So’nggi yangiliklar

23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  0 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  6 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  3 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  814 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1

APL. Nunes maydondan chetlatilgan o'yinda "Liverpul" ikkinchi turni ham durang bilan tugatdi Yangiliklar

APL. Nunes maydondan chetlatilgan o'yinda "Liverpul" ikkinchi turni ham durang bilan tugatdi

Angliya chempionati 2-turidan o'rin olgan uchrashuv tafsilotlarini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Liverpul – Kristal Pelas 1:1

00.00, «Enfild»

Gol: Dias 61' – Zaa 32'

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Fillips (Gomes, 63), Robertson (Cimikas, 63), Milner (Henderson, 63), Fabino, Elliott (Karvalyu, 79), Saloh, Dias, Nunes.

Kristal Pelas – Guaita, Klayn, Uord, Andersen, Gexi, Mitchell (Richards, 79), Eze (Milivoevich, 79), SHlupp (Olise, 88), Dukure (Xyuz, 79), Ayyu (Eduard, 64), Zaa.

Ogohlantirishlar: Dias (40), Andersen (57), Uord (68), Eduard (89), Guaita (90+1), Cimikas (90+3).

CHetlatish: Nunes (57).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Bahs yakuniga etdi. Unda tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi – 1:1. Eslatib o'tamiz, "Liverpul" 1-turda ham durang o'ynagandi ("Fulxem" – 2:2).

90+3. Bu gal Cimikas sariq kartochka ishlab oldi.

90+1. Guaita vaqtni cho'zgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

90+1. Xavfli vaziyat! Fabio Karvalyuning zarbasi ancha muvaffaqiyatsiz chiqib qoldi.

90. Ikkinchi taymning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. Eduard hakam tomonidan jazolandi.

88. "Kristal Pelas"da o'zgarish: SHlupp o'rniga Olise maydonga tushirildi.

87. Zarbaaa! Muhammad Saloh zarbada ozgina adashdi.

83. Luka Milivoevich fol ishlatdi. Konstantinos Cimikas standartdan to'pni oshirib berdi, himoyachilar uni uzoqlashtirishdi.

79. "Liverpul"da almashtirish: Elliott o'rniga Karvalyu o'yinni davom ettiradi.

79. "Kristal Pelas"da 3 ta o'zgarish: Eze o'rniga Milivoevich, Mitchell o'rniga Richards, Dukure o'rniga Xyuz maydonga tushdi. 

79. Uuux! Uilfrid Zaa darvoza ustunini poyladi. Unga omad kelmagan bo'lsa, mezbonlar u kulib boqdi.

78. Jordan Hendersonning pasi juda kuchli chiqvani tufayli Luis Dias qiynaldi. To'p maydonni tark etdi, mehmonlarda erkin zarba.

75. Konstantinos Cimikasning burchak zarbasidan amalga oshirgan uzatmasi sheriklariga qadar etib bormadi.

70. Konstantinos Cimikasning to'p oshirishini Guaita qo'lga kiritdi.

68. Joel Uord Luis Diasga nisbatan qoidani buzdi va ogohlantirildi.

68. Nataniel Klaynning havolatib uzatgan pasini mersisaydliklar himoyachilari bartaraf qilishdi.

64. "Kristal Pelas"da almashtirish: Ayyu o'rniga Eduard o'yinga qo'shildi.

63. "Liverpul"da 3 ta o'zgarish: Robertson o'rniga Cimikas, Milner o'rniga Henderson, Fillipis o'rniga Gomes tushirildi.

61. GOOOOOOOOOOOOOL!  Luis Dias bir nechta raqibni aldab, qoyilmaqom gol urdi – 1:1!

57. Andersen sportga xos bo'lmagan harakati uchun sariq kartochka oldi. 

57. Ana xolos! Provakaciyaga uchgan Darvin Nunes maydondan chetlatildi! U Zidanga havas qilgan ko'rinadi.

56. Jeyms Milner oldinga pas uzatdi, ammo sergak Guaita to'pni egalladi.

52. Uilfrid Zaa katta tezlik bilan oldinga o'tganiga qaramasdan, xavfli vaziyat yarata olmadi – himoyachilar yaxshi o'ynashdi.

49. Joel Uord to'pni qo'li bilan o'ynaganday tuyuldi, ammo hakam jim.

46. Ikkinchi taym boshlandi!

Birinchi taym yakunlandi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus!

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi. 

44. Xarvi Elliotning bosh bilan bergan zarbasini Guaita qaytarishning uddasidan chiqdi.

43. Muhammad Saloh texnik xato tufayli to'pdan ayrildi. U yaxshi imkoniyat hosil qilishi mumkin edi. 

41. Uuuux! Uilfrid Zaaning bosh bilan bergan zarbasini Alisson qaytarishga erishdi.  

40. Luis Dias Jordan Ayyuni yiqitgani uchun ogohlantirildi.

39. Qariya Jeymsning ichkariga oshirgan uzatmasiga Guaita ega chiqdi.

35. Darvin Nunes pas qabul qilib, himoyachini aldadi va noaniq zarbaga mualliflik qildi.

32. GOOOOOOOOOOL! Uilfrid Zaa darvozaning o'ng tomonini nishonga oldi. darvozabon ojiz qoldi –  0:1!

30. Muhammad Saloh hammadan baland sakrab, bosh bilan zarba berdi. Guaita to'pni qaytardi.

27. Jeffri SHlupp to'pga egalik qilaman deb Darvan Nunesga nisbatan qo'pollik qildi, jarima zarbasi.

24. Zarba! Virjil van Deyk uzoq masoadan zarba yo'llab, o'z omadini sinab ko'rdi. To'p darvoza to'sini tepasidan o'tdi.

23. Qanday vaziyat! Muhammad Saloh jarima maydoni ichida zarba berdi, ammo sal aniqlik etishmadi.

20. Luis Dias xavfli holatni yuzaga keltirishi mumkin edi, ammo to'p maydon tashqarisiga chiqib ketib qoldi.

14. Nataniel Fillipsning tepgan to'pi to'g'ri borib Guaitaning qo'llariga borib tushdi.

12. Mitchell to'pni ichkariga uzatdi, ammo "qizillar" himoya mustahkam ekanligini ko'rsatib, to'pni uzoqlashtirishdi. 

9. Darvin Nunesning zarbasi xavfli bo'ldi, to'p chap ustun oldidan o'tib ketdi.

9. Xarvi Elliot jarima maydonchasi ichida darvoza burchagini poyladi, ammo himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq chiqishga ulgurdi.

6. Xarvi Elliot to'pni mohirlik bilan qabul qilib oldi va zarba yo'lladi, uning zarbasi himoyachi tomonidan to'sib qo'yildi.

5. Guaita jarohat olgandek tuyuldi, biroq keyin o'yinni davom ettira olishi oydinlashdi.

4. Uuuux! Jeyms Milner qulay poziciyadan yaxshi imkoniyatni yo'qqa chiqardi.

2. Trent Aleksandr-Arnoldning uzatmasi chakki chiqmadi, ammo Guaita oldinga chiqishda ustasi farang ekanligini ko'rsatdi.

1. Demak, boshladik!  O'yinni mehmonlar boshlab berishdi.

- Bugungi uchrashuvni Pol Tirni boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

CHigilyozdi mashqlari poyoniga etdi

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Bugun Yurgen Klopp jamoasi o'z uyida "Arsenal" sobiq sardori Patrik Vieyra qo'l ostidagi "Kristal Pelas"ni qabul qiladi. Mazkur bahsni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика