So’nggi yangiliklar

02:27ЛаЛига. "Барселона" "Реал Овьедо" майдонида иродали ғалаба қайд этди  19 02:04Европа лигаси. "Астон Вилла", "Лион", "Порту"дан кичик ҳисобдаги ғалабалар ва бошқа натижалар  0 01:40"Арсенал" футболчиси вафот этди  0 01:05Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" Қарши сафари олдидан ишончли ғалаба қайд этди  2 00:49Эрон. "Трактор"да дуранг, Ҳамробеков 79 дақиқа ўйнади  0 00:27Рўзиқул Бердиев: "Рақиб толиқиб қолгач, устунлик биз томонга ўтди ва гол уриб ғалабага эришдик"  6 00:11Ҳаким Фузайлов: "Агар ўрнимга бошқа мураббий топилса, ишдан бўшашга тайёрман"  3 23:54Вадим Абрамов: "Ўз вақтида Баджо пенальтидан гол ура олмаган, Месси ҳам зарбада адашган. Бу жуда қийин иш"  8 23:25Камолиддин Тожиев: "Финалда фаворит бўлмайди"  1 23:12Александр Хомяков: "Келинглар, саволларни қисқа қиламиз ва байрам нишонлаймиз"  13 22:48Иван Бошкович: "Шогирдларимга ҳеч қандай эътироз йўқ, "Бухоро"ни финалга чиққани билан табриклайман"  5 22:29Садриддин Ҳасанов ОФК томонидан йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлишга номзод!  3 22:11Суперлига. "Насаф" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  69 21:54"Бухоро" ўз тарихида илк марта Ўзбекистон кубоги финалига чиқди  17 21:42ЖЧ-2026 тимсоллари намойиш қилинди  3

"Liverpul" "Kristal Pelas"ni tor-mor keltirdi Yangiliklar

"Liverpul" "Kristal Pelas"ni tor-mor keltirdi

Angliya Premer-Ligasi 31-turidan o'rin olgan "Liverpul" hamda "Kristal Pelas" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.


"Liverpul" - "Kristal Pelas" 4-0

00:15, "Enfild"

Gollar: 1:0 – 23 Aleksander-Arnold, 2:0 – 44 Salax, 3:0 – 55 Fabino, 4:0 – 69 Mane.

"Liverpul" – Alisson, van Deyk, Gomes, Aleksander-Arnold (Uilyams, 74), Robertson (Elliot, 84), Veynaldum, Fabino, Xenderson (Oksleyd-CHemberlen, 64), Mane (Keyta, 84), Salax, Firmino (Minamino, 74).

"Kristal Pelas" – Xennessi, Sako, Uord, van Anxolt, Keyxill, Makartur (Ridevald, 66), Taunsend, Makkarti, Kuyate (Milivoevich, 66), Zaa (Mayer, 15), Ayyu (Perrik, 84).

Uchrashuv yakunlandi.  


90+2. "Liverpul" uchrashuvga qo'shib berilgan daqiqalarda ham raqib maydonchasini yondirmoqda!!!

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.

90.SAAAAAAALAH. Yana bir ajoyib imkoniyatdan "Liverpul" etakchisi foydalana olmadi

89. "Liverpul" navbatdagi burchak zarbasini amalga oshirdi. Londonlik himoyachilar yana bir bor burchakka to'pni chiqarib yubordi.

Zarbalar bo'yicha hisob: 18 - 3

85.  "Kristal Pelas" tarkibida o'zgarish: Ayyu o'z o'rnini Pirrikga bo'shatib berdi.

85. Kloop uchrashuvdagi so'nggi o'zgarishlarni amalga oshirmoqda. Maneni va Elliot Robertsonni almashtirdi.

To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 72% - 28% 

79. "Liverpul" to'xtash nima ekanligini unutib qo'yganga o'xshaydi, ular raqiblar darvozasiga hujumlar yomg'irini yog'dirishda davom etmoqda.

74. Yurgen Kloop bir yo'lla ikkita yosh futbolchini maydonga "tashlamoqda". Maydonda harakat qilgan Firmino va Trent Aleksandr-Arnold o'rniga Uilyams va Minamino uchrashuvni yakunlab qo'yadi.


Firmino, Salah va Mane triosi tomonidan amalga oshirilgan hujumni senegallik hujumchi ajoyib tarzda yakunlab, hisobni 4-0 ko'rinishga keltirib qo'ydi.

69. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. MANE

66. Roy Xodjson bir yo'lla ikkita o'zgarish amalga oshirdi. Maydonni Kuyate va Makartur tark etdi, ularning o'rnilariga uchrashuvni Milivoevich va Ridevald davom ettiradi.

65Oksleyd-CHemberlen maydonga tushishi bilan chap oyog'ini sinab oldi, biroz zarbaga ozgina aniqlik etishmadi.

