Bugungi bahsda Brendan Rojers o'zining sobiq jamoasiga qarshi. SHotlandiyalik mutaxassis 2013/2014 yilgi mavsumda "Liverpul" bilan APL chempioniga bo'lishiga bir bahya qolgandi. Ammo, yakunda unday bo'lmadi.
Mana o'sha tarkib!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar