APL. Birmuncha zerikarli uchrashuvda "Liverpul" va "CHelsi" gol ura olishmadi
21 jan 2023 19:28
Yangiliklar
APL. Birmuncha zerikarli uchrashuvda "Liverpul" va "CHelsi" gol ura olishmadi
Liverpool |
Premier League . 21-tur 21/01/2023, 17:30 0
:
0
Tugadi
|
Chelsea |
Stadion: Anfield, 53126 tomoshabin
Bosh hakam: Michael Oliver
Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.
Bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi. APLning to'qqizinchi va o'ninchi o'rindagi jamoalar o'yini birmuncha zerikarli o'tdi hamda hisob ochilmadi.
90+4-daqiqa. Darvin Nunes qulay imkoniyatga ega bo'ldi, ammozarba yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi. Qo'shimchasiga offsayd ham qayd etildi.
90+2-daqiqa. Karni CHukvuemeka qulay vaziyatda kuchliroq zarba ham bera olmadi.
90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.
90-daqiqa. Ogohlantirish! Kertis Jons jaxl qilgani, raqibga atayin qo'pol o'ynagani uchun sariq ko'rsatildi.
87-daqiqa. Gallaxer Nunesni qo'pollik bilan kutib oldi, hakam jarima zarbasi belgiladi.
85-daqiqa. CHukvuemeka qulay vaziyatga chiqib borayotgandamuvozanatini yo'qotib, maydonga quladi.
82-daqiqa. O'zgarishlar! Xaverc CHaloba, Maunt o'rniga Obameyang, Aspilikueta va CHukvuemeka o'yinga qo'shildi.
81-daqiqa. Ogohlantirish! Qizig'i Trevo CHalobaning o'ziga sariq ko'rsatildi.
79-daqiqa. CHaloba yordamga muhtoj bo'lib maydonda yotibdi.
77-daqiqa. "CHelsi"ning hujumi yakuniga etmay qoldi.
76-daqiqa. Darvin Nunes tezkor qarshi hujumni aniq zarba bilan yakunladi, biroq Kepa o'z o'rnida.
74-daqiqa. Ibraima Konate Mudrik qo'riqlash bilan birga Mark Kukurelyani yiqitishni "uddaladi".
72-daqiqa. O'zgarish! Sariq kartochka bor Milner o'rnini Trent-Arnoldga bo'shatib berdi.
69-daqiqa. Gakpoda yana bir vaziyat. Kodi ancha qiyin vaziyatdan zarba bera oldi, ammo urinishi kuchli chiqmadi.
66-daqiqa. Ogohlantirish! Milner qanotdan qochayotgan Mudrikni to'xtatishning boshqa yo'lini topa olmadi. Hakam Jeymsga sariq ko'rsatmay iloj yo'q edi.
65-daqiqa. Mudrikda zo'r vaziyat bo'ldi, biroq o'tkirroq burchakdan bergan zarbasi darvoza to'riga yon tomondan tegdi.
63-daqiqa. O'zgarish! Aynan Nabi Keyta o'rnini Darvin Nunesga bo'shatib berdi.
62-daqiqa. Nabi Keytaning zarbasini Mixail Mudrik qaytarishga erishdi.
60-daqiqa. Xakim Zieshning zarbasi noaniq chiqdi.
Xakim Ziesh o'ng qanotdan burchak zarbasini amalga oshirdi, lekin ish yana zarbagacha etib bormadi.
58-daqiqa. Konor Gallaxer zarba berdi, lekin himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.
55-daqiqa. O'zgarish! Lyuis Xoll o'rniga Mixail Mudrik. Ukrainalik futbolchi uchun debyut uchrashuv boshlandi!
52-daqiqa. Robertsonning faolligidan keyin "CHelsi" darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga keldi, biroq yana ish oxirgi zarbagacha etib bormadi.
51-daqiqa. Kodi Gakpo yana bir vaziyatdan unumli foydalana olmadi. Uning bosh bilan bergan zarbasi mo'ljalga aniq etib bormadi.
46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
45+5-daqiqa. Bo'ldi, hakam bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi va futbolchilarni tanaffusga taklif qildi.
45+4-daqiqa. Kodi Gakpo kurashda Gallaxerga nisbatan qo'pol o'ynadi.
45+2-daqiqa. "CHelsi" burchak zarbasini amalga oshirdi, lekin ish zarbagacha bormadi. Alisson faollik ko'rsatib, to'pni egallab oldi.
45+1-daqiqa. Moxamed Salaxda imkoniyat bo'ldi, lekin uning chap oyoqdagi zarbasidan keyin to'p darvozadan ancha yuqoriroqdan o'tib ketdi.
45-daqiqa. Hakam birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berdi.
43-daqiqa. Tyago Silva sal qolsa to'pni o'z darvozasiga yo'llab qo'yardi.
42-daqiqa. Endryu Robertson to'p uchun kurashda Kepa Arrisabalagaga nisbatan fol ishlatdi.
39-daqiqa. Tyago Alkantara gapimizni eshitgandek aniq zarba yo'lladi. "Liverpul" zarbalar borasidagi statistikani ancha to'g'rilab qo'ydi.
36-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy qismi ortda qoldi. "CHelsi" 6 marta zarba berib, ularning 2 tasigina aniq bo'ldi. "Liverpul" esa 2 marta urinib ko'rganiga qaramay, hozircha birorta ham aniq zarba berolmadi.
34-daqiqa. Ogohlantirish! Xollga nisbatan keskin o'ynagani uchun Stefan Baychetichga kartochka ko'rsatildi.
Xakim Zieshning uzatgan to'pini Xaverc qanchalik urinmasin, boshi bilan darvozaga to'g'ri yo'naltira olmadi.
32-daqiqa. Mehmonlar standart vaziyatga ega bo'lishdi.
30-daqiqa. O'yin davom etadi.
O'yin to'xtatildi. Unga tibbiy yordam ko'rsatildi.
28-daqiqa. Mark Kukurelya jarohat olib, maydonda yotibdi.
25-daqiqa. "Liverpul" to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi.
22-daqiqa. Lyuis Xollda imkoniyat bo'lgandi, ammo yosh futbolchining zarbasi umuman qovushmadi.
21-daqiqa. "CHelsi" himoyachilari to'pni nazorat qilmoqda.
19-daqiqa. Endi esa Salax offsaydda ekan. Hakamlar himoyalanayotgan jamoa xavfni bartaraf etishini kutib turib, keyingina o'yinni to'xtatishdi.
18-daqiqa. Baychetich hujumda Meyson Mauntga nisbatan o'yin qoidasini buzdi.
16-daqiqa. Kodi Gakpo o'yindan tashqari holatda qolib ketgani malum bo'lmoqda.
14-daqiqa. Kay Xaverc himoyadan uzatilgan to'pni to'xtatmay darvozaga yo'llashga urinib ko'rdi, ammo uning zarbasi qovushmadi.
11-daqiqa. Tyago to'p bilan qochib ketayotgan Zieshni qo'pollik to'xtatib qoldi. Xakimning butsalari ham echilib ketdi.
9-daqiqa. "Liverpul" himoyadan qisqa paslar bilan chiqayotganida Konatega nisbatan fol ishlatildi.
Biroq offsayd tufayli gol inobatga olinmadi.
3-daqiqa. GOOOOL! Kay Xaverc hisobni ochdi
1-daqiqa. O'yin boshlandi!
Fikrlar