64. Mezbonlar safida ilk o'zgarish. Jamoa sardori Xenderson o'rniga maydonga Aleks Oksleyd-CHemberlen tushdi.

63. Ajoyib zarbaaaa! Saloh uchrashuvda dubl qayd etishi mumkin edi, ammo uning zarbasi biroz noaniq ketdi.


58. Veyndaldumda yana bir ajoyib imkoniyat, ammo bu safar ham mezbonlar yarim himoyachisining zarbasini Xennessi bartaraf etdi.

55. GOOOOOOOOOOOOOL. VUUUUUUUUUUUUUUUUUY!!!!!!! Mana bu zarba Fabino 25 metrlardan daxshatli "pushka" yo'llab, hisobni yirik ko'rinishga keltirib qo'ydi.

52. Roy Xodjson shogirdlari raqiblariga qarshi hech nima qila olishmayapti. Liverpul jamoasi londonliklarning jarima maydonchasida qamal qilishda davom etmoqda.

48. "Mersisayd"liklarning navbatdagi hujumi ofsayd sababli to'xtab qoldi.

47. SALAAAAAAAAAAAAAAH. Ikkinchi bo'limning ilk daqiqasida yana bitta gol urishi mumkin edi, ammo misrlik futbolchi to'pga etib bora olmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!  

Birinchi bo'lim o'z nihoyasiga etdi. Hozircha hisob 2-0 mezbonlar foydasiga

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 
44. GOOOOL!!! Muhammad Saloh nihoyat o'z niyatiga etdi. Fabino tomonidan ajoyib uzatmadan so'ng, misrlik hujumchi hisobni 2:0 ga o'zgartidi.

42. "Kristal Pelas"ning kam sonli hujumlaridan birini amalga oshirdi, Maerning zarbasiga aniqlik etishmadi.


41. Saloh! uchrashuvda hisobni o'zgartishi mumkin edi, Misrlik futbolchi mehmonlar darvozaboni darvozadan biroz uzoqlashganini ko'rdi va zarba berdi, ammo zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

37. UXXXXXXXXXXX. Veynaldum yana bir ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Bu safar nederlandiyalik yarim himoyachi Manening ajoyib uzatmasini bekorga sovurdi.

36. Hozircha uchrashuv bir tomonlama kechmoqda. "Liverpul" jamoasi raqiblariga hech qanday imkoniyat berishmayapti.

33. Bu safargi jarima zarbasini mezbonlar safida Fabino amalga oshirdi, zarba ancha noaniq ketdi.

32. Yana bitta jarima zarbasi. Mehmonlar o'z jarima maydonchalari atrofida raqiblariga qo'pollik ishlatishdan charchashmapti.

29. "Liverpul" hujum qilishdan to'xtamayapti. Mezbonlarning navbatdagi burchak zarbasidan uzatilgan to'p van Deyk boshi bilan yo'lladi, biroz noaniq.

27. Yana bir xavfli jarima zarbasi. Robertson uzatib bergan to'p mezbonlar sardoriga kelib tushdi, uning zarbasi esa darvoza to'siniga tegib qaytdi

Trent 20 metrlardan yo'llagan jarima zarbasi to'g'ri darvoza to'riga borib tushdi.

23. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Trent Aleksandr-Arnold

22. Xavfli jarima zarbasi, to'p qarshisida "Liverpul"ning bir nechta futbolchisi


21. Uchrashuvdagi ilk burchak zarbasini mezbonlar amalga oshiradi. Qanotdan kirib borgan Veynaldum zarba yo'lladi, zarbaga mehmonlar himoyachisi "blok" qo'ydi.

18. Zarbaaaaaaaa! Firmino jarima maydonchasidan kuchli zarba yo'lladi, mehmonlar darvozaboni Xennessi o'z o'rnida. 

16. Uchrashuvdagi dastlabki o'zgarish, mehmonlar safida dastlabki daqiqalardan maydonga tushgan Uilfred Zaa o'rnida Maks Mayer harakat qiladi.

15. Ana xolos, "Kristal Pelas" etakchisi Uilfred Zaa jarohat olgan ko'rinadi. Endi Roy Xodjson jamoasi yanada qiynalishi aniq.

15. Uchrashuvning dastlabki o'n besh daqiqasi yakunlandi, hozircha jamoalar o'rta tempda harakat qilishmoqda.

10. Henderson! Mane tomonidan uzatilgan ajoyib uzatmani yo'qqa chiqardi.

8. Uchrashuvdagi dastlabki xafli vaziyat. Veynaldum mehmonlar jarima maydonchasiga kirib borib, zarba yo'lladi, biroz noaniq.

2. Uchrashuvning dastlabki daqiqasida mezbonlar topga egalik qilishmoqda.

1. O'yin boshlandi! 

"Kristal Pelas" jamoasi o'yin oldi mashg'ulotlar jarayonida.

"Liverpul" etakchisi Muhammad Saloh bugun karantindan so'ng ilk bor uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydi.

Enfild o'yinga tayyor! 

- Uchrashuv 00:15da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun "Liverpul"va "Kristal Pelas" klubi o'rtasidagi ajoyib to'qnashuvni siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.  

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика