APL. Muhammad Salaxning dubli "Mersisayd derbisida" "Liverpul"ga g'alaba keltirdi
21 okt 2023 18:31
Yangiliklar
APL. Muhammad Salaxning dubli "Mersisayd derbisida" "Liverpul"ga g'alaba keltirdi
"Liverpul" – "Everton" 2:0
"Enfild" o'yingohi
Gollar: 1:0 – 75, penalti Salax, 2:0 – 90 Salax.
"Liverpul" – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate (Matip, 67), Cimikas (Nunes, 62), Soboslai, Mak Allister, Gravenberx (Elliott, 62), Salax, Diogu Jota, Dias (Gomes, 81).
"Everton" – Pikford, Yang, Tarkovski, Brentueyt, Mikolenko (SHermiti, 88), Xarrison (Kin, 46), Dukure, Garner, Onana (Dandjuma, 80), Kelvert-Lyuin (Betu, 61), Maknil (Patterson, 46).
Ogohlantirishlar: Yang (18), Tarkovski (32), Konate (50).
CHetlatish: Yang (37).
Liverpool Mohamed Salah - 75', Mohamed Salah - 90' Premier League . 9-tur 21/10/2023, 17:30
Everton Stadion: Anfield, 50201 tomoshabin Bosh hakam: Craig Pawson
Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.
90+10-daqiqa. Bo'ldi, hakam final hushtagini chaldi va "Liverpul" anchayin qiyin uchrashuvda g'alabani tantana qildi.
90+7-daqiqa. GOOOOOOOOL! Salaxdan dubl! Qarshi hujumda Nunez tezligini ishga soldi va sheriklaridan farqli ravishda u qizg'onmadi hamda Salaxni darvozaning amalda bo'sh qismi oldida qolishini taminladi.
90+4-daqiqa. Yussef SHermiti o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi.
90+2-daqiqa. Jota bir nechta raqiblarini ortda qoldirib oxirigacha bordi, ammo oxirida to'pni sheriklariga oshirgani yaxshiroq edi. Qizg'andi, o'zi gol urgisi keldi.
90-daqiqa. Hakam o'yinning asosiy vaqtiga 9 daqiqa qo'shib berdi!
89-daqiqa. Xarvi Eliot jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli va muhimi aniq zarba bergandi, Pikford qiyinchilik bilan to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
88-daqiqa. O'zgarish! Mikolenko o'rniga Yussef SHermiti o'yinga qo'shildi.
87-daqiqa. Nunez jamoasi uchun burchak zarbasi ishlab berdi.
80-daqiqa. Har ikki jamoa tarkibida o'zgarishlar bo'ldi.
77-daqiqa. Goldan keyin ham o'yin kartinasi o'zgarmadi, to'p mezbonlarda. Endi "Everton" qanday harakat qilishi qiziq.
75-daqiqa. GOOOOOOL! Muhammad Salax darvozabonga imkon qoldirmadi va "Liverpul"ni oldinga olib chiqdi!
Zarbani Salax amalga oshiradi.
PENALTI! Takroriy lavhani ko'rib, hakam nuqtaga ishora qildi.
72-daqiqa. Penalti baribir beriladimi? Bu safar to'p Kinning qo'liga tegdi... Qo'l tabiiy holatda emasdek.
70-daqiqa. Dias juda penalti ishlagisi keldi, ammo himoyachi ham to'pga eta olmagandi. Yo'q, hakam barchasi joyida, o'yinni davom ettiramiz dedi.
Birinchi bo'limda hujumlarni tashkillashtirishda ancha faol bo'lgan Soboslay tanaffusdan keyin ko'rinmay qolgandek.
66-daqiqa. O'zgarish! Klopp esa ichida kechirganligi uchun hakam rahmat aytib, Konatening o'rniga Joel Matipni tushirdi.
65-daqiqa. Ibraima Konate hozirgina maydonga tushgan Betoni qo'pollik bilan to'xtatdi. "Everton" futbolchilari darhol hakamga tashlanishdi. Biroq Kreyg Pouson bu holatga sariq ko'rsatmaslikka qaror qildi.
62-daqiqa. O'zgarishlar! Rayan Gravenberx va Cimikas o'rniga Xarvi Elliott hamda Darvin Nunez jangga tashlandi.
61-daqiqa. O'zgarish! Dominik Kalvert-Lyuin o'rniga Beto maydonga tushdi.
Mehmonlar safida Beto maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
59-daqiqa. Muhammad Salax o'yindan tashqari holatda qolib ketgani qayd etildi.
Onana o'rnidan turdi va o'yinni davom ettira oladi shekilli.
55-daqiqa. Luis Diasni to'pga eta olmasligini taminlash yo'lida Onana maydon chetidagi reklama shitiga urilib, juda noqulay tarzda yiqildi. O'yinda to'xtalish yuzaga kelmoqda. Hamma futbolchining ahvolidan havotirda.
51-daqiqa. "Liverpul" futbolchisi ijrosidagi burchak zarbasidan keyin to'pni qaytarish jarayonida u Maykl Kinning qo'liga tegdi, mezbonlar himoyachi uni qo'li bilan o'ynadi deyishmoqda. Biroz "pauza"dan keyin hakam bu penalti emasligini, o'yinni davom ettirish kerakligini takidladi.
50-daqiqa. Ogohlantirish! Raqibning ehtimoliy xavfli hujumini to'xtatib qolish maqsadida ishlatilgan fol uchun Konatega sariq ko'rsatdi.
47-daqiqa. "Liverpul" darhol raqibni jarima maydonchasiga maksimal darajada yaqin hududga "qamash"ga urinmoqda.
Tanaffusdan Duayt Maknil va Jek Xarrison qaytmadi, ularning o'rniga Natan Patterson va Maykl Kin o'yinga qo'shildi.
46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
45+2-daqiqa. "Liverpul"ning navbatdagi hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlandi, mehmonlar himoyachisi Jarrad Brantueyt to'pni qaytarib yubordi va bosh hakam Kreyg Pouson bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Tanaffus!
45+1-daqiqa. Soboslay jarima maydoniga yaqinlashib kelib, kuchli zarba yo'lladi, lekin biroz noaniq.
45-daqiqa. O'yinning birinchi bo'limiga 2 daqiqa qo'shib berildi.
40-daqiqa. O'zi shundoq ham bosim uyushtirayotgan "Liverpul" yanada ko'proq kuch bilan hujumga tashlanmoqda. "Everton" bo'limni yakunlab olish ilinjida to'p tepmoqda.
37-daqiqa. QIZIL! Eshli Yang qanotda yana Luis Diasning tezligiga dosh bermadi. To'pga eta olmagan futbolchi raqibning oyog'iga zarba berib yuborgani tufayli, hakam qariyaga ikkinchi sariqni ko'rsatib, maydondan kuzatib qo'ydi.
34-daqiqa. Mikolenkoning Pikfordga tashlab bergan to'pi darvozadan o'rin olganda nima bo'lardi? Pikford sherigiga qulayroq nuqtaga chiqib borayotganida, ukrainalik himoyachi to'pni boshi bilan darvoza tomon yo'naltirdi, lekin angliyalik kiperning reakiyasi bu vaziyatda ham foyda berdi.
33-daqiqa. Dukure bir nechta raqibi ichidan oldinga o'tishga urinib ko'rdi, biroq son jihatdan ustnulikka ega "Liverpul" himoyachilari to'pni olib qo'yishdi.
30-daqiqa. "Everton" o'yinning uchdan bir qismi ortda qolgan pallaga kelib, ikkinchi raqam bo'lib o'ynash va baxtini qarshi hujumlardan izlashga qarshimasligini yaqqol ko'rsatib berdi.
27-daqiqa. Salaaaax! Misrlik futbolchi himoyachini elkasi bilan "kurashdan chiqardi" va chap oyog'ida aylanma yo'nalish berib, zarbani amalga oshirdi, lekin... Biroz noaniq.
23-daqiqa. Zarbani amalga oshirish niyatidagilar anchagina. Soboslay, Trent va Salax... Aleksandr Arnoldning kuchli zarbasini "jonli devor" o'ziga qabul qildi.
21-daqiqa. Diogu Jotaga nisbatan jarima maydonchasi chizig'i ustida qo'pollik ishlatildi.
20-daqiqa. Bu safar Cimikas Jek Xarrisonni qo'pollik bilan to'xtatdi. Raqib futbolchilari himoyachiga sariq kartochka ko'rsatish vaqti kelganiga ishora qilishmoqda, lekin hakamning fikri boshqacharoq.
18-daqiqa. Ogohlantirish! Eshli Yangning Luis Diasni qo'pollik bilan to'xtatishdan boshqa chorasi yo'q edi.
15-daqiqa. Luis Dias to'pga yugurayotganda Brantueytga borib urildi va maydonga qulab tushdi, himoyachi buni deyarli sezmadi.
13-daqiqa. Biroz kulgili, biroq "Everton"ning burchak zarbasidan keyin xavf yana mehmonlar darvozasi oldida yuzaga keldi. Konate qaytargan to'pni, sheriklari hujumgacha etkazishdi va Eshli Yangning jonbozligigina to'p darvozaga borib tushmasligini taminladi.
12-daqiqa. Van Deyk tajriba evaziga Maknilni to'p bilan jarima maydonchasiga kirib ketmasligini taminladi. Burchak zarbasini ko'ramiz.
10-daqiqa. Standart vaziyat "Everton" ijrosida edi, lekin hujumni "Liverpul" uyushtirdi. Ancha xavfli tus olishi mumkin bo'lgan qarshi hujumni Dias zarba bilan yakunladi, biroq himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.
9-daqiqa. Luis Dias havodagi kurashda Tarkovskiyga nisbatan qo'pol o'ynadi deb topildi.
6-daqiqa. Yana "qizillar" hujumga o'tdi, Pikford terlashni boshladi.
3-daqiqa. "Liverpul" yaxshi hujum uyushtirdi. Biroq Salaxning zarbasi qovushmadi.
Uchrashuvdagi birinchi vaziyat o'zini uzoq kuttirmadi. CHap qanotdan uzatilgan to'pga Kalvert-Lyuin zarba bera oldi, Alisson o'z o'rnida.
1-daqiqa. O'yin boshlandi!
Fikrlar